Asoratlar. Me’da va o’nikki barmoq ichak yarasidan qo’yidagi asoratlar
qoladi: ichakdan qon ketadi, yara teshiladi, pilorus torayadi. Ba’zi hollarda me’da
raki kelib chiqadi.
I ch a k d a n q o n k e t g a n d a: bemor qon qusadi, rangi oqaradi, boshi
aylanadi, temperaturasi pasayadi, pul’si tezlashadi va hushdan ketadi; axlati qoramtir
bo’ladi.
Ya r a t e sh i l g a n d a: qattiq og’riq tutadi, kollaps holati ro’y beradi, qorin
devori muskullari g’oyat taranglashadi, puls va temperatura pasayadi, qo’l-oyoq
soviydi va ko’z kirtayadi. Yaraning teshilish protsessi uning me’da yiko o’nikki
barmoq ichak seroz pardasigacha yetib borib, qorin bo’shlig’ida yorilishidan iborat.
Teshilish to’satdan tig’ urgandagi kabi og’riq bilan boshlanadi.
P i l o r u s t o r a y g a n d a: bemor qayt qiladi, nordon kekiradi, og’zi
bemaza bo’ladi, siydigi kamayadi, ichiqotadi, qusuq massasida ancha ilgari yeyilgan
ovqat qoldiqlari bo’ladi. Me’da muskullari zaiflashishi tufayli u kengayadi va pastga
tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |