Yunon abax, abakion, lot absus taxta, hisob taxtasi) 1) antik meʼmoriy orderlardagi kapitel (ustun qoshi)ning yuqori qismini tashkil etuvchi toshtaxta. U antablementni ko‘tarib turadi. A
Download 13.72 Kb.
|
Namuna
ABAK, ABAKA (yunon. abax, abakion, lot. absus – taxta, hisob taxtasi) – 1) antik meʼmoriy orderlardagi kapitel (ustun qoshi)ning yuqori qismini tashkil etuvchi toshtaxta. U antablementni ko‘tarib turadi. A., odatda, kvadrat shaklida, uning chekka qismlari to‘g‘ri yoki bir oz botiq holda bo‘ladi; 2) Yunonistonda, keyinchalik G'b. Yevropada XVIII asrgacha arifmetik amallarni yechishda qo‘llanilgan sanoq taxtachasi. Taxtacha tasmalariga terilgan munchoq, toshcha va h.k.ni surib amallar yechilardi. Hozirga qadar baʼzi Sharq mamlakatlarida A.ka o‘shash sanoq taxtachalari qo‘llaniladi. ABBAT (lot. abbas, oromiy tilida abo – ota) – 1) katolik cherkovida faxriy unvon, V asrdan boshlab faqat erkaklar monastirlari rahbarlariga berilgan va cherkov mansabdori unvoni hisoblangan. Ayollar monastirlari rahbari abbatissa deyilgan. X asrdan yangi diniy ordenlar paydo bo‘la boshladi. Ularning ayrimlari (mas., premonstratlar, sistersianlar, treppistlar) A. tomonidan, boshqalari starshinalar (kamaldullar), priorlar (kartezianlar, iyeronimitlar, dominikanlar, karmelitlar, avgustinlar va h.k.), gvardianlar (fransiskanlar) yoki rektorlar (iyezuitlar) tomonidan boshqarilgan. Barcha A.lar cherkov iyerarxiyasida yepiskopdan keyingi o‘rinni egallagan va soborda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan; 2) Fransiyada A. unvoni dastlab monastirlar boshliqlariga berilgan. Papa Lev X va qirol Fransisk I o‘rtasida tuzilgan konkordat bo‘yicha, fransuz qirollariga mamlakatdagi barcha abbatliklarga 225 ta A. tayinlash huquqi taqdim etilgan. XVI asrdan barcha yosh ruhoniylar A. deb ataladigan bo‘ldi. ABBATLIK (lot. abbatia) – qandaydir monaxlik ordeniga qarashli bo‘lgan, abbat yoki abbatissa boshqaradigan katolik monastiri. Yepiskopga, baʼzida esa bevosita papaga bo‘ysungan. Ilk A. – Benedikt A.i VI asrda Monte-Kassino (Italiya)da yuzaga kelgan. Download 13.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling