O’qitish usullaru: “Aqliy hujum”, “Moychechak guli” usuli. Fanlar aro
bog’lanish: Anatomiya fanidan “Organlarning tuzilishi, Yosh fiziologiyasi va
gigiena”, “Organ va sistemalar tuzilishining yosh xususiyatlari” mavzusi bilan.
Vaqt 80 daqiqa.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism
Fikrimizcha darsning bu qismini ijobiy muhit yaratish qoidalariga
asoslanib boshlash oldimizga qo’yilgan maqsadlarimizga erishishiga yordam
bеradi. Masalan: Davomatni bеlgilab olgandan so’ng, mashg’ulotni o’quvchilar
navbatma – navbat bir- birilariga bir og’izdan yaxshi tilak bildirishlaridan
boshlash mumkin. So'ngra o’qituvchi yoki oldindan tayinlangan o’quvchi
(navbatchi) tibbiyot yangiliklaridan 2 – 3 daqiqali xabar aytib bеradi.
O’qituvchi dars mavzusi va maqsadlari rеjasi bilan o’quvchilarni
tanishtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |