Yunusobod tumani 265-maktab taqdimoti
Sinfda kim navbatchi?Bugun menga yordamchi?
Download 8.81 Kb.
|
1-sinf matematika 147.Massa o’lchov birligi
Sinfda kim navbatchi?Bugun menga yordamchi?Navbatchidan axborot olinadi.Xona tozaligi tekshiriladi,o’quvchilarni diqqatini darsga jalb qilinadi.Sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lish:1-guruh Chaqqonlar2-guruh Bilimdonlar3-guruh Donolar deb nomlayman.Hisob kitob ilmini,O’rgat matematika.“Qo’sh,ayir,bo’l,ko’paytir,”Oddiy arifmetika.O’quvchilar yodlagan she’rlarini aytib beradilar.O’quvchi:Raqamni bir-bir sanab,O’rgan amal tartibin.Qiziqarli ifoda,Va tenglamalar tuzgin.O’quvchi:Birlar,yuzlar va o’nlar,Ko’p xonali sonlar bil.Sodda,qiyin masalaYechishga to’pla aqlO’quvchi:Hisob-kitob bilsang,Barcha yo’l senga ochiq.Hayotda qoqilmaysan,G’oliblik senga tortiq.Ma’naviyat va ma’rifatga oid topishmoqlar:1.Dunyoda borki hayot,Kimdir-eng mo’tabar zot.(ona)2.Davlatning qay ramzida,Humo qushi chizilgan.Va uning tepasiga,Paxta,bug’doy chizilgan.(gerb)3.Chempionlar sharafiga,Ko’tarilar qay mato.Hamda bu tantanada,Qaysi kuy bo’lar ijro?(bayroq va madhiya)4.Odamlarga uchrashgan on,Aytilar qaysi kalom?(assalomu-alaykum)5.Qaysi kitobda fuqarolarHaq-huquqi bitilgan.Qonun bilan tasdiqlanib,Batafsil zikr etilgan?(konstitutsiya)6.Qilmaganin qildim deydi,Bilmaganin bildim deydi.Rost emasdir biror gapi,Hech kimsaga tegmas nafi.(yolg’onchi)O’tilgan darslarni takrorlash:90+4=? 86-6=? 49+9=?57-7=? 62+2=? 73-3=?O’quvchilar guruxlarga bo’linib misollarni yechadilar.To’g’ri ishlagan o’quvchilar rag’batlantiriladi.Undan so’ng fonus o’chirish o’yini o’tkaziladi,shartga ko’ra fonusdagi misollar ishlanishi kerak.Download 8.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling