Davolash va oldini olish. O’t sanchig’ining xurujida bemorga orom beriladi
va teri ostiga morfin, omnopon yoki promedol yuboriladi. Ba’zan morfin atropon
bilan birga inyeksiya qilinadi. Jigar sohasiga iliq kompress yoki grelka qo’yiladi.
Penitsilin, streptomitsin, monomitsin, oleandomitsin, oletitrin kabi antibiotiklar
yaxshi natija beradi. Ba’zan eufillin bilan glyukozani qo’shib, ehtiyotlik bilan venaga
yuboriladi. Yurak faoliyati susaygan taqdirda kordiamin, koffein, kamfaralarning biri
inyeksiya qilinadi. Teri holatiga alohida e’tibor berish zarur.
Ovqat va suyuqlik ham bemor ahvoliga qarab maromida beriladi. (№5 va №6
stol). Ich qotib ketsa, magneziy sulfat eritmasidan surgi qilinadi. Keyingi davolash
choralari gepatit va xolesistitdagi kabi. Og’riq xurujlari orasida bemorga o’simlik va
sut mahsulotlaridan tayyorlangan parhez taomlar buyuriladi. Ichak faoliyati nazorat
qilib turiladi. Ishqoriy suvlar (Borjomi, Essentuki) mineral xolesistitni
davolashdagiga o’xshash bo’lib, bemor kurortlarda (essentuki, Borjomi) davolanadi.
Agar o’t sanchig’i tez-tez takrorlansa, xirurgga murojaat qilish kerak. Xolesistit va
xolangitni o’z vatida davolash, ichakning normal ishlashi, parhezga rioya qilish o’t
toshi kasalligini oldini olishning muhim omillaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |