Yuqorida koʼrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʼng himoyaga ruxsat etiladi
Download 15.62 Kb.
|
Taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Korporativ boshqaruv fakulteti Bank ishi yo’nalishi 4-bosqich talabasi Jo’raboyev Javohirning ,,Bank daromadlarining turlari va uning hisobi’’ mavzusida yozgan kurs ishiga TAQRIZ Bugungi kunda tijorat banklari iqtisodiyotning yetakchi sektori hisoblanadi.. Tijorat banklarining o’z faoliyatlarini olib borishidan asosiy maqsadi yuqori daromad olishga qaratilgan.Bu daromadlarni ko’paytirish yo’llarini o’zlari mustaqil ravishda belgilaydilar . Tijorat banklari daromadlilik ko’rsatgichini yuqori darajaga yetkazish hamda tijorat banklariga daromad olib keluvchi operatsiyalarni takomillashtirish masalalari bugungi kunda dolzarbdir. Talaba J.Jo’raboyevning «Bank daromadlarining turlari va uning hisobi » mavzusidagi kurs ishi ham aynan mazkur dolzarb masalaga bagʼishlangan boʼlib, unda tijorat banklarida daromadlarning moxiyati, tijorat banklariga daromad keltiruvchi operatsiyalarning turlari, ulardagi kamchiliklar va takomillashtirish yo’llari tadqiq etilgan. Kurs ishi kirish, to’rtta savol, xulosa, adabiyotlar roʼyxatidan iborat boʼlib kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, maqsadi va asosiy vazifalari keltirilgan. Kurs ishidagi savollarda bank daromadlarining iqtisodiy mohiyati va uming turlari, tijorat banklari daromadlari hisobini tashkil etishning huquqiy va uslubiy asoslari, O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida daromadlar hisobini yuritish va tahlil qilish tartibi, bank faoliyatida daromadlar hisobini takomillashtirish yo’llari keltirilgan. Kurs ishida baʼzi bir kamchiliklar mavjud. Jumladan: – ishda keltirilgan jadval va rasmlar maʼlumot sifatida aks ettirilgan, mazkur jadval va rasmlardagi maʼlumotlarni tahlil etgan holda xulosalar berilishi lozim; – ishdagi grammatik va orfografik xatoliklarni bartaraf etish hamda foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatini qoida boʼyicha rasmiylashtirish lozim. Yuqorida koʼrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʼng himoyaga ruxsat etiladi. Yuqorida koʼrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʼng himoyaga ruxsat etiladi. Ilmiy rahbar : ,,Bank ishi va investitsiyalar’’ Nurmuhammedov A Kafedrasi katta o’qituvchisi Download 15.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling