Yurak qon tomir tizimi. Puls ya`ni nabzning hosil bo`lishi, uning sodda va murakkab sifatlari to`g`risida
Download 21.09 Kb.
|
12.Yurak qon tomir tizimi
Yurak qon tomir tizimi. Puls ya`ni nabzning hosil bo`lishi, uning sodda va murakkab sifatlari to`g`risida Tabiiy bo`lmagan mizojlarning dalillari yurak kasalliklarini bildiruvchi byelgilardandir. Kuchning zaifligi va ketishii, sirtki yoki dastlabki biror sababdan yoki boshqa a`zoning hamkorligidan bo`lmagan ozish yurak mizojining buzilganiga byelgi bo`ladi; agar shu holda xafaqon ham paydo bo`lsa, byelgi tula-tekis bo`ladi, agar u xushdan ketishiga borib takalsa, mizoj buzilganligi kuchaygan bo`ladi. Yurakda moddasiz sovuq yo issiq, yoki quruq, mizoj buzilishi kuchaysa, badan sillik va ozish yo`liga kiradi, buzilgan mizoj issiq bo`lsa, umuman ingichka og`riq kasaliga uchraydi, sovuq bo`lsa, ingichka og`riqning keksa va juda karib zaiflashib ketgan kishilarda bo`ladigan bir turini kyeltirib chikaradi, quruq bo`lsa, sil va ingichka og`riq kasalliklarini kyeltirib chikaradi; bu sil o`pkadan bo`ladigan sildan boshqacha bo`ladi, chunki bunda o`pkaning uzi zararlanmaydi, bunga yo`likdan kishida yo`tal ham bulmaydi, issigi yo`qligidan issiq ingichka og`riq kasalligidan ham boshqacha bo`ladi Yurakdagi buzilgan issiq mizojning byelgisi: tomir urishining tezligi va ketma-ketligining tabiiylikdan ortib ketishii, nafasning odatdagidan kura ko`proq tez va ketma-ket bo`lishi, sovuq havo bilan tuxtaydigan kuchli tashnalik, salkindan roxatlanish, boshqa biron sababsiz badanning umumiy ozishi va yerishi, alangalanish bilan birga bo`lgan g`amginlik va bexuzurlikdir. Buzilgan sovuq mizojning byelgisi tomir urishining odatdagidan kura kichikligi, sustligi va siyrakligidir; lekin quvvati tushib boshqa yo`l bilan koplanmagan xojatni koplash uchun ketma-ket nafas olishga majburiyat paydo bo`lsa, u byelgi bulmaydi. Yana nafas olishning kuchsizlanishi, quvvatning tarkalishi, isitadigan turli narsalarga tekkanda, ularni xidlaganda va tatiganda roxat topish; shuningdek chuchiydigan bo`lishlik, qo`rqoqlik, xaddan tashqari yumshoqlik va ko`ngilchanlik ham buzuk sovuq mizojning belgilaridandir. Buzilgan ho`l mizojning byelgisi tomir urishining odatdagidan kura yumshoqligi, ruhga ta`sir qiluvchi narsalardan tez ta`sirlanish va ta`sirning tez ketishii, xiltlarning xidlanishidan bo`ladigan isitmalarning ko`p bo`lishidir. Buzilgan quruq mizojning byelgisi tomir urishining odatdagidan kura quruqligi, ta`sirlanishning qiyinligi, ta`sirlanishning kuchli yoki kuchsiz bo`lsa ham uzok vaqt kolishi va badanning ozishidir. Yurakda bo`ladigan shishlarning belgilariga kelsak, ularning ba`zilari issiq shishlarning belgilaridan iborat, ularning boshlanish paytida tomir urishida kizik va odatdan tashqari notekislik yuz buyuradi, badanda, ayniqsa nafas a`zolariga byeriladigan alanga zurayadi. Nafas oluvchi kishi eng sovuq havoni burun orqali mumkin qadar ko`p tortsa ham , nafas olmayotgandek bo`ladi, so`ngra uning ketidan bir necha bor xushdan ketishilik yuz buyuradi. Yurakdagi issiq shishlarning xolatini aniqlashda boshqa shunga o`xshash kasalliklarda bo`ladigan tomir urishining qattiqligi kabi byelgini ko`tish kerak emas. Chunki yurak shishi tomir urishining qattiqlashuvigacha borib etmaydi, balki undan oldin uldiradi. Yurakda uzluksizlikning buzilganligi esa sirtda bo`ladigan sabablar orqali bilinadi. Ba`zi tabiblarning aytishicha, yurakda yara paydo bo`lsa, kishi uladi, uning byelgisi chap so`t bezi tugmachasining ogrishidir. Download 21.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling