Yurak shovqini eshitilganda vrach quyidagilami aniqlashi lozim: uning yurak faoliyatiga munosabatini (sistola yoki diastola); episentrini (eng aniq eshitiladigan joyini); shovqinning xususiyatlarini (yumshoq, ezuvchi yoki qo'pol); irradiatsiyasi, ya’ni uzatilishini; Ф funksional yoki organik shovqin ekanligini. Yurakning faoliyati bilan bog‘liqligini baholash maqsadida quyidagilami aniqlash lozim: shovqinni I va II ton bilan bog'liq yoki bog'liq emasligini; bir vaqtning o'zida chap qo'l bilan bemor o'ng uyqu arteriyasi paypaslanib pulsatsiyasi aniqlanadi, amalda u qorinchalar sistolasiga to'g'ri keladi. ♦ Sistolik shovqin yurakning sistolasi vaqtida paydo bo'lib I tonga mos keladi yoki u bilan bir vaqtda yuzaga keladi hamda eshitilishi bo'yicha quyidagi so'zlami eslatuvchi tovushlardan iborat, «Ви-и-sh-sh - tup», «Ch-sh-sh-sh - tup», «Ти-и-sh-sh — tup», «Sh-sh- sh-sh — tup»; ♦ Diastolik shovqinlar yurakning diastolasi vaqtida yuzaga kelib II tonga mos keladi yoki u bilan birga paydo bo'ladi. Taxminan quyidagi so'zlami eslatuvchi tovushlar eshitiladi «Bu- tush-sh», «Bu - tish-sh», «Bu - ch-sh-sh». Shovqinning joylashgan joyini (episentrini) aniqlash maqsadida fonendoskopni sekin- astalik bilan eshitish nuqtalaridan foydalangan holda shovqin eng jarangdor eshitiladigan nuqtaga olib borish lozim. Auskultatsiya bemomi turgan, o'tirgan, yoki (agar ahvoli og'ir bo'lsa) yotgan holatida, ko'rsatmalar bo'lsa jismoniy zo'riqishdan keyin o'tkaziladi. ♦ Mitral qopqoqchalar patologiyasida, tovush bemor holati chap yonboshida bo'lganda ya’ni yurak ko'krak qafasi devoriga yaqinlashganda yaxshi eshitiladi; ♦ Aorta qopqoqchalarining zararlanishlaridagi shovqin bemor vertikal, qo'llarini bir-biriga chalishtirgan va boshini yuqoriga ko'targan yoki o'ng yonboshda yotgan holatda yaxshi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |