Oldini olish va davolash. Kasallikning oldini olish birinchi navbatda turmush
sharoitiga, mehnat va ovqatlanish gigiyena qoidalariga to’la rioya qilishdan iborat.
Xronik kolik bilan og’rigan bemorlar uzoq vaqt kasalxonada davolanadi. Kasallik
belgilari yaqqol namoyon bo’lsa, № 4 parhez stoli buyuriladi. Bemorlarga asosan
yolg’iz go’shtli qaynatma sho’rva, kuniga bir dona tuxum, asidofilli sut, ezilgan
yangi tvorog, kuniga 40-50g sariyog’, oq non suxarisi, manniy bo’tqasi, kisel,
smorodina va boshqalar beriladi. Taomlar C vitaminga boy bo’lishi kerak. Bemor
kuniga 5 marta ma’lum soatlarda ovqatlanishi kerak.
Dori-darmonni to’g’ri ichak orqali klizma qilish yaxshi natija beradi.bunda
marvaridgulning qaynatmasiga kraxmal qo’shib klizma qilinadi. Bundan tashqari,
ichni raon keltirish va og’riqning oldini olish maqsadida turli moyli klizmalar ham
buyuriladi. Subakval vanna, har xil fiziterapevtik protseduralar (balchiq
applikatsiyasi, elektroterapiya, xvoy vannasi) yaxshi netija beradi. Allergik kolitda
bemorlrga dimedrol, pipolfen ichiriladi. Gormonal preparatlardan AKTG,
prednizolon beriladi, qon quyiladi. Antibiotiklardan livomitsitin, biomitsin,
sulfnilamidlardan sulgin, ftalazol buyuriladi. Dori foyda bermasa, ayrim hollarda
operatsiya qilinishga tog’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |