Yuqori molekulyar birikmalarning molekulyar massasini viskozimetr usulida aniqlash
Download 32.45 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-tajriba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va reaktivlar
7- LABORATORIYA ISHI YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALARNING MOLEKULYAR MASSASINI VISKOZIMETR USULIDA ANIQLASH Ishdan maqsad: Ostvald yoki Ubbelodening kapillyar viskozimetri yordamida turli liofil dispers sistemalarning (oqsil, jelatin va boshqa suvda eruvchan polimerlar eritmalari) qovushqoqligini aniqlash usullari bilan tanishish va polimerning massasini aniqlash. Kerakli asbob va reaktivlar: Ostvald yoki Ubbelodening kapillyar viskozimetri; shtativ; 6 ta kolba, havo so'rgichi (grusha), suv va liofil dispers sistema. Ishni bajarish tartibi: Avval 6 ta kolbaning 5 tasiga liofil dispers sistemaning turli xildagi suvli konsentratsiyasi (1n, 0,5n, 0,25n, 0,125n, 0,0625n) tayyorlab olinadi. 1 ta kolbaga 10 ml suv solinadi va kapilyar viskozimetr yordamida necha minutda tomchilar tushishi aniqlanadi. Buning uchun nayning yuqori va pastki qismida ikkita belgi qo'yilgan. O'lchash vaqtida kapilyar viskozimetr shtativga o'rnatiladi. Kapilyar viskozimetr o'rta qismi (qorni) keng va pastki uchi kapilyar bo'lgan shisha naydan iborat. Uning yuqorigi uchiga rezina trubka kiydirib, uning yuqorigi belgisiga yetguncha «havo so'rgichi yordamida» suyuqlik so'riladi. Yuqorigi belgidan past belgigacha egalangan hajmda qancha suyuqlik tomchisi necha daqiqada tushishi aniqlanadi. Keyin liofil dispers sistemaning 5 xildagi suvli konsentratsiyasiga ega bo'lgan polimer eritmasi (1%li K-8, K-17, K-18) tajribadan o'tkaziladi. Tajriba vaqtida turtki, zarbalar, havo tebranishlari va harorat o'zgarishlariga yo'l qo'ymaslik kerak. 6 ta kolbadagi suyuqliklar tajribadan o'tkazilgandan so'ng liofil dispers sistemaning nisbiy qovushqoqligi aniqlanadi. Suv va polimer eritmasining suvli konsentratsiyasining tushish vaqtlari 5-jadvalga yozib boriladi va ηnis=f(C) bog'lanish grafigi chiziladi. 5-jadval
Nisbiy va solishtirma qovushqoqlik quyidagi formula orqali aniqlanadi: Jadvaldagi ma'lumotlarga asoslanib, ηnis= f(c) bog'lanish grafigi chiziladi va haqiqiy qovushqoqlik [η] aniqlanadi. Polimerning molekulyar massasini quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi. [η] = KM α Hisoblash uchun bu tenglamani quyidagi ko'rinishda tasvirlash qulay Logarifmlagandan so`ng hosil qilinadi. K va a ni kiymati 4-jadvaldan olinadi. Hisoblab topilgan lgM ning qiymati antilogarifmlab, moddaning molekulyar massasi (M) qiymati aniqlanadi. Download 32.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling