diabetni davolashda insulin dozasini oshirib yuborish natijasida paydo bo’ladi.
Kasallik to’satdan boshlanishi bilan xarakterlanadi. Bemor o’zida ochlik sezadi.
Umumiy darmonsizlik, terlash, oyoq-qo’l, badan titrashi, yurakning qattiq va tez-tez
urishi, arterial bosimning pasayishi, puls tezlashishi, qonda qand kamayib ketishi kabi
holatlar kuzatiladi.
Gipoklikemik komaning diabetik komadan farqi: 1) gipoglikemik koma
to’satdan paydo bo’ladi; diabetik komada qon va siydikda asta-sekin qand ko’payadi
va bemor siydigi bilan atseton tanachalari ajraladi, gipoklikemik komada esa bu
belgilar kuzatilmaydi (qon va siydikda qand bo’lmaydi.). bemorga tezda yengil hazm
bo’ladigan uglevodlar: 30-50g qand, murabbo, asal, konfetlar, pechenyelar beriladi.
Bemor hushudan ketgan bo’lsa, venaga 2040 ml 40% li glyukoza eritmasi inyeksiya
qilinadi. Bundan tashqari, teri ostiga 0,01 normaga kelishiga imkon beradi.
Gipoklikemik koma tez orada o’tib ketishi mumkin. Agar gipoklikemik komani
diabetik koma bilan almashtirib yuborib, bemorga insulin berilsa, u halok bo’lishi
mumkin. Shuning uchun hamshira insulin oluvchi bemorlar ahvolini diqqat-e’tibor
bilan kuzatib borishi, gipoklikemiyaning dastlabki belgilari ko’rinishi bilanoq
vrachga xabar berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: