Yurak cor to‘rt kamerali a'zo bo‘lib, ko‘krak qafasining oldingi ko‘ks oralig‘ida joylashadi


Download 10.26 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi10.26 Kb.
#1559523
Bog'liq
YURAK


YURAK- COR
Yurak - cor to‘rt kamerali a'zo bo‘lib, ko‘krak qafasining oldingi ko‘ks oralig‘ida joylashadi. Uning uchi - apex cordis pastga va oldinga yo‘nalgan bo‘lib, yurakning asosi - basis cordis yuqorida va biroz orqaroqda joylashadi. Yurakning oldingi yuzasi - facies sternocostalis to‘sh va qovurg‘a suyaklariga qaragan b o iib , pastki yuzasi diafragmaga tegib turganligi uchun facies diaphragm atica deyiladi.0 ‘ng va chap o ‘pkalarga qaragan yuzalari - facies pulmonalis dextra et sinistra deyiladi.Yurak uchida o ‘yma boMib, incisura apicis cordis deb ataladi. Yurakning tashqi yuzasida qon tomirlar joylashadigan quyidagi egatlar: qorinchalar orasidagi oldingi egat - sulcus interventricularis anterior; orqa egat - sulcus interventricularis posterior; tojsimon arteriya egati - sulcus coronarius boladi.Yurakning to‘rt kamerasi: 2 ta boMmacha - atrium dextrum et sinistrum hamda 2 ta qorincha - ventriculus dexter et sinister qismlari boMib, har ikkala boMmacha orasida to‘siq - septum interatriale boʻladi. Har ikkala qorinchalar orasida ham to‘siq boMib, u septum interventriculare deb ataladi. BoMmachalar orasidagi to‘siqda chuqurcha - fossa ovalis bolib, embrion taraqqiyoti davridagi foram en ovale teshigi sohasiga to‘g ‘ri keladi. Ularning tashqi yuzasida bo‘rtib chiqqan q u lo q c h ala r- auricula atrii ko‘rinadi.0 ‘ng bolmacha bilan o‘ng qorincha orasida qon oladigan tirqish - ostium atrioventriculare dextrum, chap bolmacha bilan chap qorincha orasida ham qon oladigan tirqish - ostium atrioventriculare sinistrum boladi. Bu tirqishlardan qon faqat qorincha tomon yo'naladi. Chunki o‘ng tirqish sohasida uch tabaqali klapan - valva atrioventricularis dextra seu valva tricuspidalis joylashadi. Uch tabaqali klapanning har bir tabaqasi: oldingi - cuspis anterior; orqa - cuspis posterior; cuspis septalis bolimlaridan hosil boladi. Har bir klapan qorinchalar bo‘shlig‘idagi yuzaga paysimon ipchalar - chordae tendineae ga, ipchalaming ikkinchi uchi so‘rg‘ichsimon mushaklar- musculi papillares ga birikadi. So‘rg‘ichsimon mushaklar qorinchalar ichiga bo‘rtib chiqqan boMib, uning asosi yurak devorlariga tutashib ketadi. Chap tirqish sohasida esa ikki tabaqali klapan - valva atrioventricularis sinistra seu valva bicuspidalis (mitralis) boladi.Oʻng bolmacha bo‘shlig‘iga yuqori kavak vena - vena cava superior va pastki kavak vena - vena cava inferior lar ochiladi.Pastki kavak venaning quyilish sohasida yurakning ichki qavati o ‘simtasidan hosil boMgan klapan - valvula venae cavae inferioris joylashadi.0 ‘ng bo‘lmacha bo‘shlig‘iga yurakning xususiy venalari - sinus coronarius cordis, qoʻshim cha ravishda yurakning xususiy kichik venalari - foram ina venarum m inim arum teshiklari vositasida o ‘ng bo‘lmacha bo‘shlig‘iga quyiladi. 0 ‘ng qorincha bo‘shlig‘idan qon o ‘pka poyasi - truncus pulmonalis ga yo‘naladi. 0 ‘pka poyasi teshigi - ostium trunci pulmonalis sohasida yurak ichki qavatining o‘simtalaridan hosil bo‘lgan klapanlar - valva trunci pulmonalis joylashadi. Klapanlar qonni o ‘ng qorinchaga qaytishiga to‘sqinlik qilib, faqat o ‘pkaga yo‘nalishini ta’minlaydi.Chap boMmachaga o‘pka venasi - venae pulmonalis quyiladi. 0 ‘ng qorinchadan boshlangan truncus pulmonalis o‘pka ishtirokida chap boMmachaga quyiladigan venae pulmonalis doirasi kichik qon aylanish doirasi - circulis sanguinis minor deyiladi. Chap qorinchadan esa aorta qon tomiri boshlanadi. Aortaning boshlanish qismidagi teshik sohasida yarimoysimon aorta klapani - valva semilunaris aorta joylashadi. Bu aorta klapani uchta yarimoysimon tabaqa - valvula sem ilunaris posterior, valvulae semilunaris dextra et sinistra lardan hosil boladi.Yurak devori uch qavat to‘qimadan tashkil topgan. Tashqi qavatda yurak xaltasi perikardning visseral varagdan hosil bolgan epikard - epicardium seroz parda boladi. Yurak devorining eng qalin qismi mushak to'qim alaridan hosil boMib, bu o ‘rta qavat miokard - myocardium deyiladi. Bogʻmachalarning mushak qavati alohida guruh kardiomiotsitlardan iborat. Yurak qorinchalari ham alohida mushak guruhidan hosil boMadi, shuning uchun uning har bir boMimi alohida qisqarish xususiyatiga ega boladi. Bolmachalardagi m ushaklar ikki qavatdan iborat bolib, tashqi qismida bo‘ylama mushak tolalari joylashadi.Qorinchalar sohasidagi mushaklar uch qavatdan iborat boladi. Tashqi va ichki qavatda bo‘ylam a mushak to‘qimalari joylashsa, o ‘rta qavatda har bir qorincha uchun alohida bolgan halqasimon mushak to‘qimalari joylashadi.Yurakning ichki yuzasini biriktiruvchi to‘qimadan hosil bolgan endokard - endocardium qavati qoplab turadi. Bu qavatning o ‘simtalari yurak klapanlarini hosil qiladi. 0 ‘ng bolmachaning ichki yuzasi silliq bolsa-da, oldingi devorining ichki yuzasida, quloqsimon hosilaga to‘g ‘ri kelgan sohada bo‘rtiq paydo boladi. Bu bo‘rtiq taroqsimon m ushaklar - musculi pectinati dan hosil boladi. Yuqori sohada taroqsimon mushaklar chegara qirrasi - crista term inalis dan boshlanadi. Yurakning tashqi yuzasida bu qirra sohasi chegaradagi egat - sulcus term inalis ga to‘g ‘ri keladi.Oval chuqurcha atrofi ko‘tarilgan boMib, limbus fossae ovalis deyiladi.0 ‘ng bolmachaning orqa devorining ichki yuzasida yuqori va pastki kavak venalari orasida bo‘rtiq - tuberculum intervenosum ko‘rinadi. Chap bolmachaning orqa devori tushuvchi aorta va qizilo‘ngachga tegib turadi. Chap bolmacha bo‘shlig‘iga 4 ta o‘pka venalari ochiladi. Chap quloqcha tarkibida taroqsimon mushak - musculi pectinati boMadi. Yurak devorining mushak qavati juda qalin bolib, o ‘ziga xos ko‘ndalang-targ‘il mushak toʼqimalari - kardiomiotsitlardan tashkil topgan . M ushak toʼqimalari o'zaro birik tiruv chi toʼqimalar bilan birikib turadi.Yurak kameralari orasidagi to'siqlar sohasida biriktiruvchi to'qimalar pishiq plastinkalarni hosil qiladi va ular mushaklar uchun o ‘ziga xos tayanch vazifasini bajaradi.Q orinchalar orasidagi to‘siqda, yarimoysimon klapanlar sohasida yupqalashgan soha bolib, pars membranacea septi ventriculoruni deb ataladi.Bolmacha va qorincha mushaklari fibroz to‘qimali h alq ala r- annuli fibrosi vositasida ajralib turadi. 0 ‘ng fibroz halqa o ‘ng boMmacha va o ‘ng qorincha orasida joylashsa, chap fibroz halqa chap bolmacha va chap qorincha orasida boladi.Fibroz halqalar tashqi tarafdan miokard to‘qimasi orasidagi biriktiruvchi to‘qima bilan, ichki tarafdan klapanlar bilan qo'shilib turadi.0 ‘ng va chap fibroz halqalam ing arterial va venoz teshiklar (boMmacha va qorinchalar orasidagi) sohasida o ‘zaro birikishi pishiq biriktiruvchi to‘qima vositasida boMib, bu plastinkalarga o ‘ng va chap fibroz uchburchaklar- trigonuni fibrosum dextrum et sinistrum deyiladi.M iokard qavati bir necha guruh mushak to‘qimalardan hosil boMadi. Ular yo‘nalishiga ko‘ra farqlanadi. Qorinchalar tarkibida uch guruh mushak to‘qimasi: tashqi guruh - qiyshiq; o ‘rta guruh - halqasim on; ichki guruh - bo‘ylama mushak tutamlari boMadi.Tashqi qavatdagi mushak guruhlari yurakning uchida girdobsimon burilib (vortex cordis deyiladi), ichki qavat mushak tutamlariga davom etadi.Ichki qavat mushaklari so‘rgichsimon mushaklar bilan birikib ketadi.0 ‘rtadagi halqasimon mushak tutamlarining yuza qavati ikkala qorinchani o'rab tursa, halqasimon m ushaklarning chuqur qavati har bir qorinchani alohida o ‘rab oladi. Halqasimon mushaklarning qalinlashgan joyi chap qorinchaga tokg ‘ri keladi.Q orinchalar oraligMdagi toksiq - septum interventriculare ning ko‘p qismi mushakdan hosil bolib, m ushak qismini tashkil etsa, kamroq qismi paylardan tashkil topgan parda qismini hosil qiladi.
Download 10.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling