Epidemiologik xususiyati. Yuqumli kasalliklarning asosiy xusu- siyatlaridan biri uning yuqumliligidir, ya’ni uning kasallangan odamdan sog‘lom odamga o‘tishidir. Kasallangan odam infeksiya manbai hisoblanadi va atrofdagi kishilar uchun katta xavf tug‘diradi. Infeksiya turli yo‘llar bilan yuqishi mumkin (havo,suv va b.). Klinik xususiyati. Yuqumli kasalliklarga davriylik xos, ya’ni kasallik ma’lum davrlar almashinishi bilan kechadi. Kasallikning yashirin (inkubatsion), prodromal (dastlabki belgilarning paydo bo‘lishi), avj olish va rekonvalessensiya (sog‘ayish) davrlari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |