O’tkir enteritni davolash. Kasallikning kelib chiqishi sabablariga qara davo
qilinadi. Bemor o’rinda yotishi kerak. Dastlab me’da yuviladi. So’ngra klizma qilib,
ichi tozalanadi. Ichakdagi yallig’lanish belgilarining oldini olsh maqsadida bemorga
sulgin, ftalazol beriladi. Antibiotiklardan levomitsitin yaxshi foyda beradi. Teri
ostiga koffein va kordiamin, kasallikning og’ir formasida fiziologik eritma yoki, 5%
li glyukoza eritmasi yuboriladi. Basharti tirishish holati ro’y bersa, venaga osh
tuzining 10% li eritmasidan inyeksiya qilinadi. Og’riq qattiq bo’lganda atropin
yaxshi natija beradi. Dastlabki ikki kun davomida bemor och qoldirilib, faqat shirin
ichimliklar berib turiladi. Keyingi 2-3 kun davomida quruq xo’rda, quyuq sho’rva,
yog’siz ovqatlar beriladi. Ayni vaqtda vitaminlar ham beriladi. Bemorga beriladigan
osh tuzi miqdori 5-6 g dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |