Yurak qon tomir tizimi. Puls ya`ni nabzning hosil bo`lishi, uning sodda va murakkab sifatlari to`g`risida


Ibn Sino ta`limotiga asosan yurak kasalliklarining klassifikastiyasi


Download 21.09 Kb.
bet3/4
Sana06.04.2023
Hajmi21.09 Kb.
#1332539
1   2   3   4
Bog'liq
12.Yurak qon tomir tizimi

Ibn Sino ta`limotiga asosan yurak kasalliklarining klassifikastiyasi:

I. Yurakning sodda kasalliklari:


1) yurakning mizoj buzilish kasalliklari
A) Yurakning moddasiz mizoj buzilish kasalliklari (NSD, kardionevroz)
B) Yurakning moddali mizoj buzilish kasalliklari (gipyertoniya, gipotoniya)
2) Tarkib kasalliklari:
A) yurakning hajm buzilish kasalliklari
-yurakning kattalashishi bilan kechadigan kasalliklar (dilyatastion kardiomiopatiyalar, yurak qorinchalarining gipyertrofiyasi bilan kechadigan kasalliklar, yurak anevrizmalari).
-yurakning kichiklashishi bilan kechadigan kasalliklar (tizimli kasalliklardagi chandikli uzgarishlar).
B) Yurakning tuzilish kasalliklari:
- oqim yo`llari kasalliklari (yurak - qon tomirlarining kengayishi yoki torayishi, atyerosklyeroz kasalligi)
V) yurakning son adad yoki miqdor kasalliklari
-yurakning turli xildagi tug`ma nuqsonlari

3)Yurak uzluksizligining buzilish kasalliklari


-infarq tdan keyingi kardiosklyeroz
-yurak tamponadalari
-yurak travmalari
II. Yurakning murakkab kasalliklari:
-yurak yetishimovchiligi, yurak astmasi, o`pka shishi
-pyerikarditlar
-infekstion endokardit va miokardit
-orttirilgan yurak nuqsonlari
-to`satdan Qoronar o`lim
-stenokardiya
-miokard infarq ti
-yurak aritmiyalari


Yurak axvolini bildiruvchi dalillar
1.Tomir urishi- puls (nabz)
2.Nafas olish harakteri
3.Ko`krak qafasining tuzilishi
4.Ko`krakdagi mo`ylar
5.Terini ushlab ko`rgandagi xolati, badanning xolati
6.Inson ho`lki
7.Turli xayollar
8.Badanning kuchli yoki kuchsizligi


Tomir urishi
- Puls tez va ketma-ket bo`lsa – yurak mizoji issiqligini, uning aksi esa yurak mizoji sovuqligini bildiradi.
- Puls yumshoq bo`lsa - yurak ro`tubatli bo`ladi
- Puls qattiq bo`lsa – yurak quruq bo`ladi
- Puls kuchli, tekis, tartibli bo`lsa – yurak sog`lom bo`ladi
- Puls kuchsiz, notekis bo`lsa – yurak nosog`lom bo`ladi.

Nafas olish issiq bo`lsa, yurak mizoji issiq, sovuq bo`lsa mizoji sovuq bo`ladi.


Ko`krak qafasi keng, bosh kichik yoki o`rtacha bo`lsa puls kuchli bo`lsa, yurakning
mizoji issiq bo`ladi. Ko`krak qafasi keng bo`lib, bosh kichik bo`lmasdan, puls kuchsiz
bo`lsa, yurakning mizoji sovuq bo`ladi. Ko`krak qafasida muylar asosan jingalak
bo`lsa, yurak mizoji issiq, mo`ysiz yoki kam bo`lsa, yurakning mizoji sovuq bo`ladi.
Bo`tunbadan issiq bo`lsa, yurak mizoji issiq, sovuq bo`lsa yurak mizoji sovuq
bo`ladi.
Badan qattiq bo`lsa, yurak mizoji quruq, yumshoq bo`lsa yurak mizoji ro`tubatli
bo`ladi.

Hulq
-tabiiy g`azablanish, botirlik, jasurlik va engil Harakat qilish yurak mizojini


issiqligini bildiradi
- uning aksi yurak mizoji sovuqligini bildiradi.
- badan kuchli bo`lsa yurak kuchli, sog`lomligini (tabiiy mizoj mo``tadilligini)
bildiradi.
- badan kuchsiz bo`lsa yurak kuchsiz va nosog`lomligini (mizoj buzilganini) bildiradi.

Turli xayollar: shodlik, yaxshi umidga moyillik, yurak mizojini issiq va ro`tubatliligini; qo`rqish, g`amginlikka moyillik yurak mizojining sovuq va quruqligini bildiradi.





Download 21.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling