Qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlikni birgalikda buzilishi bilan
kechadigan aritmiyalar
1. Bo’lmachalar trepetatsiyasi [bo’lmachalar 1 minutda 250-400
tagacha
qisqaradi].
2. Bo’lmachalar mertsaniyasi [1 minutda 400-600 tagacha qisqaradi].
Bo’lmachalar trepetatsiyasi va mertsaniyasini
bir xil omillar chaqiradi,
shuningdek, ular biridan ikkinchisiga o’tadi, shundan ushbu ikkita aritmiyani
mertsatelg’naya aritmiya deb nomlashadi.
3. Qorinchalar trepetatsiyasi [qorinchalar 1 minutda 150-300 tagacha
qisqaradi].
4. Qorinchalar [fibrillyatsiyasi] mertsaniyasi [qorinchalar 300-500 tagacha
qisqaradi]
Bo’lmachalar miokardida juda ko’plab ektopik o’choqlarni hosil bo’lishi,
qo’zg’alishlar o’tish tezligi va yo’nalishini buzilishi natijasida, yurak ayrim
qismida qo’zg’alish to’lqinlarini uzoq muddatli tsirkulyatsiyasi ro’y beradi.
Natijada yurak ritmi keskin buziladi, bu esa bo’lmachalar trepetatsiyasi va
mertsaniyasi ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Yuqorida tahkidlanganidek, bo’lmachalar trepetatsiyasida, bo’lmachalarni
qisqarishi 1 minutda 250-400 tagacha boradi.
Ushbu aritmiyada,
bo’lmachalarni ishlash ritmiga, qorinchalar moslasha olmaydi,
natijada
nisbiy yurak blokadasi ro’y beradi. Ushbu davrda qorinchalar,
bo’lmachalarni ikkinchi,
uchinchi, to’rtinchi qisqarishlariga javob beradi,
qolgan qo’zg’alishlar esa qorinchalarni absolyut refraktermik fazasiga
tushadi.
SHuningdek, qorinchalar qon bilan to’lmasdan turib, qisqarishini
amalga oshirishi mumkin, bu esa qon tomirlar faoliyatini
buzilis higa olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: