Yuridik faoliyatda muloqot


Muloqot jarayonida psixologik aloqani o`rnatish va rivojlantirish taktikasi


Download 0.76 Mb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1521450
1   2   3   4
Bog'liq
Isroilov Husniddin

Muloqot jarayonida psixologik aloqani o`rnatish va rivojlantirish taktikasi.

  • Muloqotning muvaffaqiyatli bo`lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo`lsa (xushmuomalaliliq, kamtarlik, insonparvarlik, to`g`ri so`zliliq, vijdonliliq kabilar) muloqot jarayoni ham yaxshi o`tadi. Chunki shaxslar bir-birini to`g`ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo`lishi uchun ular samimiy bo`lishlari lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo`lib, voqea-hodisalarga oqilona munosabatda bo`lish, turli ta`sirlarga berilmaslikdir. Samimiylikning muhim belgisi - bu yuzdagi xushmuomalalik ifodasi va tabassum. Samimiylik bizning kayfiyatimizga ham bog`liq, chunki kayfiyatimiz yaxshi bo`lsa, samimiylik kuchayadi. Samimiylik ko`rsatish uchun kishining ko`ngli toza, oqko`ngil bo`lish lozim. Samimiylik fazilati ayniqsa rahbarning xodimlari bilan qiladigan muloqotida muhimdir.

Guvoh va jabrlanuvchilar, shubhalanuvchi va ayblanuvchilardan kerakli ma`lumotlarni olishning psixologik xususiyatlari.

  • Bizga zarur ma`lumotlarni bilib olishning ikkita asosiy yo`l - yo`rig`ini ko`rsatish mumkin. Birinchisi - subyektni yurist uchun qiziqarli bo`lgan faktlarni beixtiyor tilga olishga moyil etish.
  • Ikkinchisi-bizni qiziqtirayotgan shaxsga tegishli axborotni mujassam etgan ixtiyorsiz jismoniy va ekspressiv xatti-harakatlarga mayl uyg`otish. Birinchi usulni shartli ravishda nutqli reproduktiv deb atash mumkin.
  • Guvoh, jabrlanuvchi va ayblanuvchini huquqshunosga zarur ma`lumot berishga qo`zg`atuvchi bir qator usullar mavjud. Manfaatdor subyektning xotirasida muayyan obrazlarni uyg`otuvchi hamda ixtiyorsiz mulohazalarni aytib yuborishga qo`zg`atuvchi konkret predmetlarning namoyish qilinishi. Misol uchun fotosurat, fotoapparat, fotoishiga oida qog`ozlar, bular suhbatga turtki berishi mumkin.

Suhbatda turdosh mavzudan foydalanish. YA`ni birdaniga gangitadigan savollar bermasdan, ikkinchi darajali savollar orqali asosiy savolga o`tish va unga javob olish darkor.

  • Suhbatda turdosh mavzudan foydalanish. YA`ni birdaniga gangitadigan savollar bermasdan, ikkinchi darajali savollar orqali asosiy savolga o`tish va unga javob olish darkor.
  • Bevosita, to`g`ridan - to`g`ri, lekin yetarli darajada motivlashgan savollarni ko`ndalang qo`yish.
  • Muloqot mobaynida bizni qiziqtirayotgan subyektda muayyan ruhiy holatni shakllantirish yo`li bilan uni tegishli suhbatga undash.
  • Bizni qiziqtirayotgan subyektning jinoiy xatti-harakatlariga aloqador konkret predmetlarni namoyish etish.
  • Bir zumlik, kutilmagan, psixologik jihatdan ta`sirchan hayotiy holatlarni yaratish.
  • Odatdagi faoliyat sharoitini yaratish.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling