Oldini olish va davolash. O’tkir kolitning oldini olish shaxsiy gigiyena
qoidalariga rioya qilishdan iborat. Oziq-ovqatni sanitariya qoidalariga rioya qilgan
holda saqlash, shuningdek zaharlovchi metallar, qo’rg’oshin va simob bilan ishlashda
texnika xavfsizligini ta’minlash choralarini ko’rish muhim ahamiyatga ega. O’rinda
yotish bemorni davlashning birdan-bir to’g’ri usulidir. Basharti, bemorning kasalligi
dizenteriya deb gumon qilinsa, darhol boshqa bemordan ajratish (izolyatsiya) lozim.
Antibiotiklar (tetratiklin, levomitsitin) va sulfanilamid preparatlari (ftalazol,
enteroseptol) beriladi, parhez buyuriladi. Kasallikning birinchi kunida bemorga
qandli issiq choy ichiriladi. Uchinchi kundan boshlab kisel va shunga o’xshash
yengil taomlar beriladi. Kasallik protsessi pasaygach, bemorga № 4 parhez stoli
buyuriladi. Og’riqni yo’qotish maqsadida qoringa grelka qo’yiladi. Kuchli tenezmda
to’g’ri ichakka turli davolash shamlari: anuzol, betiol kabilar qo’yiladi. Organizm
suvsizlanib qolsa, venaga tomchilab fiziologik etirma yuboriladi. Yurak faoliyati
susaysa,kamfara, kordiamin preparatlari inyeksiya qilinadi.
Xronik kolit yo’g’on ichakning yallig’lanishi natijasida funksiyaning
buzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |