Yuqori aniqlikda geometrik nivelirlash


Download 66 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi66 Kb.
#1044640
  1   2   3
Bog'liq
19 yuqori aniqlikdagi geometrik nivelirlash


YUQORI ANIQLIKDA GEOMETRIK NIVELIRLASH


R e j a:
1. Nivelirlash turlari
2. Geometrik nivelirlash


Geometrik nevilirlashda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligi gorizontal vizirlash nuri bо‘yicha reykalardan bevosita sanoq olish yо‘li bilan aniqlanadi. Nivelirlashning bu usulida nivelirlardan foydalaniladi. Geometrik nivelirlashda nuqtalarning balandligi nivelir lashning boshqa turlariga qaraganda aniqroq topiladi. Geodezik tayanch pun ktlarni va plan olish nuqtalarining balandligini aniqlashda, turli mas shtabda planlar olishda, muhandislik inshootlarining loyihalarini tuzish da, bu inshootlarni qurishda, shuningdek, geologik qidiruv ishlarida, yirik muhandislik inshootlarining chо‘kish va deformatsiyalarini aniqlashda va shu kabi boshqa ishlarda geometrik nivelirlash qо‘llaniladi. Geometrik nivelirlash natijalaridan, Yer qobig‘ining vertikal harakatini, okean va dengiz sathlarining farqini aniqlashda ham foydalaniladi. Nivelirlash usuli va asboblari nuqtalar balandligining qanchalik aniq о‘lchanishi zarurligiga qarab tanlanadi.
Nivelir gorizontal vizirlashga moslashgan asbobdir. Nivelirga gorizontal vizirlash uchun optik truba va bu trubaning vizir о‘qini gorizon tal holatga keyeltirish uchun adilak о‘rnatilgan. Trubaning gorizontal vizirlash nuri reykada ifodalanadi. Reyka santimetrli bо‘laklarga bо‘lin gan va uzunligi 2-4 m bо‘lgan taxtadan iborat (121 shakl)
Geometrik nivelirlashda bir nuqtaga nisbatan ikkinchi nuqtaning balandligi oldinga va о‘rtadan nivelirlash usullarida aniqlanadi.
Oldinga nivelirlash uchun birinchi nuqta A ga nivelir, ikinchi V nuq taga tik qilib reyka о‘rnatiladi. Nivelirning vizir о‘qini gorizontal holatga keltirib, uning kо‘rish trubasi orqali reykaga qaraladi va b sanoq olinadi. Sо‘ngra asbob balandligi i rudetka bilan о‘lchansa, geometriyaning parallel chiziqlar teorimasiga asoslanib qо‘yidagi formulani yozamiz:
i = b + h
bunda
h = i – b
Demak, oldinga nivelirlashda bir nuqtaga nisbatan ikkinchi nuqta ning balandligi asbob balandligidan reykadan olingan sanoqning ayirmasiga tengdir.
Agar reykadan olingan sanoq asbob balandligidan katta ya’ni b > i bо‘lsa, nisbiy balandlik manfiy, agar kichik b < i bо‘lsa musbat bо‘ladi.
О‘rtadan nivelirlash usulida bir nuqtaga nisbatan ikkinchi nuqtaning balandligini aniqlash uchun, nivelirlanayotgan nuqtalarga tik qilib reykalar va bu ikkin nuqta orasiga nivelir о‘rnatiladi. (125 shakl). Nivelirlarning vizir о‘qi gorizontal holatga keltirib, kо‘rish trubasi orqali dastlab orqadagi nuqtaga (125 shakldagi A nuqtaga) о‘rnatilgan reykaga qarab a sanoq, sо‘ngra oldindagi nuqtaga (V nuqtaga) о‘rnatilgan reykaga qarab b sanoq olinadi. Shunda A nuqtaga nisbatan V nuqtaning balandligi quyidagiga teng bо‘ladi:
h = a – b
Demak, о‘rtadan nivelirlashda nuqtaning nisbiy balandligi orqadagi reykadan olingan sanoqdan oldindagi reykadan olingan sanoqning ayrima siga teng bо‘ladi.
Agar orqadagi reykadan olingan oldindagi reykadan olingan sanoqdan katta bо‘lsa (a > b) bо‘lsa, nisbiy musba, aksincha orqadagi reykadan olingan oldindagi reykadan olingan sanoqdan kichik bо‘lsa kichik (a < b) bо‘lsa manfiy bо‘ladi.
Agar A nuqtaning mutloq balandligi (NA) va A nuqtaga nisbatan V nuqtaning balandligi (h) ma’lum bо‘lsa, V nuqtaning mutloq balandligi о‘rtadan nivelirlashda quyidagiga teng bо‘ladi.
HB = HA + h
Geometrik nivelirlashda kо‘proq о‘rtadan nivelirlash usuli qо‘llanila di. Chunki bu usulda nivelirlashda yerning egriligi va atmosfera refraksiya si natijasida rо‘y beradigan rо‘y beradigan xatoning ta’siri bо‘lmaydi. Oldinga nivelirlashda asbobning balandligini aniq о‘lchashga tо‘g‘ri keldai. Asbobning balandligini aniq о‘lchash ancha qiyin. О‘rtadan geometrik nivelirlashda asbob balandligi о‘lchanmaydi. Undan tashqari, о‘rtadan nivelirlashda oldinga nivelirlashga nisbatan ikki marta uzunroq masofa ni nivelirlashi mumkin. О‘rtadan geometrik nivelirlanganda nivelir ikki nuqta oralig‘ining о‘rtasiga о‘rnatilsa, vizir о‘qining gorizontal emasligi natijasida kelib chiqadigan xatodan xoli bо‘lmaydi.
Agar ikin nuqtaning bir-biriga nisbatan balandligi, bu nuqtalar orasiga asbobni bir marta о‘rnatishdan aniqlansa, oddiy nivelirlash deyiladi.
Agar ikki nuqtaning balandlik farqi katta bо‘lsa, ular oralig‘iga asbobni bir marta о‘rnatish bilan nisbiy balandlikni aniqlab bо‘lmaydi. Shuning uchun bunday oraliq bо‘laklarga bо‘linib, har bir bо‘lak alohida-alohida nivelirlanadi (126 shakl). Bunda boshlang‘ich nuqtaga nisbatan oxirgi nuqtaning balandligi, alohida-alohida о‘lchangan bо‘laklarning nisbiy balandliklar yig‘indisiga teng bо‘ladi. Nivelirlashning bu usuli murakkab nivelirlash deyiladi.Murakkab nivelirlashda nivelirlanayotgan oraliq, odatda 100 m dan qilib bо‘lib chiqiladi, uning masofasi pо‘lat lenta bilan о‘lchanadi. Har bir bо‘lakning boshlang‘ich va oxirgi nuqtasiga qoziqcha qoqiladi. Reyka о‘rnatilgan bu nuqta – piket, nivelir о‘rnatilgan joy esa stansiya deyiladi.
Geometrik nivelirlash ikkita reper oralig‘ida yoki biron reperdpn boshlpnib yana shu reperga qaytib keladigan bо‘lsa yo bitta reperdan boshlanib mutloq balandligi noma’lum bо‘lgan ikkinchi bir nuqtada tugaydigan bо‘lishi mumkin, Undan tashqari, nivelirlash mutloq balandliginoma’lum bо‘lgan ikki nuqta oralig‘ida ham о‘tkazish mumkin. Agar nivelirlash biron reper (126 shakl A nuqta)dan boshlanib boshqa bir ikkinchi reper (V) da tomomlansa, boshlang‘ich reper (A)ga nisbatan oxirgi reper (V)ning balandligi stansiyalarda niqlangan nisbiy balandliklar yig‘indisiga teng bо‘ladi. Masalan, A va V nuqtalar orasidagi nisbiy ba landlik 126 shaklga kо‘ra quyidagiga teng:
hAB = h = h1 + h 2 + h 3 + h 4 + h5 ;
uqtaning mutloq balandligi esa
Hb = HAB + hAB
Demak, bir nuqtan boshlanib ikkinchi nuqtada tamom bо‘lgan chiziq oxirgi nuqtasining mutloq balandligi – shu chiziq boshlang‘ich nuqtasining mutloq balandligi bilan shu nuqtalar orasida aniqlangan nisbiy balandliklarning algebraik yig‘indisiga tengdir.
Bir nuqtadn boshlanib shu nuqtaga qaytib keldaigan nivelirlashda nisbiy balandliklar yig‘indisi nolga teng bо‘ladi. Xuddi shu kabi bu nivelirlashda ham orqadagi reykalardan olingan sanoqlar yig‘indisidan oldindagi reykalardan olingan sanoqlar ayirmasi ham nolga teng bо‘ladi
h = a - b = 0
Nivelirlash biron bir reperdan boshlanib, ikkinchi bir mutloq balandligi noma’lum bо‘lgan nuqtada tamom bо‘lsa u tо‘g‘ri va teskari yо‘nalish bо‘yicha bajariladi
Mutloq balandligi noma’lum bо‘lgan ikki nuqtaning bir-biriga nisbatan balandligini aniqlash uchun ham nivelirlash ikki marta bajariladi.
Nivelirning asosiy qismlari kо‘rish trubasi, silindrik adilak va taglikdan iborat. Bu asosiy qismlarning bir-biriga nisbatan joylashishi ga kо‘ra nivelirlar Quyma va trubasi aylantirib qо‘yiladigan bо‘ladi
130 shaklda kо‘rsatilgan NV-1 niveliri quyma nivelirlar tipiga kiradi.

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling