Ta`lim sohasida - «Ta`lim barcha uchun» dasturi, barqaror taraqqiyot ta`limi, inklyuziv ta`lim, YUNESKO ning birlashgan maktablar tarmog`i, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ta`lim, jamoat ta`limi markazlari, kasb-xunar o`quv muassasalari tarmog`i (YuNeVOK), sog`lom turmush tarzi ta`limi;
Fan sohasida – MOST ( Ijtimoiy islohatlarni boqarish) dasturi, bioetika dasturi, «Inson va biosfera» dasturi, xalqaro gidrologiya dasturi, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti, qayta tiklanadigan energiya manbalari, fan ta`limi, aniq fanlar, falsafa;
Madaniyat sohasida – madaniy moddiy va nomoddiy meros;
Kommunikatsiya va axborot sohasida- «Axborot barcha uchun» dasturi,
«Jahon xotirasi» dasturi.
XX asrning oxiri XXI asrning boshlaridagi jahon siyosiy xaritadagi o`zgarishlar va tashkilotda amalga oshirilayotgan islohatlar YUNESKO ni o`zaro yuqorida qayd etib o`tilgan tamoyillarga asoslangan demokratik tashkilotga aylanib turli mafkuradagi davlatlar o`rtasida kurash maydonidan hozirgi davrdagi jahonning dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan xalqaro maydonga aylandi, deb xulosa chiqarish mumkin.
III-BOB: O`ZBEKISTONDA YUNESKO TAShKILOTINING XALQARO ALOQALARNI TAKOMILLAShTIRIShDAGI O’TKAZILGAN TADBIRLARI:
ILM, FAN, MADANIIYAT, KOMMUNIKATSIYA VA AXBOROT.
BMT tomonidan qabul qilingan «Ta`lim barcha uchun» (2000-2015 yy.), Savodxonlik o`n yilligi (2002-2003 yy.) va barqaror taraqqiyot ta`limi o`n yilligi (2004-2015 yy.) dasturlari ta`lim sohasidagi asosiy yo`nalishlar hisoblanadi. YUNESKO tashkiloti ushbu dasturlarni amalga oshirish bo`yicha etakchi tashkilot hisoblanadi.
Oliy ta`lim (1998 yil, 2009 yil), kasb-xunar ta`limi (1999 yil) va katta yoshdagilar ta`limi (1997 yil, 2009 yil) bo`yicha YUNESKO tomonidan xalqaro anjumanlar tashkil etilgan va maxsus tavsiyanomalar qabul etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |