Yuqori aniqlikda geometrik nivelirlash


Download 66 Kb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi66 Kb.
#1044640
1   2   3
Bog'liq
19 yuqori aniqlikdagi geometrik nivelirlash

Nivelirlashda ishlatiladigan reykalar. Nivelirlashda ishlatiladi gan reyka – uzunligi 3-4 m, kengligi 8-10 sm va qalinligi 2-2,5 sm kedadigan taxtachadir. Taxtacha uchun qattiq yog‘och tanlanadi. Reyka boshdan oxirigacha oq rangli buyoq bilan buyaladi, ikkala uchiga tunika qoqiladi. Reyka maxsus mashina yoki shablon yordamida chiziqlar tortib santimetrlarga bо‘linadi. San timetrli bо‘laklar bir santimetr oralatib qora yoki qizil rangga bо‘yaladi. Reykadan sanoq olishni osonlashtirish maqsadida har bir detsimetr 5 sm li bо‘laklarga ajratiladi. Masalan 105 shakl har bir detsimetr 5 sm dan qilib ikkinga bо‘lingan, har bir detsimetrning birinchi besh bо‘lagi YE harfiga о‘xshaydi. Reykadagi detsimetrlar teskari yо‘nalishda, ya’ni noldan boshlab reyka uchiga tomon raqamlar bilan belgilanadi. (01, 02, 03....va h.z.)
Trigonometrik nivelirlashda ikki nuqta orasidagi qiyalik burchagi va masofa о‘lchanadi hamda о‘lchash natijalaridan nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandligi trigonometrik formulalar yordamida hisoblab chiqari ladi. Nivelirlashning bu turida qiyalik burchagini о‘lchaydigan asboblar: teodolit-taxeometr va boshqa asboblar ishlatiladi. Trigonometrik nivelir lash topografik plan olishda, balandliklardagi farqi katta bо‘lgan nuqtalarni, masalan, tog‘, tepalik va boshqa relyef shakillarini, turli buyum va inshootlarning balandligini aniqlashda qо‘llaniladi.
Barometrik nivelirlash yerdan baland kо‘tarilgan sari havo bosimi ning kamayib borish qonuniyatiga asoslanadi. Barometrik nivelirlash natijasida nuqtalarning balandligi 1-2 m aniqlikda topiladi. Shuning uchun katta aniqlikda nivelirlash talab qilinmaydigan ishlarda, masalan, turli ekspeditsiyalarda, geologik, geografik va boshqa tekshirishlarda biror joy relyefini dastlabki о‘rganishda nivelirlashning bu turidan foydalani ladi. Barometrik nivelirlashda barometr va boshqa asboblar ishlatiladi.
Nivelirlashning mexanik usulida maxsus avtomat-nivelir ishlatila di. Bu asbob velosiped, mototsikl yoki avtomashinaga о‘rnatilgan bо‘ladi. Avtomat-nivelir о‘rnatilgan velosipedda yoki avtomobilda bosib о‘tigan yо‘l ning profili qog‘ozga avtomatik ravishda chizib boriladi. Bu usulda joyning profili boshqa usullardagiga nisbatan osonroq va tezroq tuzila di, lekin aniqligi juda kam bо‘ladi. Shuning uchun mexanik nivelirlashdan katta aniqlik talab qilinmaydigan ishlarda, masalan, yо‘l qurilishida va joyning relyefini dastlabki о‘rganishdagina foydalaniladi.
Gidrostatik nivelirlashda joydagi nuqtalarining balandliklardagi farqi о‘zaro bog‘liq ikkita idishdagi suyuqlik sathini kuzatish yо‘li bilan aniqlanadi. Gidrostatik nivelirlashda nuqtalarning nisbiy balandligi ± 1-2 mm aniqlikda topiladi. Montoj ishlarida, yirik inshootlarning deformatsiyasini muntazam ravishda kuzatish kerak bо‘lganda va boshqa ishlarda gidrostatik nivelirlash qо‘llaniladi. Bu usul sodda bо‘lib, undan, tor va qorong‘u joylarda ham foydalanish mumkin.
Radioelektronikaning taraqqiy etishi natijasida nivelirlashning yangi turi – radionevilirlash vujudga keldi. Bu nivelirlash radiotо‘lqin ning samaliyotdan yerga va yerdan samaliyotga yetib borish vaqtiga qarab samaliyotning qanday balandlikda uchayotganini bilishga imkon beradi. Samaliyotning uchayotgan balandligi radiovisotomer degan asbob yordamida 5 m gacha aniqlikda topiladi. Keyingi vaqtlarda radionivelirlash turli qidiruv ishlarida hamda turli masshtabdagi topografik kartalar tuzishda qо‘llanilmoqda.
Stereofotogrammetrik nivelirlashda joyning samaliyotdan turib olingan suratlari (aerosuratlar) ga qarab maxsus fotogrammetrik asboblar yordamida nuqtalarning balandligi aniqlanadi va relyef gorizontallar bilan chiziladi. Bu xildagi nivelirlash ishlarining asosiy qismi korxona da bajarilganligidan vaqt va mablag‘ ancha tejaladi. Stereofotogrammetrik nivelirlash turli masshtabli kartalar tuzishda qо‘llaniladi.


Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling