Yurak Aritmiyalari Aritmiya ta’rifi


Bo’lmachalar fibrillyatsiyasida


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana14.10.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1701997
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Yurak Aritmiyalari

Bo’lmachalar fibrillyatsiyasida 
(mertsaniya) bo’lmachalar 400-600 
tagacha qisqaradi. Ushbu aritmiyada, bo’lmachalarni ayrim mushak tolalari 
qisqaradi xolos, butunlayicha esa, to’liq bo’lmagan qisqarish xolatida 
bo’ladi, natijada bo’lmacha qon otib berish vazifasini bajara olmaydi. Bu 
vaqtda, bo’lmachalarni ayrim muskul tolalaridan kelayotgan impulslar 
atrioventrikulyar tugunni qo’zg’ata olmaydi yoki bu xolat neregulyar tarzda 
ro’y beradi, shundan qorinchalarni qisqarishi tasodifiy xarakterga ega 
bo’ladi. Ayrim xolatlarda qorincha to’liq qon bilan to’lmay turib, qisqarishni 


boshlab yuboradi, natijada bemorlarda puls to’lqini kuzatilmaydi, yahni puls 
defitsiti yuzaga chiqadi. 
Ushbu aritmiyalar, yurak nuqsonlarida
- aterosklerotik kardiosklerozda 
- tireotoksikozda
- chap arioventrikulyar teshikni stenozida kelib chiqadi. 
Qorinchalar fibrilyatsiyasi 
Ushbu aritmiyaga narkoz, kuchli elektr toki, kuchli zaharlanish ochiq 
yurak operatsiyalari, o’pka arteriyasini tiqilib qolishi va keskin gipoksiyalar 
olib kelishi mumkin. Bu aritmiyada, qorinchalarni ayrim muskullarini xaotik 
tarzda qisqarishidan, qorinchalarni umumiy qisqarish kuchi juda past 
bo’ladi, shundan qon aylanish to’xtaydi, bemor xushidan ketadi va o’lim 
bilan tugashi mumkin. Aritmiyani boshlanishida, bemor yuzi oqaradi, 
so’ngra ko’karib ketadi, xushidan ketadi. Yurak tonlari eshitilmaydi, klonik 
va tonik titrashlar kuzatiladi. Adam-Stoks-Morgani sindromini kuzatish 
mumkin. 


EKGda qorincha kompleksi o’rniga, har xil amplitudali to’lqinlar paydo 
bo’ladi, ular asta-sekin so’nib boradi. Ayrim xolatlarda, yurak faoliyati 
normallashib, bemorni ahvoli yaxshilanishi mumkin. 
Qorinchalar fibrillyatsiyasini kelib chiqishi quyidagicha tushuntiriladi. 
Kardiomiotsitlar ichida K
+
ionini kontsentratsiyasi ozayib ketadi, bu esa 
uning membrana potentsialini pasayishiga olib keladi, natijada membrana 
osonlik bilan depolyarizatsiyalanadi va qo’zg’aladi, albatta bu xolatda 
kataxolaminlar rolini ham esdan chiqarmaslik lozim.Bunday bemorlarni 
davolashda bir marttalik elektrik razryad zarur. Ta’sir natijasida, barcha 
miokard tolalarda bir vaqtda depolyarizatsiya yuzaga chiqadi, bu esa 
muskullarni 
asinxron 
qo’zg’alishini 
oldini 
oladi. 
Qorinchalar 
fibrillyatsiyasini oldini olish uchun, qonning tuzli tarkibini korrektsiya 
qilish lozim.




Hozirgi vaqtda eng ko'p e'tirof etilgan - atriyal fibrilatsiyaning rivojlanish 
mexanizmini tushuntiruvchi impulslarning qayta kirishi nazariyasi bor. 
Ushbu nazariyaga ko'ra, chayqalish va miltillash o'tkazuvchanlik 
buzilishlari natijasida paydo bo'ladi, bunda impulslarning tarqalishi faqat 
bir (antegrad) yo'nalishda to'xtaydi va teskari (retrograd) yo'nalishda 
davom etadi. Bu miyokard bo'ylab impulslarning doimiy dumaloq harakati 
uchun sharoit yaratadi. Oddiy sharoitlarda, bir joyda paydo bo'lgan 
qo'zg'alish to'lqini yurak kamerasining ikkala tomoniga tarqaladi. Qarama-
qarshi devorga etib borgach, u o'tga chidamli zonani qoldirgan boshqa 
to'lqinga duch kelib, o'ladi. Biroq, vaqtinchalik blokirovkaning paydo 
bo'lishi yoki ba'zi miokard tolalari bo'ylab qo'zg'alishning kechikishi 
tufayli qo'zg'alish refrakter holatini tark etgan joyga kelsa, u holda uzoq 
muddatli qon aylanishi uchun bir marttalik impuls paydo bo’ladi. Bu esa 
yomon, juda yomon. 



 

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling