Yurak kasalliklarini tashxislash va davolash


Yurakni davolashning umumiy qoidalari


Download 19.47 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi19.47 Kb.
#213109
1   2   3   4
Bog'liq
6 маъруза ибн сино

Yurakni davolashning umumiy qoidalari

Bu tuproqda faqat tib kitoblarida aytilishi kerak bo'lgan qoidalarga amal qilib o'tamiz: yurak boshqaruvchi a'zo va hamma boshqaruvchi a'zolarning eng birinchisi va eng muhimi bo'lgani uchun, uni dorilar bilan davolashdagi dadillik, yurak xiltini bo'shatmoqchi bo'lsak ham yoki mizojini almashtirmoqchi bo'lsak ham ehtiyotlik bilan ish olib borish kerak.

Tomirlardan qon olib bo'shatishga kelsak, biz u bilan davolashga kirishganimizda tozalovchi boshqa tadbirlar bilan qo'shib qilishga ehtiyoj sezmaymiz, balki bizga ko'proq lozim bo'ladigan narsa unday bo'shatishni haddan tashqari qo'llab, kasalning quvvatini tushirib yubormaslik va agar quvvat ozgina susayib yurakning sovuq yoki issiq mizoji sababli kuchsizlanganda uni ko'taruvchi narsalar bilan kuchaytirish lozimdir. Bu faqat qon olishgagina tegishli emas, balki qon olishda garchi qattiqroq ehtiyot qilinsa ham, boshqa hamma bo'shatish tadbirlariga ham tegishlidir.

Qon olishdan boshqa tadbirlarni ishlatishga ehtiyoj qolmasligining sababi qon olishning yurakka borib tushadigan dori bilan bo'lmasligidadir; shu bilan birga yurakda bo'ladigan toliqishlarning ko'pi qon va bug'dan bo'lib, tomirdan qon olish har ikkalasining ham zararini qaytaradi. Agar to'liqlik qondan bo'lsa, o'ng bosliqdan, bug'dan bo'lsa, so'l boslikdan qon olinadi.

Dorilar bilan bo'ladigan bo'shatishlarga kelsak, bunda yuqorida aytilgan tadbirga boshqa tadbirlarni ham qo'shish kerak, chunki bo'shatuvchi dorilarning ko'pi badanga qarama-qarshi bo'lganidan, ularni yurak dorilari bilan birgalashtirish kerak. Yurak dorilari - o'z xossalari bilan yurakka quvvat beradigan dorilardir.

Yurak xiltini bo'shatishda ishlatiladigan dorilarga yurakka munosib bo'lgan taryoqli va bodzahrli dorilar aralashtiriladi. O'sha dorilarning ko'pi, hatto juda ko’pchiligi, boshqa tomondan ham foyda yetkazadi: ular bo'shatuvchi dorilarni yurakka o'tkazadi va yurakdan boshqaga o'tishdan qaytaradi.

Yurak mizojini almashtirishda sovuq, yo issiq, yo ho'l, yoki quruq mizojga almashtirish tadbiri ishlatiladi. Sovuq mizojni almashtirmoqchi bo'lsak, issiqlik dorilarni yurak issiqlik dorilari bilan aralashtirib ishlatamiz; shu bilan birga shu dorilarning yurak xiltini qattiq qo'zgatib yubormasligi ko'zda tutiladi, aks holda xilt yurak tanasini yel yoki shish paydo qiluvchi modda va boshqa narsalar bilan tortishtiradi.

Issiq mizojni almashtirmoqchi bo'lsak, sovutuvchi dorilarni ishlatish bilan chegaralanmaymiz. Chunki yurakning yaratilishiga sabab bo'lgan modda, ya'ni yurakka quyiladigan ruh moddasi issiq modda bo'lib, uning issiqligi badanga zararli haroratdan boshqa bo'lgan tug'ma haroratdir.

Yurak mizojining issiqda aynib buzilishi sababli shu ruh moddasida kamayish, tarqalish, tutunsimon bo’lish va xiralanish paydo bo'ladi; shu paytda yurak tanasiga o'zining issiqligi bilan, to'g'rirog'i issiqlik birgalashib keluvchi alohida xususiyati bilan tug'ma issiqlikni kuchaytiruvchi issiq dorilar bilan aralashmagan biror so'ndiruvchi dori borib tushaversa, u tarmoq, ya'ni yurak tanasiga foyda qilsa ham aslga, ya'ni ruhga zarar qilishi mumkin.

Yurak tanasining issig'ini mo'tadillashtirish bilan birga ruhning issiqligi zararlansa, uning foydasi nima bo'lar cdiki, shuning uchun qadimgi olimlarning ichida yurakning buzilgan issiq mizojiga va u mizoj sababli paydo bo'ladigan kasalliklarga davo ishlatishda sovuqlik dorilarni issiqlik dorilarga aralashtirmasdan ishlatganlari uchramaydi. Chunki ular, faqat kuchli bo'lsa, sovituvchini isituvchidan ajratib sovituvchi dorilarni yurakka, isituvchilarni esa ruhga yetkazishiga va natijada, yurakning harorati mo'tadil bo'lib, ruhning harorati oshishiga ishonganlar.

Ular govzabon kabi o'z xossasi bilan ruhni kuchaytiradigan va mo'tadil yoki mo'tadillikka yaqin dorini uchratganlarida undan ko'p foydalanganlar; ammo tabiat kuchsiz bo'lsa, hech bir tadbir foyda qilmaydi.

Qadiingi tabiblar goho sovuqlik yurak dorilari moddasining og'irligi, singishining kamligi, tabiatning singishga emas, to’xtab qolishga moyilligini bilganliklaridan yurak issiqlik dorilarini ishlatishga muhtoj bo'lganiar, ularni birgalashtirib olib o'tadigan yurak issiqlik dorilari bilan aralashtirib ishlalganlar, shunda ular tabiatning sovituvchi dorilarni yurakka yctkazishiga yordamlashadi. Masalan, ular za’faronni kofur kulchalarining hamma tarkiblariga aralashtiradilar, shunda boshqa qo'shimchalarni za’faron yurakka o'tkazadi. So'ngra tabiiy kuch za’faronni yurakdan qaytarib. ruh bilan mashg'ul qiladi; sovuluvchilardan esa yurak mizojini mo'tadil qilish uchun foydalaniladi. Bunday qilish nuqul sovutuvchi dorilarni ishlatib, keyin ularning yo'l boshida to'xtab qolib, o'ta olinay turishlaridan ko'ra foydaliroqdir. O'zi bilmasdan, qadimgilarning xatosini tuzataman deb, kofur kulchalariga za’faronni qo'shmaydigan tabiblar kofur kulchalarining foydasini kamaytirib qo'yadilar.

Yurak issiq mizojiga qarshi ho'l mevalarning qaynatib quyultirilgan shiralarini. ayniqsa shorn olmasining va bchining suvini ichirish bilan ham davo qiladi; ular juda yaxshi davo hamda yurakni kuchaytiruvchilarga qo'shiladigan so'ndiruvchi suyuq va quyuq surtma dorilar bilan davo qilinadi. Agar mizoj buzilishining sababi modda bo'lsa, bo'shatiladi.

Ma'jun dorilar bilan, rayhoniy sharob, mo'tadil badantarbiya!ar, yurakka ishlatiladigan issiqlik, xushbo'y quyuq va suyuq surtma dorilar bilan va hazm bo'ladigan miqdordagi issiqlik ovqatlar bilan davolanadi. Mizoj buzilishining sababi modda bo'lsa, bo'shatiladi. Yurakning mizoji buzilgan quruq. Mizojini ho'llovchi ovqatni ko'p yedirish, so'ngra hammomga tushirish, vanna qabul qildirish, dam olish, kam harakat qilish, tinchlik va sovuq suv ichirish bilan davolash kerak.

Buzilgan mizojda sovuqlik bo'lsa, juda sovuq bo'lgan suvdan saqlaniladi; ovqat va ichimliklar mo'tadil miqdorda bcriladi, issiq ovqatdan keyin ko'proq uxlatiladi. Sabab modda bo'lsa, uni bo'shatiladi.

Yurakning buzilgan ho'l mizojini esa yengil ovqat kirituvchi dorilarni ishlatish, mo'tadil badantarbiyalarni ketma-ket va ko'p qilish bilan davolanadi; modda sabab bo'lsa, uni bo'shatiladi; ko'pincha ovqatdan ilgari badantarbiya qildiriladi, hammomga va issiq buloq suvlariga tushiriladi, issiq suvga ko'p tushib turiladi, surgi dorilar, siydikni haydovchi dorilar iste'mol qilinadi, kuchli va rayhoniy xushbo'y sharobdan oz-oz iste'mol qilib turiladi va yaxshi kaymusli ovqatlardan ko'p emas, oz miqdorda iste'mol qildiriladi.

Agar u mizoji issiq bo'lsa, hammomdan saqlaniladi, jinsiy aloqani cheklanilmaydi. Mizoj buzilishining sababi ho'l yoki issiq. Modda bo'lsa, uni bo'shatiladi.


Download 19.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling