Yunon-lotin dubletlari. Organlardagi va to‘qimalardagi patologik, o‘zgarishlarni, terapevtik va хirurgik usullarni ifodalovchi yunon atama elementlari
Download 27.88 Kb.
|
atresia,ae,-tug‘ma-yo‘qlik congenitus,a,um- tug‘ma
focialis,e – quyishga oid hydrops, opis ,m – suvga oid(istisqo) incisio,onis,f – kesma, kesib olingan joy infarctus,us,m – qon bilan ta’minlangan to‘xtatish natijasida o‘lgan to‘qimalar sohasi (infarkt) insuffisientia,ae, f – yetishmaslik insultus, us, m – bosh miya qon aylanishning bexosdan kelib chiqadigan o‘tkir buzilishi (insult) lupus, i, m—volchanka (terining qizarish kasaligi) plastica, ae, -- to‘qimani qayta tiklash,plastik operatsiya ruptura,ae,f—yorilish, uzilish stictura,ae,f --pay transplantatio, onis, f –qayta qo‘yish 1. Bir yoki bir necha so‘z yasovchi negizlar yasama so‘z tarkibiga butunligicha emas, balki qisqartirilgan holda kirsa, ushbu so‘z qisqartma so‘z deyiladi. Misol uchun, agar so‘zning birinchi komponenti, tarkibida -(o)id-, -al-/-ar-, -os-, -ic- suffikslari tutgan sifat negizidan tuzilgan bo‘lsa, so‘z yasovchi negizning shu suffiksga qisqarishi sodir bo‘ladi: glandula thyr(e)oidea - qalqonsimon bez yoki cartilago thyr(e)oidea - qalqonsimon tog‘ay so‘z birikmalari tarkibiga kiruvchithyr(e)oideus sifati negizidan kesib olingan thyr(e)o- (yun. thyreos - qalqon) tub morfemasidan thyreotropus - tireotrop, qalqonsimon bezga ta’sir etuvchi; thyreotomia - tireotomiya, qalqonsimon tog‘ayni kesish; thyreotoxicosis - tireotoksikoz terminlari yuzaga kelgan. 2. Agar so‘z yasovchi negiz murakkab bo‘lsa, tub morfemalardan biri tushirib qoldirilishi mumkin. Shu tariqa, qon faoliyati buzilishi patologiyalari terminlarida -cyt(us) tub morfemasi, odatda, tushib qoladi, mas., leucocytus terminsidan leucopenia, leucosis terminlari yasaladi. Bir qismi qandaydir boshqa so‘zda qaytarilgan va ma’nolari jihatidan bo‘g‘langan so‘zlar bo‘linuvchi so‘zlar hisoblanadi. Bo‘linish to‘liqyoki noto‘liq bo‘lishi mumkin: 1) to‘liq bo‘linish – pod-algia (yun. pus, podos + algos), pod-o-metria (yun. metreo) va neur-algia (yun. neuron), my-algia (yun. mys, myos) hamda kephal-o-metria (yun. kephalos), thorac-o-metria (yun. thorax, thorakos); 2) yarim bo‘linish – pod-agra (yun. podagra - oyoq uchun qopqon). So‘ zning birinchi qismi zamonaviy terminlar orasida uchragani uchun bo‘linuvchi hisoblanadi, ikkinchi qismi – agra – esa amaliy jihatdan yagona. Ko‘plab qadimgi yunon va lotin tillari morfemalari terminshunoslikda o‘ziga xos ma’noga, ba’zan ilgari ma’noning ona tiliga xos bo‘lmagan yangi ma’noga ega bo‘lishadi.Bunday ma’nolarni terminologik deb atash mumkin. Misol tariqasida, yunon so‘zi kytos - idish lotinlashgan holi cytus«hujayra» ma’nosida o‘zak morfema sifatida o‘nlab terminlar – yasam so‘zlar – tuzilishida muntazam ravishda qo‘llaniladi. Yunon sifatlari suffiksi -itis dastlab «tegishlilik» umumiy ma’nosini bergan bo‘lsa, hozirda «yallig‘lanish» ma’noli termin otlar qismiga aylandi. Download 27.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling