Kimyoviy tuzilishi jihatidan yurak glikozidlari bir-biriga yaqin,ular ikki qismdan,qandsiz-aglikon va qandli-glikondan iborat.Aglikon glikozidlaning asosiy kardiotrop ta’sir ko’rsatuvchi qisimi bo’lib,uning negizi kardiotrop ta’sir ko’rsatuvchi qismi bo’lib,uning negizi steroid-siklopertanopergidrofenantrendan iborat. - Kimyoviy tuzilishi jihatidan yurak glikozidlari bir-biriga yaqin,ular ikki qismdan,qandsiz-aglikon va qandli-glikondan iborat.Aglikon glikozidlaning asosiy kardiotrop ta’sir ko’rsatuvchi qisimi bo’lib,uning negizi kardiotrop ta’sir ko’rsatuvchi qismi bo’lib,uning negizi steroid-siklopertanopergidrofenantrendan iborat.
- Steroidlarda 17-holatida to’yinmagan 5-a’zolik lakton halqa, ba’zi glikozidlarda to’yinmagan 6-a’zolik lakton halqa qo’shilgan bo’ladi.
- Glikozidlar uchun lakton halqa bo’lishi shart,bu halqa olib tashlansa yoki boshqa holatda bo’lsa,glikozidlarning yurakka tanlab ta’sir etish xususiyati yo’qaladi. 5-laktonli glikozidlar bufadenolidlar deb ataladi.
- Glikozidlarning glikon qismi har xil qandlar:d-glikoza,d-simroza,L-ramnozalardan iborat.Qandli qismi glikozidlarning eruvchanligiga, hujayra membranalaridan o’tishiga,biologik faollik va zaharliliga ta’sir ko’rsatadi.
- Glikon bir, ikki, uch, to’rt qandlardan iborat bo’lishi mumkin, bunda ular mono-,di-, tri-, tetraglikozidlar deb ataladi.Biologik faolligi bo’yicha glikozidlarni quyidagi qatorga qo’yish mumkin; monoglikozid
- Kimyoviy jihatdan yurak glikozidlari organizmda hosil bo’lagan steroid gormonlar, xolesterin, safro kislotalarga o’xshab ketadi, balki yurak glikozidlarining o’zi ham odam organizmida hosil bo’lar, balki shu moddalar yetishmovchiligi tufayli yurak kasalliklari paydo bo’ladi, degan ilmiy gipotezalar ham bor.Shuning uchun yurak glikozidlarini haqli ravishda korgormonlar deb atasa ham bo’ladi.
- Glikozidlar tanlab yurakka-kardial va yurakdan tashqari-ekstrakardial ta’sir ko’rsatadi.
- Glkozidlar kardial ta’siri:
- Musbat inotrop- sistolik ta’sir:moddalar bevosita yurak mushaklarini qisqartiradi, sistolaning kuchi oshadi,muddatli qisqaradi.Ushbu ta’sir alohida olingan yurakda, yurakning uchidan olingan bo’lakchalarda,nerv va o’tkazuvchan sistemasi rivojlanmagan embrion yuragida o’tkazilgan tajribalarda ham isbotlangan.Glikozidlarning sistolik ta’sir mexanizmlari hali oxirigacha aniqlanmagan.Biroq bir necha ilmiy isbotlangan gipotezalar borki,ular glikozidlarning yurak mushak membranalarida joylashgan Na,K ATF-azoga ta’sir bilan. Na-ATF-azo hujayralarning sitoplazmatik membranasida joylashib ,Kva Na ionlarini tashuvchi ferment hisoblanadi.Yurak glikozidlari shifobaxsh miqdorda ferment faolligini kammaytiradi,kaliy ionilarining soni esa kamayadi.
- Hujayralar ichida Na ionlari oshgani tufayli ulardan tashqari joylashgan Ca ionlari bilan almashinuvi ham oshib boradi,bunga javoban sarkoplazmatik retikulumdan qo’shimcha Ca ajraladi,erkin kalsiyning umumiy miqdori sarkoplazmada ko’tariladi.Kalsiy ionlari tropomiozin,troprain oqsillari bilan birikib,ularni qisqaruvchi oqsillarga nisbatan tormozlovchi ta’sirini bartaraf qiladi, miozinning ATF-aza fermenti faoligini oshiradi, shuning uchun miokardning qisqarishiga kerak bo’lgan ATF hosil bo’ladi, aktin bilan miozin bog’lanib ,qisqarish oqsili – aktomiozinni hosil qiladi, sistolaning kuchi oshadi, davomiyligi qisqaradi.
- 2.Musbat tonotrop ta’sir :sistolaning kuchayishi yurakning qisqaruvchanligi, ayniqsa,yetishmovchiligi tufayli kengaygan, bo’shashgan yurak mushaklarning umumiy tonusini oshiradi.Yurak qorinchalarida qoldiq qon kamayib,a’zoning umumiy o’lchami kamayadi.Kuchli sistola hamda musbat tonotrop ta’sir tufayli yurakning zarbali va minutli hajmi oshadi.
- 3.Manfiy xronotrop – diastolik ta’sir: glikozidlar diastola davomiyligi uzaytiradi, yurakning urish tezligi kamayadi. Kuchli sistola vaqtida qon yurakdan, katta kuch bilan chiqib aorta yoyida joylashgan barotetseptorlarini ta’svirlaydi, shu yerdan impulslar vagus markaziga o’tib,uning oxirida mediator atsetilxlorin ajralishini oshiradi, astetilxlorin esa yurak urish tezligini kamaytiradi.Glikozidlar bevosita yurakda joylashgan vagus retseptorlariga tavsir ko’rsatib , kardio – kardial reflrks ham bradikardiya paydo qilishi mumkin. Yosh bolalarda (3yoshgacha) vagus yaxshi rivojlanmagan bo’lgani uchun yurak glikozidlari ularda yurak urushi tezligini kamaytirmasligi ham mumkin. Agar chaqaloq bolalarda yurak glikozidlari yuborilgandan keyin yurakning urish tezligi sekinlashsa, moddalarning zaharli ta’siri boshlanganidan dalolat beriladi.
- Diastolaning uzayishi yurakning qon va oziq moddalar bilan ta’minlashiga, keyingi bo’lidigan kuchli sistolaning yuzaga chiqishiga sharoit yartib beradi,-EKG da T-R, R-R oralig’I uzayadi.
- 4. Manfiy – dromotrop ta’sir.Glikozidlar yurakning o’tkazuvchan sistemasiga bevosita ta’sir ko’rsatib, impulslarning atrioventrikulyar tugunchadan, Giss bog’lamidan o’tishida tormozlaydi. Yurakning o’tkazuvchan sistemaga bo’lgan ta’siri vagus orqali ham kelib chiqishi mumkin EKGda –Q oralog’ida ozroq cho’ziladi.
- 5.Glikozidlar miqdori oshganda musbat – yurakni o’tkazuvchan usulini ,miokardning qo’zg’aluvchanligini oshiradi,qo’shimcha geterotrop o’chog’lar – aritmiya paydo bo’ladi.
- 6. Yurak mushaklarining metabolizimiga ta’siri:
- Glikozidlar uglevod, oqsil, lipid moddalar almashinuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yurak mushaklarida glikogen, ATF, KF miqdori oshib , energiya bilan yaxshi ta’minlanadi. Yurakning kuchi ortib borsa ham, kislorodga ehtiyoji oshmaydi, yurak kislorodni kam sarf qilgan holda o’z faoliyatini oshiradi.
- Yurak yetishmovchiligida glikozidlar yurakning qisqarish kuchini, zarbani va minut hajimini oshiradi, butun organizmda gemodinamikani narmallashtiradi,venalarda qonning turib qilishi o’tib ketadi, ularda gidrostatik bosim kamayadi,to’plangan suyuqlik – shishikar yo’qoladi. Qon bosim deyarli o’zgarmaydi, chetda joylashgan qon tomirlarning umumiy qarshiligi pasayadi, a’zolarning, kislorod bilan ta’minlanishi oshib boradi.
- Yurak glikozidlari moddalar almashinuviga ijobiy ta’sir ko’rsatib, jigar faoliyatini takomillashtiradi.Glikozidlar diurezni – siydik ajralishini oshiradi, buni bir tarafdan ularning bevosita buyrakka ta’sir etishi bilan tushuntirish mumkin – buyrak kanalchalarida Na ionlarining qayta so’rilishiga to’sqinlik qilib, Na va u bilan suyuqlikni organizmdan chiqishini oshiradi. O’pkada ham gemodinamika yaxshilanadi, shu tufayli gaz almashinuvi ham asli holiga keladi.
- Yurak glikozidlari markaziy nerv sistemasiga tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsadi, qo’zg’aluvchanlik va tormozlanish jarayoni normallashadi.
e’tibor uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |