Yunon-Baqtriya davlati Reja: Yunon-Baqtriya podsholigining tashkil topishi va kuchayishi
Yunon-Baqtriya podsholigining parchalanishi va qulashi
Download 84.18 Kb.
|
Yunon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yevkradit
- Miloddan avvalgi 160-yili
Yunon-Baqtriya podsholigining parchalanishi va qulashi.
Miloddan avvalgi 175-yilda podsho Demetriy Hindistonda jang olib borayotgan edi. Shu davrda uning sarkardasi Yevkradit qo`zg`olon ko`tarib Yunon-Baqtriya taxtini egallaydi. Demetriy esa janglarning birida halok bo`ladi. Shundan keyin podsholik ikkiga bo`linib ketadi. Birinchisi Yevkradit va uning vorislari boshqargan Yunon-Baqtriya, ikkinchisi Demetriy va vorislari boshqargan Yunon-Hind davlatlaridir. Miloddan avvalgi 162-yili Yevkradit Panjobga qo`shin tortib uni bosib oladi. Lekin ko`p o`tmay Yunon-Hind shohi Menandr qo`shinlari Yevkradit qo`shinlarini Panjobdan uloqtirib tashlaydi. Shu davrda Parfiya podshosi Mitridat I Yunon-Baqtriyaning g`arbiy viloyatlarini bosib oladi. Miloddan avvalgi 160-yili Yevkradit bilan o`g`li Geleokl o`rtasida janjal chiqadi. Yevkradit o`z o`g`li Geleokl tomonidan o`ldiriladi. Geleokl davrida Yunon-Baqtriya davlati kuchsizlanib, uning ixtiyorida Baqtriyagina qoladi. Miloddan avvalgi 140–130-yillar orasida shimoli-sharq va shimol tomondan sak va yuechji qabilalarining shiddatli hujumlari boshlanadi. Bu hujumlar natijasida Yunon-Baqtriya davlati ag`darib tashlanadi. Shu bilan 120 yil davr surgan Yunon-Baqtriya davlati ham barham topadi. Yunon-Baqtriya podsholigining ijtimoiy tuzumi, xo`jaligi va madaniyati. Yunon-Baqtriya o`sha zamonning quldorlik davlatlaridan biri bo`lgan. Yunon-Baqtriya davlati tepasida podsho turgan. Podsholik taxti otadan o`g`ilga meros bo`lib o`tgan. Podsholikmulklari viloyatlargabo`linib, uni viloyat hokimlari – gipparxlar boshqarganlar. Gipparxlar esa to`g`ridan-to`g`ri podshohlarga itoat etganlar.9 Podsholikning Yunon-Baqtriya qismida urug`i Hindistondan keltirilgan paxtaham ekilgan. Ehtimol ipak qurti ham boqilgandir. Podsholikda qo`y, echki, qoramol, ot, tuya, qo`tos, o`rgatilgan fil, it va parranda boqqanlar. Yunon-Baqtriya otlari va tuyalari juda mashhur bo`lgan. Boshqa joylarga qaraganda Yunon-Baqtriyada shaharlar ko`p bo`lgan. Shuning uchun qadimgi tarixchilar Pompey va Apolloderlar Yunon-Baqtriyani «ming shaharlar mamlakati», deb bejiz aytishmagan. Eng yirik shaharlar Baqtra, Termiz, Yevkratideya, Demetriya, Aleksandriya va boshqalar bo`lgan. Bu shaharlarlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan. Yunon-Baqtriyada savdo-sotiq ham juda rivojlangan edi. Yunon-Baqtriya slpmoldan janubga, sharqdan g`arbga o`tadigan karvon yo`lining qoq o`rtasida joylashgani savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon bergan. Yunbn-Baqtriya savdogarlari va podsholari Hindiston, Xitoy, Parfiya davlatlari, Oks va Yaksart bo`yi xalqlari bilan savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalar olib borganlar. Yunon-Baqtriya podsholari savdoda qo`llaniladigan oltin va kumush tangalar chiqarganlar. Yunon-Baqtriya madaniyatining ildizlari uzoq o`tmishga borib taqaladi. Buni biz Download 84.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling