Yuqoridagilardan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati bo’yicha nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tekshirishlar reja-jadvalini shakllantirish tartiblari o’rganiladi


Download 7.94 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.94 Kb.
#1567837
Bog'liq
Yuqoridagilardan tashqari xo


Yuqoridagilardan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati bo’yicha nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tekshirishlar reja-jadvalini shakllantirish tartiblari o’rganiladi. Хo’jalik sub’ektlari moliyaviy faoliyatini xujjatli tekshiruvlarini tashkil qilish va o’tkazish tartiblari mavzusida bevosita xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish huquqiga ega organlar, ularning vakolatlari, tekshirish tartiblari, turlari va shakllari haqida bayon qilinadi. Bu mavzuda asosan soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlarining asosiy shakllaridan biri bo’lgan soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi)ni tashkil qilish va o’tkazish tartib qoidalari o’rganiladi. Yuridik shaxslarning pul mablag’larini taftishdan o’tkazish tartiblari mavzusida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag’larini taftishdan o’tkazish tartiblari, jumladan, kassa opretsiyalarini taftish qilish, kassani bank operatsiyalarini taftish qilish tartib qoidalari o’rganiladi. Naqd pul bilan muomala qiluvchi xo’jalik sub’ektlari tomonidan savdo va xizmat ko’rsatish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish tartiblari mavzusi doirasida naqd pul bilan muomala qiluvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tarkibi, naqd pulli hisob kitoblarni amalga oshirish, naqd pul mablag’larini inkasatsiya qilish tartib qoidalari, O’zbekiston Respublikasining savdo va xizmat ko’rsatish hamda ulgurji va chakana savdo tartib qoidalariga bog’liq me’yoriy huquqiy xujjatlari, ularda belgilangan normalar, plastik kartochkalar bilan savdo va xizmat ko’rsatish, soliq organlari tomonidan qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil qilish va o’tkazish tartiblari, savdo va xizmat ko’rsatish tartib qoidalarini buzgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida fikrlar bayon etilgan. Хo’jalik sub’ektlari faoliyatini tekshirilishi natijasida tayyorlanadigan tekshiruv materiallarini rasmiylashtirish tartiblari mavzusida esa soliq organlari tomonidan o’tkazilgan rejali va rejadan tashqari tekshirishlar natijalarini bo’yicha tekshirish dalolatnomalarini tuzish, ularni tegishli tartibda rasmiylashtirish tartib qoidalari haqida fikrlar bayon qilinadi. Тekshiruv materiallarini shakllantirish va ro’yxatdan o’tkazish tartiblari hamda soliq huquqbuzarliklari bo’yicha ma’muriy amaliyot yuritish tartiblari mavzulari doirasida tekshiruv materiallari (dalolatnomalar)ni soliq organlarida ro’yxatdan o’tkazish, ularni o’rganish, natijalari bo’yicha qaror qilish tartiblarini, tekshiriluvchilarga talabnomalar hamda xo’jalik sudlariga taqdimnomalar kiritish tartiblari, ma’muriy va moliyaviy jarimalarni qo’llash tartib qoidalari yoritilib berilgan.

  1. Tumanda mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risida, shuningdek, hudud salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan mahalliy budjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari bo‘yicha tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosarining 2022-yil davomida bajarilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin. 2. Tumanning 2022-yilda budjet daromadlari kontingent rejasi 91 mlrd. 592 mln. so‘mni tashkil etib, haqiqatda 113 mlrd. 004 mln. so‘mga, belgilangan rejaga nisbatan 21 mlrd. 413 mln. so‘mga ortig‘i bilan yoki reja 123,4 foizga; Tuman mahalliy budjetining 2022-yil daromadlar rejasi 34 mlrd. 782 mln. so‘mni tashkil etib, haqiqatda 38 mlrd. 618 mln. so‘mga, belgilangan rejaga nisbatan 3 mlrd. 836 mln. so‘mga ortig‘i bilan yoki belgilangan reja 111,0 foizga bajarilganligi qayd etilsin. 3. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Shodmonov, tuman moliya bo‘limi (A.Meliboyev) hamda tuman davlat soliq inspeksiyasi (Sh.Meyliyev)larga: - tumanda mol-mulk va yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslarni soliq bazasiga to‘liq qamrab olish; - bozorlar va savdo komplekslari faoliyatidan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatʼiy belgilangan soliq tushumlarini qamrab olish; - investitsiya loyihalarini, mahalliylashtirish dasturiga doir loyihalarni amalga oshirish hisobidan tushumlarni oshirish; - faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash hamda kam rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashga ko‘maklashish; - tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida budjet tashkilotlari xodimlarining mol-mulk soliqlari bo‘yicha qarzdorliklarni jismoniy shaxslardan to‘liq undirilishni tashkil qilish; - qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash orqali mahalliy budjetga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar tushumining bajarilishini taʼminlash choralarini ko‘rish; - budjet maʼlumotlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish ularni xorijiy investorlar hamda boshqa manfaatdor subyektlarga yetkazish; - budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, tegishli mahalliy budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushishini taʼminlasin. 4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish” masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi O.Qodirov zimmasiga yuklatilsin.

Download 7.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling