Yupqa tunuka metalldan buyumlar konstruksiyalash. Qirg‘ich tayyorlash texnologiyasi


Amaliy mashg’ulot: Qirg‘ich tayyorlash texnologiyasi


Download 460.83 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi460.83 Kb.
#1525958
1   2   3
Bog'liq
ochiq dars 2 bugun

Amaliy mashg’ulot: Qirg‘ich tayyorlash texnologiyasi.
Jihozlar: Ichimliklardan bo‘shagan tunuka idish, qaychi, marker qalami, qo‘l parmasi, chizg‘ich.
Ishni bajarish tartibi:
1. Iste’mol qilinib bo‘lgan tunukali idish tanlab olinadi. Idish tayyorlanadigan tunuka o‘rtacha qattiqlikda bo‘lgani maqsadga muvofq. Chunki yumshoq tunuka idishidan qirg‘ich tayyorlab bo‘lmaydi.
2. Idishning belgilangan qismidan marker qalami yordamida chiziqlar chiziladi. Chiziqlarning oraliq masofasi bir xil bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim.
3. Marker qalami yordamida to‘g‘ri chiziqlarga perpendikular holatda yana chiziqlar chizib chiqiladi. Bunday holatda ham chiziqlarning oraliq masofasiga e’tibor qaratishimiz lozim.
4. Chizilgan chiziqlarning kesishgan joylari belgilab olinib, qo‘l parmasi yordamida bir tekis qilib teshib olinadi.
5. Teshilgan teshikchalar qumqog‘oz yordamida silliqlanadi.
6. Idishimizdagi ortiqcha metall bo‘laklarini yo‘qotish uchun suv bilan yuviladi.
7. Har bitta teshib chiqilgan teshikchalar parmaning orqa tomoni bilan tepadan pastga qarab bukiladi. Har bitta bukilayotgan teshikchaning qayrilish burchagi bir xil bo‘lishi lozim. Aks holda qirg‘ichdan o‘tkaziladigan mahsulotning katta-kichikligi har xil bo‘lib qolishi mumkin.
8. Tayyor bo‘lgan qirg‘ichni sinab ko‘rish mumkin. Biz bilamizki, qirg‘ichdan turli xil mahsulotlarni maydalashda foydalaniladi. Safarga, dam olish maskanlariga sayohatga chiqqanimizda uydagi barcha buyumlarni olib ketishning imkoni bo‘lmaydi. Bunday sharoitda qo‘lbola usulda tayyorlangan qirg‘ich bizga kerak bo‘ladi.
Mustaqil ish:Qirg’ichning texnologik xaritasini tuzish. (15-daqiqa)



Mustahkamlash uchun savollar: (5-daqiqa)
1. Shtangentsirkul noniusi deb nimaga aytiladi?
2. Shtangentsirkul bo’linmasining qiymati deb nimaga aytiladi?
3. Tunuka bilan ishlashning qanday turlari bor?
4. Simlarni qirqish usullarini aytib bering?
5. Simlarni bukishda foydalaniladigan asboblar va moslamalarni ayting
Uyga vazifa: Metall va ulardan buyumlar yasashni o’rganish. Mavzu yuzasidan krossvord tuzib kelish
Download 460.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling