Yurak qon tomir tizimi. Tekshirish usulari. Yurak tonlari norma va patalogiyalari


Download 13.49 Kb.
bet1/3
Sana17.11.2023
Hajmi13.49 Kb.
#1782354
  1   2   3
Bog'liq
Yurak qon tomir tizimi. Tekshirish usulari. Yurak tonlari norma -fayllar.org


Yurak qon tomir tizimi. Tekshirish usulari. Yurak tonlari norma va patalogiyalari

Yurak qon tomir tizimi. Tekshirish usulari. Yurak tonlari norma va patalogiyalari.


  • Yurak — odam va hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi markaziy aʼzo, u doim bir xilda qisqarishi (sistola) tufayli qonni qon aylanish sistemasi boʻylab haydab beradi va uni venalar orqali qaytib kelishini hamda arterial qon tomirlardagi harakatini taʼminlaydi.

  • YU.ning qiyosiy morfologiyasi. Yu. qon tomirlari sistemasi toʻla rivojlangan hayvonlarda boʻladi. Tuban darajali hayvonlardan yomgʻir chuvalchangida Yu. vazifasini halqasimon tomirlar, daryo qisqichbaqasida yurak va yurak atrofidagi boʻshliq sinuslari bajaradi. Koʻpchilik mollyuskalar yuragi yaxshi rivojlangan, 2 boʻlmacha va qorinchadan iborat, u faol qisqarish xususiyatiga ega. Ularda Yu. tomon yoʻnalgan venoz qon yurak sinuslariga, soʻngra uning jabrasiga yoʻnaladi. U yerdan kislorodga boyib yurak oddi sinusiga tushadi va yurakka oʻtadi. Yu. qorinchasi qisqarishi natijasida qon hayvon tanasi boʻylab tarqaladi. Xordalilardan lansetniklarda Yu. vazifasini qorin aortasi bajaradi.

Suvda va quruqlikda yashovchilarda Yu. 3 kamerali — 2 boʻlmacha va qorinchadan; sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar yuragi 4 kamerali — 2 boʻlmacha va 2 qorinchadan iborat. Odam yuragi 4 kamerali: 2 ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, konus shaklida, asosi orqaga, yuqoriga va oʻng tomonga, uchi (choʻqqisi) pastga, oddinga va chap tomonga qaragan. Yu. oldingi pastki koʻks oraligʻi sohasida joylashib, ikki yon tomondan oʻpka va plevra xaltalari oldingi toʻsh suyagi va qovurgʻa togʻayiga tegib turadi. Yu. yuqoridan va orqadan qon tomirlar, pastdan diafragma pay markazi bilan mustahkamlanib turadi. Yu.ning holati hamma odamlarda bir xil boʻlmay, u kishining yoshi, jinsi, gavdasining vaziyati va tuzilishiga ham bogʻliq. Jumladan, yangi tugʻilgan bolalarda Yu. yumaloq shaklda boʻlib, diafragma gumbazi balandroq koʻndalang va yuqoriroq joylashgan, ayrisimon bez uni toʻsh suyagidan ancha orqa tomonga surib turadi.


  • Suvda va quruqlikda yashovchilarda Yu. 3 kamerali — 2 boʻlmacha va qorinchadan; sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar yuragi 4 kamerali — 2 boʻlmacha va 2 qorinchadan iborat. Odam yuragi 4 kamerali: 2 ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, konus shaklida, asosi orqaga, yuqoriga va oʻng tomonga, uchi (choʻqqisi) pastga, oddinga va chap tomonga qaragan. Yu. oldingi pastki koʻks oraligʻi sohasida joylashib, ikki yon tomondan oʻpka va plevra xaltalari oldingi toʻsh suyagi va qovurgʻa togʻayiga tegib turadi. Yu. yuqoridan va orqadan qon tomirlar, pastdan diafragma pay markazi bilan mustahkamlanib turadi. Yu.ning holati hamma odamlarda bir xil boʻlmay, u kishining yoshi, jinsi, gavdasining vaziyati va tuzilishiga ham bogʻliq. Jumladan, yangi tugʻilgan bolalarda Yu. yumaloq shaklda boʻlib, diafragma gumbazi balandroq koʻndalang va yuqoriroq joylashgan, ayrisimon bez uni toʻsh suyagidan ancha orqa tomonga surib turadi.

  • Keyinchalik 1—3 yoshda Yu. qoʻndalang vaziyatini oʻzgartiradi va katta odamlarda koʻrilganidek, qiyshiq holatda joylashadi. Yu.ning oʻrtacha ogʻirligi erkaklarda 300 g , ayollarda bir oz kamroq (220—250 g). Yu.ning uzunligi oʻrta yoshdagi odamlarda 13—15 sm, eng serbar qismi (koʻndalangiga) 9—11 sm, oldingi sathi bilan orqa sathining uz. 6—7 sm. Yu. tashqi yuzasining oʻtkir (oʻng) va oʻtmas (chap) chekkalari uni orqa, old tomondagi yuzalarga ajratib turadi. Har bir odam yuragining kattaligi oʻzining oʻng mushtidek keladi. Oʻrta yashar odamning yuragi bir minutda oʻrta hisobda 70—75 marta, bir sutkada 100000 marta qisqara oladi. Bu esa 20 t yukni 1 m balandlikka koʻtarish kuchiga teng .

  • YU.ning ustki chegarasi III qovurgʻa togʻayining toʻsh suyagiga yopishayotgan joyidan oʻtkazilgan gorizontal chiziqqa goʻgʻri keladi.

Download 13.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling