Yuqori sur’atlarda iqtisodiy o‘sish hodisasi
Download 0.67 Mb.
|
Yapon iqtisodiy mo‘jizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob. Yuqori sur’atlarda iqtisodiy o‘sish hodisasi 1.1. Ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi
Yuqori sur’atlarda iqtisodiy o‘sish hodisasi 1.1 Ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi………………………...5 1.2 Tashqi savdoning o‘sishi………………………………………...7 1.3 Konchilik sanoatining qisqarishi……………………………......8 1.4 Transportning rivojlanishi…………………………………….....9 1.5 Yaponiya qishloqlaridagi o‘zgarishlar…………………………..11 1.6 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish…………………..12 1.7 Tezlashtirilgan iqtisodiy o‘sishning salbiy oqibatlari……………13 1.8 60-yillarda ijtimoiy o‘zgarishlar………………………………… I bob. Yuqori sur’atlarda iqtisodiy o‘sish hodisasi 1.1. Ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishida yuqori sur’atlarda o‘sish davri alohida o‘rin tutadi. O‘sha yillarda erishgan yutuqlari juda ham ko‘pligi sababli, dunyo Yaponiyaning “iqtisodiy mo‘jizasi” haqida gapira boshladi. 1958-yildan 1973-yilgacha bo‘lgan 15 yil davomida Yaponiyaning yalpi milliy mahsuloti 6,5 baravarga, sanoat ishlab chiqarish hajmi esa 10 baravarga oshdi. 60-yillarning oxirlarida Fransiya, Italiya, Kanada, Buyuk Britaniya va Germaniya Federativ Respublikasini ortda qoldirib, Yaponiya kapitalistik dunyoda sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha 2-o‘ringa, 70-yillarning boshlarida esa yalpi milliy mahsulot hajmi bo‘yicha 2-o‘ringa chiqib oldi. O‘sha davrda Yapon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari rivojlangan kapitalistik mamlakatlar orasida eng yuqori bo‘lgan va yiliga taxminan 11 % ni tashkil etgan. Yaponiyaning iqtisodiy yutuqlari birinchi navbatda, asosiy kapitalni kengaytirish va yangilashga qaratilgan ulkan sarmoyalar hisobiga jadal rivojlanishi bilan bog‘liq edi. Ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi davrida mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 30% i jamg‘arishga sarflandi va ushbu mablag‘larning taxminan 2/3 qismi sanoatni rivojlantirishga yo‘naltirildi. 1957-yilda sanoatda qayta tiklash jarayonlari tugagandan so‘ng, tubdan qayta qurilmasdan uni yanada rivojlantirish mumkin emasligi a’yon bo‘ldi. 1950-yillarning ikkinchi yarmida Yaponiya eski sanoat tarmoqlarida (qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, elektr mashinasozligi, kemasozlik, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, kimyo sanoati) asosiy kapitalni yangilashning intensive jarayoni boshlandi. Shu bilan bir vaqtda radioelektronika, neft kimyosi, plastmassa, sintetik kauchuk, sintetik tolalar va boshqa yangi sanoat korxonalarining jadal qurilishi boshlandi. Eski sanoat tarmoqlarini qayta qurish ham, yangilarini yaratish ham asosan, chet el uskunalari va texnologiyalari importiga asoslangan edi. Shunday qilib, Yaponiya 1950-1971-yillar uchun 15 mingdan ortiq xorijiy patent va litzensiyalar sotib oldi, ularning 60% dan ortig‘i AQSh ga tegishli edi. Texnik rekonstruksiya qilish va rivojlangan tarmoq tuzilmasini yaratishning asosini korxonalarning mashinalar, uskunalar, qurilish materiallari va boshqa investitsiya tovarlariga bo‘lgan ulkan talabi tashkil etdi. Bu investitsiya tovarlari bozorga og‘ir sanoat korxonalarida investitsiyalar va ishlab chiqarish konsentratsiyasining oshishi bilan birga keldi. Shu bilan birga mashinasozlik sanoati eng yuqori sur’atlarda rivojlandi. Natijada, 60-yillarning oxiri va 70-yillarning boshlarida Yaponiya sanoati tubdan o‘zgardi. Birinchidan, uning tarkibidagi og‘ir sanoatning ulushi sezilarli darajada oshdi: 1956-1973-yillarda 51,7% dan 67,8 % gacha (shu jumladan mashinasozlik sanoatining ulushi - 17,9% dan 35,3% gacha). Ikkinchidan, 60-yillarning oxiriga kelib, Yaponiya sanoat ishlab chiqarishining deyarli universal tarmoq tuzilishini yaratdi, unda zamonaviy ishlab chiqarishning barcha turlari, shu jumladan, eng so‘nggilari u yoki bu ko‘rinishda namoyish etildi. Uchinchidan, Yaponiya sanoatining barcha eski tarmoqlari yangi ishlab chiqarish texnologiyalariga o‘tdilar va zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni boshladilar. Shunday qilib, qora metallurgiyada po‘latni eritish usuli bilan kislorod konverteriga hal qiluvchi burilish amalga oshirildi; kema qurilishida ulkan tankerlar va quruq yuk kemalarini qurish uchun yangi texnologiya joriy etildi; kimyo sanoatida ammiak, sun’iy o‘g‘itlar va boshqalarni ishlab chiqarish uchun yanada samarali uskunalar o‘rnatildi. 1960-yillarning oxiri va 70-yillarning boshlarida Yaponiya sanoatining texnik darajasi allaqachon dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini egallab turar edi. 3 yillik mashinalar va uskunalarning ulushi 70-yillarning boshlarida asosiy vositalar qiymatining deyarli yarmini tashkil etdi va uskunalarning quvvati va unumdorligi bo‘yicha qator yetakchi tarmoqlarda Yaponiya nafaqat Yevropa davlatlarini, balki Qo‘shma Shtatlar (birinchi navbatda qora metallurgiya, neft kimyosi, kemasozlik) ni ham chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Yaponiyaning jahon ishlab chiqarishidagi o‘rni va roli tubdan o‘zgardi. 60-yillarning oxiriga kelib, u og‘ir sanoat mahsulotlarining ko‘plab muhim turlari bo‘yicha dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchiga aylandi, kemalar, kino va fotografik uskunalar, kimyoviy tolalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni; po‘lat, elektr jihozlar, mashinalar, tikuv mashinalari va boshqalarni ishlab chiqarish bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi, Buyuk Britaniya va Germaniyadan oldingi o‘rinni egalladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling