Kimyoviy tarkibi. Bargida 0,1% yurak glikozidlar yig’indisi bor. Konvallozid:L-ramnoza D-glyukoza . Ishlatilishi. Yurak kasalliklarida. Dorivor preparatlar: konvallotoksin, nastoyka, karglikon, quruq ekstrakt tabletka holida. Marvaridgul o’simligini alohida bargi va guli ham mahsulot sifatida tayyorlanadi. - Erizimum yer ustki qisimi- Herba Erysimi
- Yoyiq erizimum, chitrangi – Erysimum (cancens) diffusum karamdoshlar-Brassicaceae oilasiga kiradi.
- Yoyiq erizmum ikki yillik o’t o’simlik, bo’yi 30-80 sm ga yetadigan o’t o’simlik.Poyasi shoxlangan. Birinchi yili ildiz oldi to’p barglari o’sib chiqadi. Ikkinchi yili esa poya hosil qiladi. Ildizoldi barglari uzun bandli, lantsetsimon, siyrak tishsimon qirrali, poyada qisqa bandi bilan ketma-ket o’rnashgan.Gullari shingilga to’plangan. May, iyunda gullaydi, urug’I iyulda yetiladi.
- Mahsulot tayyorlash. O’simlik ikkinchi yili, gullaganda o’rib olib,salqinda quritiladi.
- Kimyoviy tarkibi. Guli, urug’ida 2-6%,bargida 1-1,5%, poyasida 0,5-0,7% yurak glikozidlari saqlaydi. Asosiysi erizimozid hisoblanadi.
- Ishlatilishi. Yurak kasalliklarida strofantin o’rniga tavsiya etilgan.
- O’zbekistonda o’sadigan sershox erizimum E. Diffusum da ham yurak glikozidlari topilgan.
- Yurak glikozidlari yurak qon tomir yetishmovchiligini davolashda eng asosiy va keng qo’llandigan moddalar hisoblanadi.
- Yurak yetishmovchiligida glikozidlar shunday kuchli shifobaxsh ta’sir etadiki,hattoki buyuk hokimlar digitalis shifokorlar qo’lidagi tig’ deb hisoblashgan,digitalis bo’lmasa,hokimlikdan voz kechardik,deyilgan fikrlar ham adabiyotlarda uchraydi.Yurak glikozidlari o’simliklardan olinadigan,yurakka tanlab ta’sir ko’rsasatadigan murakkab organik moddalardir.
- Tarkibida,glikozidlar saqlaydigan o’simliklar qadim zamonlardan beri xalq tabobatida siydik haydash,yurak,asab kasalliklarini davolash qo’llanib kelingan. Bu o’simliklar yurak xastaliklarida va boshqa kasalliklarda qo’llash to’g’risidagi fikrlar XI asrda Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari”,”Kitob al-qalbiya”,Abu Rayhon Beruniyning “Saydana” kitoblarida keltirilgan.
- Markaziy Osiyoda o’simliklardan toza glikozidlar olishda, akademik N.K.Abubakirov, yurak glikozidlarini farmakologik tekshirishda,ularni amaliyotga tatbiq qilishda o’zbek ayollaridan fannakologiya sohasida birinchi fan doktori,professor S.S.Azizovaning hissasi katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |