AXBOROT TIZIMLARINING TUSHUNCHASI. reja: 1. Axborot tizimi haqida umumiy tushuncha. 2. Axborot tizimining dasturiy ta`minoti. 3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining tasniflanishi. 4. Tashkilotni boshqarishning avtomat-lashtirilgan axborot tizimlari. 1. Axborot tizimi haqida umumiy tushuncha. Axborot texnologiyasi - axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar; Axborot tizimi (AT) - axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. ATlarni keng ma`noda axborotni qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab, ATlar ishlab chiqarish sohasida, ta`lim sohasida, sog`liqni saqlash sohasida, harbiy sohada va boshqa sohalarda ishlatiladigan tizimlarga ajratish mumkin. ATlarni keng ma`noda axborotni qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab, ATlar ishlab chiqarish sohasida, ta`lim sohasida, sog`liqni saqlash sohasida, harbiy sohada va boshqa sohalarda ishlatiladigan tizimlarga ajratish mumkin. Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo uning iqtisodiy ob`yektni boshqarish tizimidagi tutgan o`rnini aniqlab olish lozim. Bu ob`yekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog`liqdir. Axborot tizimi quyidagi xususiyatlariga ko`ra belgilanadi: a) har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, tizim tuzilishining umumiy tamoyillari asosida qurilishi va boshqarilishi mumkin; b) axborot tizimi dinamik va rivojlanuvchandir; v) axborot tizimini tuzishda tizimli yondoshuvdan foydalanish zarur;
Do'stlaringiz bilan baham: |