Yuqori samarali suyuqlik-suyuqlik xromatografik usuli
Download 2.6 Mb.
|
toksik 5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori samarali suyuqlik-suyuqlik xromatografik usuli
Mavzu: Zaharli moddalarni tahlilida YUSSX usulini qo`llash. Reja: 1. Yuqori samarali suyuqlik xromatografik usulni asosiy prinsiplari. 2. Yuqori samarali suyuqlik xromatografik usulni nazariy asoslari. 3. Yuqori samarali suyuqlik xromatografik usulda qo‘llaniladigan qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan fazalar. Yuqori samarali suyuqlik-suyuqlik xromatografik usuli Xrormatografik usullarning rivojlanishi jarayonida ularning nazariy va amaliy qo‘llanish sharoitlarini takomillashtirish natijasida yangi yuqori samarali suyuqlik xromatografiya (YUSSX) usulini kirib kelishiga sabab bo‘ldi. Agarda 1950 va 1960 yillarda xromatografik usullardan yupqa qatlam xromatografiya va qog‘ox xromatografiyasi, rivojlangan bo‘lsa, 1970 yillarda kolonkali xromatografiyaning taraqqiy etishi yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulini rivojlanishiga zamin bo‘ldi. YUSSX usullarda (nasos, injektor, detektor), hamda o‘ziga xos talablarga javob beradigan yuqori tozalikka javob beradigan, yuqari tozalikka ega erituvchilar va kimyoviy reaktivlarni qo’llash talab etiladi. YuSSX usulida moddalarni ajratish uchun diametri 2-6 mm bo‘lgan kolonkalardan va ularning ichiga ko‘zg‘almas sorbentning zarrachalarini o‘rtacha diametri 50 mkm dan kichik zarrachalardan iborat bo‘lgan, hamda ko‘zg‘aluvchan fazani 0,1-0,5 sm/sek tezlikda yuqori bosim yordamida (10-400 atm) foydalanish maqsadga muvofiqdir. YuSSX usulida ikki moddani bir-biridan ajratish, ulardan biri qo‘zg‘almas fazada ushlanib qolishini xromatografik kolonkadan qarshiliklarni engib chiqqan modda avval, so‘ngra asta-sekin ikkinchi modda chiqa boshlaydi. Bu xromatografiyada ham moddalarni ajralishini qo‘zg‘almas fazada ushlanish vaqti (tR1) qiymati bilan ifodalanadi. Umumiy ushlanish vaqti (tR), qo‘zg‘almas fazada ushlanish vaqti (tR1) va qo‘zg‘aluvchan fazadagi ushlanish vaqtining(tm) qiymatlarini yig‘indisidan tashkil topgan. tR = tR1 + tm Usulning optimal sharoitini va tahlil vaqtini tanlish. Dori moddalarini yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulida tahlilini olib borishda quyidagilar maqsadga muvofiq: 1. Qisqa vaqt oralig‘ida eng asosiy moddani ajralishiga erishilishi 2. Usulda foydalanilgan texnik kamchiliklar eng kam bo’lishi Har bir tajribada dori moddasini tahlilini olib borishda qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan fazalar va o‘ziga xos haroratda eng yaxshi va eng yuqori nisbiy ushlanishga ega bo’lishikerak. Har doim ma’lum haroratda va eng yaxshi sistemalardan foydalanish natijasida kam sonli nazariy likobchalardan hamda qisqa kolonkalardan foydalanishga harakat qilishi kerak. YuSSX usulini olib borishda foydalaniladigan kolonkalarga quyidagi talablar qo`yiladi: 1. moddalarni ajratish darajasi 2. tahlilni olib borish tezligi 3. kolonkani ishlatish darajasi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Азизова C. C. Фармакология. — Ташкент: Ибн Сина, 2002. — Б. 135-142. 2. Ibodov A.Yu. Farmatsevtik kimyo. 1 va 2 q. — Toshkent: Ibn Sino, 1996.-575 b. 3. Ikromov L.T., Tojiyev M.A., Zaynutdinov X.S. Toksikologik kimyodan praktikum. —Toshkent: Fan, 2008. 4. Maxsumov M.N., Malikov M.M. Farmakologiya. — Toshkent: O'zbekiston, 2006. Download 2.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling