Yupqa tunuka metalldan buyumlar konstruksiyalash. Qirg‘ich tayyorlash texnologiyasi


Download 460.83 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi460.83 Kb.
#1525958
1   2   3
Bog'liq
ochiq dars 2 bugun

Yangi mavzu bayoni: (20-daqiqa)
Tunukani to’g’rilashni po’lat plitada amalda bajarish mumkin.Tunukaning bo’rtib qolgan joylarinigi tepaga qilib o’rnatiladi va bo’r bilan chizib oliandi. To’g’rilashni Yengil zarbalar bilan bo’rtib qolgan joylarining atrofiga qarab spiralsimon yo’nalishda urib olib boriladi (2-rasm). Bo’rtib qolgan joydan uzoqlashgan sari zarba kuchaytirilib boriladi. Bunday zarbalardan keyin metall cho’zilib boraveradi. Hech qachon bo’rtib qolgan joyiga boshida urmang, chunki u yana ham kattalashib ketadi.
Po’lat tunukani chilangarlik bolg’a yordamida to’g’rilash mumkin, rangli metallardan bo’lgan listlarni yog’och bolg’a (kiyanka) bilan to’g’rilash mumkin. Darsga tayyorlanishdan oldin o’qituvchi tunukaning qirqiladigan yoki Yechiladigan joylarini o’zi chizib berishi lozim Tunukani belgilash. Tunukani belgilash uchun quyidagi asboblar ishlatiladi: chertilka, chizg’ich, qalam, tsirkul, reysmus, go’niya, kerper, shablonlar.
Kontur chiziqlardan farqli, egish chiziqlarini listga ikki tomonidan o’tqaziladi, chunki bukayotgan paytda chiziq tashqi tomonidan ham bo’lishi kerak. Kontur chiziqlar bilan egish chiziqlarini orqa tomonidan to’g’ri chiziq qilish uchun, listni kern orqali bo’rtirib olinadi. Oq tunuka, ruxlangan temirni va boshqa yumshoq metallarni egish chiziqlarini qalam yordamida chizish kerak, chunki chertilka chuqur iz qoldiradi va korroziyaga qarshi bo’lgan sirtni buzib yuboradi.
Tunukani qirqish qaychi bilan qirqayotganda uning pichoqlari orasidagi oraliqning kattaligi va qirqish burchagining ahamiyati juda katta (4-rasm). Pichoqlar orasidagi tirqish 0,1 mm dan katta bo’lmasligi kerak.
Qaychilar har doim tayyor bo’lishi uchun uni o’z vaqtida charxlab, pichoqlar orasidagi oraliqni kichraytirib turish kerak.
Tunukani bukish. Bu tunukadan hajmli shakllarni paydo qilishning asosiy usulidir. Bukish tiskida, maxsus opravkalar va maxsus uskunalar yordamida bajariladi. Belgilab olingandan keyin, egish chizig’i tiskining tepa joyining uchiga joylanadi. Tiskining qisadigan joyi tunukani buzib qo’ymasligi uchun uning chekasiga nagubniklar joylashtiriladi va tunuka kiyanka bilan uriladi. Kengroq bo’lgan tunukani bukish uchun yog’och brasokdan aydalaniladi
Tunuka bilan ishlaganda yasalgan detalning mustahkamligini oshirish va chiqib qolgan chekkalarini qayirib olishi uchun otbortovka keng qo’llaniladi. Bu operasiya ancha murakkab hisoblanadi va bajarilayotgan payitda katta aniqlikni talab qiladi.
Uzun sim zagotovkalarni kesishda qo’llarni, yuzni va boshqalarni jarohatlashdan ehtiyot bo’lish kerak.
Bukishda foydalaniladigan opravkalar tiskiga mahkamlab o’rnatilishi lozim.
Maktab ustaxonalariga sim, uch-to’rtta joyi bog’langan, rulon ko’rinishida keltiriladi. Kerakli uzunlikda bo’lgan simni qirqib olish uchun simni boglab tortuvchi tugunlarni Yechib uni orqaga itarib chiqarish lozim. Agar sim tortib olinsa, unda sim o’ralib qoladi va u oxiri chigallashib chiqmay qoladi Zagotovkani kerakli bo’lgan uzunlikda qirqib olish uchun, metall chizgich yordamida kerakli bo’lgan uzunlik o’lchab olinadi, belgilanib bo’lgandan keyin u qirqiladi.
Ko’pincha uzunasi bir xil bo’lgan sim kerak bo’lib qoladi. Buning uchun avval bitta sim, kerakli uzunlikda qirqib olinadi va keiyn shu sim xuddi shablonday qolgan simlar uzunasini o’lchash uchun ishlatiladi. Ingichka va yumshoq simni kusachki yoki passatij yordamida qirqib olish mumkin
Qalin bo’lgan simlarni (diametri 2 mm ortiq bo’lgan) qirqish uchun zubilodan yoki temir arradan foydalanish mumkin
Simni qirqish uchun uni sandonga qo’yib qirqiladi yoki tiskiga vertikal holatda o’rnatiladi. Tiskiga qirqiladigan joyi tepasiga to’g’rilanadi va qirqiladi
Siz 6-sinf darsligida shtangentsirkulning tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishgansiz. Ushbu mavzuda shtangentsirkulning noniusi va o’lchashda aniqlikni tekshirish qoidalari bilan tanishasiz.
Shtangentsirkulning harakatlanadigan jag’larida nonius deb ataladigan yordamchi shkala mavjud bo’lib, u bilan 0,1 mm gacha aniqlikda o’lchash mumkin (11-rasm). Nonius harakatlanadigan jag’lar bilan birga bemalol suriladi va kerakli joyda qotirish vinti bilan mahkamlanadi. Noniusning uzunligi 19 mm li shkalasi bir-biriga tsng 10 ta qismga bo’lingan, ya`ni noniusning har bir bo’linmasi 19:10 = 1,9 mm ga teng.
Nonius va shtangensirkulning nol bo’linmalari bir-biriga to’g’ri kelganida qolgan (o’ninchi bulinmasidan boshqa) bo’linmalari bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Noniusning birinchi bo’linmasi shtanganing ikkinchi bo’linmasiga 0,1 mm, ikkinchi bo’linmasi 0,2, uchinchi bo’linmasi 0,3 mm yetmaydi va hokazo.
Berilgan nazariy ma’lumotlar quyidagi “FSMU” metodi orqali mustahkamlanadi: masalan o’quvchi amaliy ish uchun mahsulot turini tanlab oladi va quyidagi jadval asosida sabablarini bayon etadi.


Download 460.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling