Davolash va oldini olish. Parhez muhim o’rin tutadi. Bemor iste’mol
qiladigan taomlar kaloriyali, mineral tuzlar (ayniqsa kaliy, kalsiy va fosfor) ga boy
bo’lishi, tarkibidagi oqsil 150 g dan kam bo’lmasligi lozim. Pishloq meva sharbati,
oshlovchi moddali mevalar (chernika, behi, nok va boshqalar) iste’mol qilish tavsiya
etiladi. Kasallik zo’raygan davrda oziq mahsulotlari maydalangan holda beriladi.
Vitaminlardan B,C, B
12
nikotin kislota, riboflavin, folat kislota buyuriladi.
Organizmda suv kamayib ketsa, teri ostiga fiziologik eritma yuboriladi. Ich ketganda
antibiotiklar (levomitsitin, biomitsitin) sulfanilamidlar (sulgin, ftalazol) va
pankreatin, vismut preparatlari ichiriladi. Qon kamaysa, temir preparatlari askorbin
kislota bilan qoshib beriladi.
Enteritning oldini olish uchun birinchi navbatda ovqatlnish gigiyenasiga rioya
qilish: ovqatlanish oldidan qo’lni yuvish, oziq-ovqat mahsulotlari yangi va toza
bo’lishi, ularni yaxshilab chaynab yeyish kerak. Iste’mol etiladigan meva va
sabzavotlarni vodoprovot suvida albatta yaxshilab yuvish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |