Yuqori kuchlanish uskunalari


Download 14.89 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi14.89 Kb.
#1259624
Bog'liq
yuqori kuchlanish uskunalari


Aim.Uz

Yuqori kuchlanish uskunalari
Yuqori kuchlanish uskunalari 1000 V va undan yuqori kuchlanishlarga mo‘ljallangan.
O‘chirgichlar
1000 V va undan yuqori bo‘lgan kuchlanish elektr zanjirlarini ulash va o‘chirish hamda avtomat ravishda qisqa tutashgan va nagruzkasi oshib ketganda o‘chirish tuzilmalari yuqori kuchlanishli o‘chirgichlar hisoblanadi. 1000 V va undan yuqori kuchlanish elektr zanjirlarida qisqa tutashish bo‘lganda o‘chirgichlar avtomat ravishda ishga tushib, tokni zanjirdan uzib qo‘yadi, shu tariqa uskunalarning ishdan chiqishi himoya qilinadi. Yuqori kuchlanish elektr zanjirlarida qisqa tutashish hosil bo‘lganda ularda toklarning qiymati o‘nlab, yuzlab kilovoltamperga yetishi mumkin. Shuning uchun ham o‘chirgichlar bu toklarni avtomat ravishda o‘chirganda, ularning kontaktlarida elektr yoyi hosil bo‘ladi, bu esa elektr tokini o‘chirish vaqtini cho‘zadi, natijada o‘chirgichning kontaktlari kuyib ketadi. Shuning uchun yuqori kuchlanish o‘chirgichlarida yoyni tez o‘chirish kerak. Elektr yoyni o‘chirishning turli xil usullari bor, ya’ni ionlarni tez yo‘qotish, sovitish, atrofidagi kenglikning elektr chidamliligini oshirish va boshqalar. O‘chirgichlarning konstruksiyasini yasalganda yoyini o‘chirish asosiy masala hisoblanadi. O‘chirgichlar yoyli, havoli, avtogazli, elektromagnitli, vakuumli bo‘ladi. O‘chirgichlar maxsus uzatmalar yordamida masofadan boshqariladi. Kam quvvatli uskunalarni yuqori kuchlanishli katta o‘chirgichlar bilan boshqarish foydasiz, chunki ular juda qimmat turadi. Kichkina korxonalarda, har xil idora va o‘quv yurtlarida nagruzka o‘chirgichlari ishlatiladi. Bular avtogazli bo‘lib, qisqa tutashishli toklarni o‘chirishga mo‘ljallanmagan. Ularni erib ketadigan saqlagich (predoxranitel)lar bilan birga o‘rnatiladi.

Ajratkichlar
Ajratkichlar elektr zanjirda tok bo‘lmagan vaqtda zanjirni uzish uchun qo‘llaniladi. Ular bir qutbli, ya’ni bir fazali va uch fazali bo‘ladi. Biroq, konstruksiyasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning kontaktlari (pichoqlari) qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, izolatorlarga o‘rnatiladi. Ajratkichlar qo‘l bilan, elektrodvigatel va pnevmatik uzatma bilan boshqarishga mo‘ljallangan.
Reaktorlar
Hozirgi zamon kuchli elektr tarmoqlarida qisqa tutashish bo‘lganda, elektrodinamika kuchlar hosil bo‘ladi, bunday kuchlarni kamaytirish uchun reaktorlar ulanadi. Reaktor induktiv g‘altagi bo‘lgan va katta miqdordagi toklarning o‘tishiga mo‘ljallangan.
Zaryadsizlagichlar
Zaryadsizlagichlar elektr tarmoqlarda katta kuchlanish hosil bo‘lsa, ya’ni me’yordan ortib ketsa, izolatsiyalarga xavf tug‘dirmaslik uchun ularni saqlaydi. Ortib ketgan kuchlanish energiyasini ulagich orqali yerga o‘tkazib yuboradi. Har xil konstruksiyali zaryadsizlagichlarning ishlash prinsipi quyidagicha elektr tarmoqlarda har xil hodisalar bo‘lganda, zaryadsizlagichning izolatsiyasi teshiladi, keyin u qaytadan tiklanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. К.Адылов. Электрификация сельского хозяйства Узбе-
кистана. Т., «¤збекистон», 1970.
2. К.Адылов. Вопросы экономии электроэнергии и топ-
лива в народном хозяйстве. Т., «¤збекистон», 1974.
3. К.Адылов. Использование электроэнергии в сельском
хозяйстве Узбекистана. Т., «¤збекистон», 1974.
4. К.Адылов. Справочник электрика. Т., «¤збекистон»,
1983.
5. А.S.Каrimov, М. М.Мirhaydarov. Nazariy elektrotexnika.
Т., «¤іитувчи», 1979.
6. К.Адылов. О применении глубоких вводов с трансфор-
маторами на напряжение 35/10/6/0,4 и 110/10/6 кв. Журнал
«Промышленная энергетика», М., № 9, 1963.
7. К.Адылов, М.У.Азимов, Э.Н.Бабушкина, Л.Р.Холма-
това. Тексты лекций по социально-экономическим факто-
рам безопасности жизнедеятельности. Т., «¤збекистон», 1992.
8. К Адылов. Трансформаторные подстанции 35/0,4 кв.
Бюллетень научно-технической информации института НТИ.
Журнал «Новая техника», №10, 1962.
Download 14.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling