Yumshoq o‘yinchoqlarning bola tarbiyasida ahamiyati


Download 17.06 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi17.06 Kb.
#1400037
Bog'liq
22-mavzuda Esse


Yumshoq o‘yinchoqlarning bola tarbiyasida ahamiyati.

O‘yinni o‘rganish va maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanishidagi roli zamonaviy bolalarning o‘yin faoliyatining xususiyatlari bilan belgilanadi, ular bolaning rivojlanishini psixologik qo‘llab-quvvatlash uchun mos strategiyani ishlab chiqish uchun muhimdir - o‘yin orqali maktabgacha yoshdagi bola, bu yoshdagi etakchi faoliyat. Men ushbu mavzuni tanladim, chunki onaning o‘zi ikkita maktabgacha yoshdagi bola va men bu muammoni o‘rganishga qiziqaman. Menimcha, bu muammo bizning davrimizda va dunyomizda bolalar uchun turli xil o‘yinchoqlar mavjud. Darhaqiqat, bola uchun o‘yin katta ahamiyatga ega va maktabgacha yoshdagi bola hayotida muhim o‘rin egallaydi. Aynan o‘yin orqali bola o‘z atrofidagi dunyoni o‘rganadi va bizning vazifamiz bolani o‘yinchoqlar bilan ta'minlashdir.


Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasini o‘yinchoqlar orqali tashkil etish bolalarda axloqiy, aqliy, estetik, sensor, mehnat, iqtisodiy tarbiyaning turli shakllarini rivojlantiradi. O‘yinchoqlar bolaning hissiy jihatdan yetuklikka olib chiqadi hamda aloqa, ijobiy xotiralar va ularning his-tuyg‘ulari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish usulini ta’minlaydi. O‘yinchoqlari bilan soatlab o‘ynaydigan bolalar sog‘lom va baxtli bolalikka ega bo‘lishadi, ular kelajakka muhabbat bilan qarashadi. Bu ularning ulg‘ayish jarayonini yengil o‘tishga yordam beradi, bolalikni to‘liq his qilishga undaydi. O‘yinchoq bolaning ovunchog‘i bo‘lib qolmay, balki uning jismoniy va ma’naviy kamoloti, asab faoliyati, tafakkurining shakllanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois o‘yinchoqlarning nafisligi, ekologik toza mahsulotdan tayyorlanganligi, ma’naviy jihatlariga e’tibor qaratishi alohida ahamiyatga egadir


Kichik yoshdagi bolaning eslab qolish qobilyati kuchli bo‘ladi. Bolalikda his-hayajon bilan idrok etilgan narsalar bir umr esda qoladi. Shuning uchun ham bolaga o‘yinchoq olib berishda e’tiborliroq bo‘lish lozim. Qiz bolalar uchun yumshoq o‘yinchoqlar, yoki bo‘lmasam o‘zbek milliyligi aks ettirilgan qo‘g‘irchoqalar sovg‘a qilish tavsiya etiladi. O‘yinchoqlar xilma-xilligi orasida rivojlanishga yordam berishning o‘rniga, psixikaning vayron bo‘lishiga va tarbiya buzilishiga olib keladigan o‘yinchoqlar ham mavjud. Masalan, qo‘rqinchli kiborglar, yuzlari bo‘yalgan, yarim-yalang‘och qo‘g‘irchoqlar, chandiqlari va so‘gallari bo‘lgan xunuk hayvonlar kabi o‘yinchoqlar shular jumlasidandir. Bu o‘yinchoqlarni olib berish umuman tavsiya etilmaydi. Og‘il bolalarga esa asosan o‘zbek xalq ertaklari qahramonlari va ularning tabiatiga mos bo‘lgan o‘yinchoqlarni sovg‘a qilish maqsadga muvofiq. Shuningdek, o‘yinchoqning rangi, tuzilishiga ham e’tibor qaratish kerak. Och rangdagi o‘yinchoqlar bolaning kayfiyatini ko‘tarishga, uning yaxshi va xotirjam uxlashiga yordam beradi.


Esse yozish davomida shuni bildimki - o‘yinchoq bolalar o‘yinlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan foydalanish bolalar bilim doirasini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, atrofga qiziqish uyg‘otishga, mustaqil rivojlanishga ko‘maklashadi. Bolaligidan o‘yinchoq o‘ynagan va o‘ynamagan bolalarda tafakkur qilish keskin farq qiladi. O‘yinchoqlar bilan oshno bo‘lgan bola do‘st topish va yon-atrofdagi insonlar bilan kelishishda qiynalmaydi. Bolalarga maktab yoshiga qadar ularga turli xil o‘yinchoqlar olib berish, bolalarni tasavvur olamini kengaytirishga katta yordam beradi.
Download 17.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling