Юридик фаолиятнинг ижтимоий-психологик асослари
Download 103 Kb.
|
Yuridik faoliyatda muloqot
Birinchisi: Ichki ishlar kuchlari Shimoliy Osttiyaning favqulotda holat e'lon qilingan hududida avtomobil yo'lidagi nazorat punkitida xizmat olib borayotgan edi.
Avtomobillardan biri nazorat punktida qismning talabiga binoan to'xtamadi, shlagbaum tagidan o'tib katta tezlikda uzoqlashib keta boshladi. Qism rahbari Kolashnikov avtomatidan ogohlantirmay turib avtomobilga o'q uzadi, buning natijasida haydovchi halok bo'ladi, yo'lovchi esa militsiyaga olib kelinadi. Keyingi tekshirishlar natijasida avtomobilda taqiqlangan yuk yo'qligi, avtomobil esa yo'lovchi samolyotga kech qolayotganligi sababli to'xtamaganligi aniqlanadi. Ikkinchi hodisa xuddi shu kabi, shu tumanda bo'ladi, faqatgina farqi shundaki, haydovchi halok bo'lganidan keyin avtomobildan yashirilgan qurol va o'q dorilar borligi, haydovchi va yo'lovchi esa qamoqxonadan qochgan xavfli jinoyatchilar bo'lib chiqdilar. Ikkinchi holda ham ofetserlarning harakatlarini quroldan qonunda ko'rstilgan tartibdan rioya qilib qo'llanilgani hisobiga olib, faoliyat psixologiyasi nuqtayi nazaridan baholang. 3. Bir-biriga dushman bo'lgan professor Burov va dotsent Voronov Komuyev orolida ikkalasi birgalikda ovda bo'ladilar professor Burov chap ko'ziga ov pichog'i urilishidan o'ladi (sud tibbiy eksperti bu zarba «Inson kuchi bilan berilmagan» deb xulosa chiqaradi). Voronov tergovda shunday deydi; «bizning shunday o'zaro yomon munosabatlarimiz orolda yana ham keskinlashdi. Men bilmayman balki oxir oqibat o'zimni ushlab turolmay, bir vaziyatda o'zimni yo'qotib qo'yib men haqiqatdan ham professorni o'ldirishim mumkin edi, lekin men uni o'ldirmadim» keyin Burov qanday qilib o'lganini u gapirib beradi, ko'lning nargi qirg'og'ida turib u qarama-qarshi qirg'oqda turgan Burovni ko'rganini, to'satdan u turgan joydan o'q ovozini eshitilganini aytadi, yugurib kelib qarasa u chap ko'ziga pichoq urib o'ldirilganini, miltiq esa yonida yotganini ko'radi. Yaqin orada boshqa hech kim bo'lmagan. Savol: Rahbarlar va hamkasbiari obro'si baiand, ishonchli odam deb hisoblagan Voronovning aytganlariga ishonish mumkinmi yoki yo'qmi: ishning qaysi bir vaziyatlari, shu jumladan, Voronovning hikoyasidan ham vaziyatlar sizga psixolog- ekspertning e'tiboriga loyiqdek ko'rinadi (bu yerda haqiqiy hodisa tasvirlangan, sud Voronovni aybdor deb hukm chiqaradi, keyinchalik hukm bekor qilinib Voronov aybsiz deb topilib ozod etiladi) nima uchun Voronovni aybsiz deb topish mumkin bo'ldi, qachonki boshqa hech qanday yuqorida aytilgandek tashqari qo'shimcha ma'lumotlar bo'lmagan taqdirda? Voronovga nisbatan birinchi sud hukmini agarda psixologik ekspertiza qilish talab etilsa, siz qanday filer yuritgan bo'lar edingiz? Jabrlanuvchi ayol unga bosqinchilarning hujum qilgan joyidan boshqa hech narsani tasvirlay olmaydi, bu esa bir ko'chaning kichik ko'chalaridan birida bo'lgan edi. Tergovchi, jabrlanuvchi ko'rsatib bermoqchi bo'lgan hujum qilingan ko'chaga ayolni olib boradi (u balki ko'chani tanib qolar) haqiqatdan kichik ko'chalardan birini darvozasi va uning tagidagi axlat yashigidan darhol taniydi. Nima uchun ayol ilgari, tergovchi kabinetida ana shu belgilarni (davoza, axlat yashigi) tasvirlab bera olmaydi, ayolni hujum sodir etilgan joyga olib borar ekan nimaga ishongan edi. Guvoh jinoyatchilarni ayni qaysi kuni hovlida ko'rgani aniq sanasini eslab olmaydi. Uni guvoh sifatida shaxsan tanigan va haqiqatdan bir yarim ikki hafta ilgari ko'rganini, shunda tergovchi unga oxirgi paytlardagi hamma hodisalarni qonunga qaramay eslab chiqishni taklif etadi. Shundan keyin guvoh jinoyatchini ko'rgan aniq kuni va aniq soatini aytadi. Nima uchun u endi esladi, ilgariroq emas, guvohning xotirasini ishlatish uchun qaysi psixologik qonundan foydalanildi? Guvoh bir odam bilan so'roq eshigi oldida duch keladi. Bu odam qidirilayotgan jinoyatchi bo'lgan, yoki hech bo'lmaganda o'sha bo'lishi mumkin edi. Ammo guvoh hech ham tergovchiga yordam qila olmaydi, chunki jinoyatchining ko'rinishini so'z bilan tasvirlab bera olmaydi. Lekin unga qog'ozga rasmini chizib berish taklif etilganda, u bu ishni juda yaxshi va ishonch bilan bajaradi. Demak, u belgilarini bilgan, nima uchun unda so'z bilan ko'rinishini tasvirlab bera olmagandi? «Bahorning o'n yetti lahzasi» filmida shunday epizod mavjud, bunda Shtirlis o'zining nemis hamkasbi xonasiga go'yoki bosh og'rig'i dorisini so'rab kiradi, ashda esa gestapa qo'lga tushirgan radistkaning chamadoni uni qiziqtirar edi, shubha tug'dirmaslik uchun chalg'ituvchi savollar bilan o'zining chamadonga qiziqishini (niqoblashga) yashirgan holda harakat qiladi, u gestapani kabinetiga kirish bilan darhol tabletkalar haqida savol beradi va ketayotganida ham o'zining mumkin bo'lgan taqib qiluvchilarning e'tiborini chalg'itishga harakat qilgan Shtirlis psixologiyaning qaysi qonunidan foydalanadi? Xayoliy yoki haqiqiy jinoyatchi guvohlar e'tiborini chalg'itish uchun shunga o'xshash uslublardan foydalanish mumkinmi, sudda jinoyatchi qo'Uaydigan yoki qo'llash mumkin bo'lgan shu chalg'ituvchi uslublarning psixologik ta'siridan guvohni ozod etish uchun tergovchi yoki jinoyat qidiruv inspektori nima qilish kerak? 9. O'smir giyohvand modda sotib oladi, lekin kimdan sotib olganini aytmaydi, militsiyada unga jazo berilmasligini giyohvand modda sotib olib hech qanday jinoyat sodir etmaganligini faqatgina guvoh sifatida ishtirok etishini tushuntiradilar, jinoyatchi sotgan odamni esa uni qo'lga olishda yordam berishni tushuntiradilar, lekin o'smir o'z fikrida turadi; «Bilmayman, ko'ra olmadim, esimda yo'q» nima uchun u kerakli ko'rsatmalarni bermayapti? Haqiqatdan ham bilmaydimi yoki biror narsadan qo'rqadimi? Qo'rqsa nima uchun? U bilan qanday qilib psixologik aloqa o'rnatish mumkin: psixolog konsultant sifatida siz nima maslahat berar edingiz. lO.Umuman guvohning yoki jabrlanuvchining aniq haqiqiy ko'rsatmalari beriladigan bosh tortishlaming qanday psixologik sababalari bo'lishi mumkin, ya'ni jinoyatga aloqasi yo'q va shubhadan holi va aybsiz odamiar nima uchun shunday yo'l tutadilar. Agarda qo'rqsa nimadan va nima sababli? Bunday odamlarga obyektiv guvohlik ko'rsatamalarini berib haqiqatni yuzaga chiqishiga yordam berishlari uchun psixolog qanday yordam bera oladi. 11. Nima uchun ba'zi odamiar sud oldida yoki tergov paytida guvoh sifatida ishtirok etib, yozma ravishda yolg'on ko'rsatma uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirishga qaramay yolg'on ko'rsatma beradilar. Psixolog konsultant sifatida sizga yolg'on ko'rsatmalar mumkin bo'lmasligi yoki hech bo'lmaganda kam uchraydigan hoi bo'lishi uchun nima qilishni maslahat bergan bo'lar edingiz. Agarda jinoyatchini yoki shubhalanuvchini tanish kerak bo'lgan odam uni ko'rmagan, lekin uning o'ziga xos ovozini eshitgan va eslab qolgan bo'lsa, unga tanish narsani siz qanday tashkil etgan bo'lar edingiz: uni tanib olish paytida ovozini o'zgartirishga harakat qilsa nima qilish kerak, misol uchun bo'g'ilib gapirsa? Yuridik psixologiya — psixologiya tarmoqlari ichida morakkab bo'Iib, bunda shaxsdan huquqiy bilimlar bilan birga psixologik bilimdonlik ham talab qilinadi. Yuridik psixologiya nazariy, ilmiy-pedagogik predmet bo`lib, «inson-huquq» tizimining psixologik qonuniyatlarini o`rganadi, bu tizimni takomillashtirishga yo`naltirilgan tavsiyalarni ishlab chiqadi. Yuridik psixologiya huquqiy munosabatlar tarkib topgan sharoitda shaxs va uning faoliyati psixologik qirralarini o`rganar ekan, faqat tizimli yondashuv tufayligina zimmasidagi keng qamrovli vazifalarni hal etishi va muvaffaqiyatli rivojlanib borishi mumkin. Psixologiya va yurisprudensiyaning uyg`unlashuvi har ikkala fanni boyitadi, eng muhim muammolardan biri – huquq-tartibot va sudlov faoliyatida ijtimoiy adolat mezonlari tantana qilishini ta`minlaydi. Buning uchun esa avvalo yuridik psixologiya fanini nazariy jihatdan asoslab chiqish, materiallarni puxta tayyorlash usullarini izlab topish lozim. Tabiat hamda jamiyatdagi narsalar, hodisalarning qonuniy bog`liqligi va o`zaro munosabatga kirishishi jarayonining kishi ongidagi in`ikosi jarayoni tafakkur deyiladi. Nazariy bilish asosida tafakkurimiz turadi. Tafakkur sezish, idrok qilish orqali bilish jarayonidan boshlanadi. So`zlar fikrning zarur moddiy ifodasini yaratadi.Inson fikri obrazlar, tushunchalar va mulohazalar yordamida shakllanadi. Tafakkur jarayoni tushuncha , hukm va xulosa chiqarishdan iborat. Bundan tashqari tahlil (analiz), sintez va umumlashtirish shakllari ham mavjud. Shaxs o`z tafakkuri orqali nazariy bilimlarni egallaydi. Yuridik psixologiya fanida asosiy metodologik tamoyillar quyidagilardan iborat: nazariy bilish tamoyillari falsafiy bilish tamoyillari; ilmiy bilish tamoyillari; amaliy bilish tamoyillari; Yuridik psixologiya metodologiyasining asosiy tamoyillaridan yana biri insonga shaxs sifatida alohida yondoshuvdan iboratdir. Muayyan bir shaxs uchun uning ichki, shaxsiy –ruhiy kechinmlarai ma`lum bir tashqi ta`sirotlar bilan bog`liq tarzda jinoiy vaziyatni vujudga keltirishini, shaxsiy kriminogen holatlar va sabablarni aniqlash ushbu tamoyilning o`zagini tashkil etadi. Ana shu nuqtai nazardan «faoliyat nazariyasi» alohida ahamiyat kasb etadi. U maqsad, unga erishishning shart - sharoitlari, uslublari va vositalarini tadqiq etadi. Umuman olganda, har qanday faoliyat quyidagi tuzilishda: maqsad-sabab (motiv) - qobiliyat – natija lo`nda ifodalanadi. Falsafa yuridik psixologiya fanining metodologik asosi bo`lib hisoblanadi. Unga tayanib qator muhim muammolarni, jumladan psixikaning tabiatini, ruhiyot darajalari, shaxs va komil inson masalalarini to`la yoritish mumkin. Ilmiy bilish tamoyillari tarkibiga yuridik psixologiyaning boshqa fanlar kabi ilmiy jihatdan tadqiq qilish usullari kiradi. Olimlarning yuridik faoliyat sohasida olib boradigan ilmiy - tadqiqot usullari, tajribalari katta ahamiyat kasb etadi. Amaliy bilish tamoyillari esa ilmiy jihatdan asoslangan ma`lumotlarni, xulosalarni tergov, so`roq qilish amaliyotlariga tadbiq qilish imkonini beradi. Yuridik faoliyatda shaxsni o`rganishning psixologik usullari quyidagilardan iborat: Individual suhbat – uning yordamida kuzatish paytida to`plangan ma`lumotlar to`ldiriladi. Suhbat shaxs faoliyatining motivlashuviga oid jihatlar haqida ma`lumotlar olish imkonini beradi. Suhbatga tayyorgarlik reja tuzib olishni nazarda tutadi. Hujjatlar tahlili – xatlar, ishga oid hisobotlar, kundaliklar, ma`ruzalar, ayrim ta`kidlar, qaydlar kabilar mobaynida o`rganilayotgan shaxs haqida zarur axborotlarni to`playdilar. An`anaviy va rasmiylashtirilgan turlarga bo`linadi. Matn mazmuni tahlili birinchi toifaga kirsa, axborotning ayrim bo`laklarni ajratish va ishlab chiqarish ikkinchi toifani bildiradi. Tarjimai hol metodi – huquqiy e`tiborga molik obyektni o`rganish muayyan davr, millat, sinf, ijtimoiy tabaqa shart-sharoitlariga borliq bo`lgan shaxsning shakllanishi jarayonini tadqiq etish demakdir. Inson hayot yo`lini o`rganishni uch yoshligidan boshlash maqsadga muvofiqdir. Testlar metodi – ular yordamida har bir kishi mustaqil ravishda o`ziga zarur fazilatlarni xarakteriga singdirish uchun mashg`ulotlar tizimini belgilab oladi. Shaxs to`g`risida ma`lumotlarning baholanishi. Yuristni qiziqtirayotgan shaxs haqida ma`lumotlarni tizimlashtirishga quyidagilar asos qilib olinadi:shaxsni faoliyatda o`rganish tamoyili, shaxsning yaxlitligi tamoyili, konkret-tarixiy nuqtai-nazardan yondashish tamoyili. Yuqoridagi usullar orqali shaxsni o`rganib, uning ichki dunyosini aniqlash mumkin. Yuridik amaliyotda shaxslar bir-birlari bilan muloqotga kirishar ekan, ularning asosiy ko`zlagan maqsadlaridan biri-o`zaro bir-birlariga ta`sir ko`rsatish, ya`ni fikr-g`oyalariga ko`ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o`zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta`sir-bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta`sir ko`rsata olishdir. Psixologiyada psixologik ta`sirning professor V.Karimovaning fikricha, uch vositasi farqlanadi: 1. Verbal ta`sir - bu so`z va nutqimiz orqali ko`rsatadigan ta`sirimiz. Asosiy vosita bu yerda so`zlardir. Nutq-bu so`zlashuv, o`zaro muloqot jarayoni bo`lib, uning vositasi-so`zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham kishi o`zidagi barcha so`zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta`sirchan so`zlarni topib, sherigiga ta`sir ko`rsatishni xohlaydi. 2. Paralingvistik ta`sir-bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni ko`chaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to`xtashlar, duduqlanish, yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, do`stimiz bizga biror narsani va`da berayotgan bo`lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. 3. Noverbal ta`sirning ma`nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o`rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada ko`chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko`ra, birinchi marta ko`rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo`lishiga gapirgan gaplari 7 foiz, paralingvistik omillar 38 foiz va noverbal harakatlar 58 foizgacha ta`sir qilarkan. Muloqotning qanday kechishi va kimning ko`proq ta`sirga ega bo`lishi sheriklarning rollariga bog`liq. Ta`sirning tashabbuskorida ataylab ta`sir ko`rsatish maqsadi bo`ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta`kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini o`rnidan turib kutib oladi, quyuq so`rashadi, keyin maqsadga o`tadi. Ta`sirning adresati-ta`sir yo`naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo`lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bo`lsa, u tashabbusni o`z qo`liga olishi va ta`sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo`ladi. O`zbekistonda yuridik shaxslar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning butun bir turkumi vujudga keltirilgan. Kooperatsiya, Fermer xo`jaligi, Siyosiy partiyalar, Banklar va bank faoliyati to`g`risida, Notariat, Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish, Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar, Nodavlat notijorat tashkilotlar, Birja va birja faoliyati to`g`risidagi qonunlar shular jumlasidandir. Ularning har birida turli xo`jalik yuritish shakliga ega bo`lgan u yoki bu yuridik shaxslarga o`ziga xos ta`riflar, tushunchalar berilgan. FK esa ularning barchasini umumlashtirib quyidagicha ta`rif beradi: O`z mulkida, xo`jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo`lgan ham o`z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o`z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo`la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majbu-riyatlarni bajara oladigan, sudda da`vogar va javobgar bo`la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi (FK, 39-modda). Yuqorida berilgan ta`rifdan aniqlanishicha, har qanday tashkilot emas, balki muayyan talablarga javob beradigan tashkilotlargina yuridik shaxs bo`la oladi. Yuridik shaxslar: 1) tashkiliy birlik; 2) mulkiy mustaqillik; 3) mustaqil mulkiy javobgarlik; 4) fuqarolik muomalasida o`z nomidan harakat qilish belgilariga ega bo`lishi kerak. Tashkiliy birlik – bu yuridik shaxsning huquq subyekti sifatida tashkil bo`lganligini, muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo`lishligini bildiradi. Yuridik shaxsning tashkiliy jihatdan tuzilishi (strukturasi)ni ko`rsata-digan Nizomi yoki Ustavi bo`lishi kerak. Ba`zi davlat muassasalari va davlat budjetida bo`lgan boshqa davlat tashkilotlari, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa tashkilotlar ham alohida Nizomga ega bo`lmay, mazkur turdagi tashkilotlar haqidagi umumiy Nizom asosida ish olish borishlari mumkin. Yuridik shaxslarning ayrim filiallari (xo`jalik bo`limlari, uchastka-lari, agentliklari) ma`lum tizimga ega bo`lgan, muayyan tarzda tashkil etilgan bo`lsa ham, ular butun bir tashkilot (korxona, muassasa) ishining bir qisminigina bajaruvchi tashkilotlari bo`lgani tufayli yuridik shaxs bo`la olmaydi. Masalan, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy univer-sitetining yuridik fakulteti muayyan shaklda tashkil topib, ish olib borish tartibi, kafedra a`zolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlar, dekanning vakolatlari belgilangan bo`lsa ham, yuridik shaxs hisoblanmaydi. Mulkiy mustaqillik – fuqarolik huquqining subyekti bo`lishi uchun yuridik shaxs hisoblangan har qanday tashkilotning o`ziga xos mulki bo`lishi, har qaysi davlat tashkilotining o`ziga biriktirilgan mulki bo`lishini taqozo qiladi. Boshqacha aytganda, yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo`lishlari kerak (FK, 39-modda, 2-bandi). Yuridik shaxslarning mol-mulki ularning Ustav doirasida aks ettiriladi. Ustav fondi ta`sischilarining qo`shgan pul mablag`lari, ko`chmas mol-mulklari, a`zolik badallaridan, tadbirkorlik faoliyatidan topilgan daro-madlaridan, fuqarolarning ixtiyoriy xayriya mablag`laridan, aksiyalaridan tushgan dividendlardan va qonunda man etilmagan o`zga manbalardan tashkil topadi. Bu sohada ayrim cheklovlar ham bor. Chunonchi, siyosiy partiyalar davlat organlaridan, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan, xorijiy davlatlar va tashkilotlardan, xalqaro tashkilotlardan, chet el fuqaro-lari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslardan, diniy tashkilotlardan, anonimxayriya beruvchilardan mablag`lar va boshqa mol-mulklar olishi ta`qiqlanadi[42]. Davlat tashkilotlari davlatga qarashli mulkka nisbatan to`la xo`jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqigagina egadirlar. Kooperativlar va jamoat tashkilotlari, ularning birlashmalari o`zlariga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan mulkni egallaydi. Alohida mulkka ega bo`lmagan yoki mustaqil ravishda boshqara olmaydigan va shu sababli boshqa shaxslar bilan xo`jalik munosabatlarida bo`la olmaydigan tashkilotlar fuqarolik huquqining subyekti bo`lib hisoblanmaydi. Mustaqil mulkiy javobgarlik – shundan iboratki, yuridik shaxs hisob-langan tashkilot o`z majburiyatlari yuzasidan o`ziga tegishli bo`lgan (dav-lat tashkiloti esa, o`ziga biriktirib qo`yilgan) mulki bilan javob beradi. Yuridik shaxs hisoblangan davlat tashkilotlarining majburiyatlari yuzasi-dan davlat javobgar bo`lmaydi, bu tashkilotlar ham davlat tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo`lmaydilar. Davlat budjetida turadi-gan tashkilotlarning qarzini qoplash, mablag` berish shartlari va tartibi O`zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. Yuridik shaxsning yuqori organi o`ziga qarashli yuridik shaxs hisob-langan tashkilotlarning qarzlari yuzasidan javobgar bo`lmaydi. Ammo yuridik shaxsning yuqori organi o`ziga bo`ysunadigan tashkilotning qarzlari uchun qonunda yoki Nizomda nazarda tutilgan hollarda javobgar bo`lishi mumkin. Quyi tashkilotlar ham o`zlarining yuqori tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo`lmaydilar. Yuridik shaxslar o`z majburiyatlari bo`yicha o`zlariga qarashli butun mol-mulki bilan javob beradi. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli bo`lmaganida davlat uning majburiyatlari bo`yicha subsidiar (qo`shimcha) javobgar bo`ladi. Yuridik shaxsning bankrotligi uning mulkdori yoki ta`sischining g`ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan bo`lsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli bo`lmaganda, uning mulkdori (yoki ta`sischisi) zimma-siga subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Fuqarolik muomalasida o`z nomidan harakat qilishi – yuridik shaxs hisoblangan tashkilot o`z nomidan huquqiy munosabatlarda qatnashib, turli bitimlar tuza olishi, mulkiy va mulkiy xarakterda bo`lmagan huquq-larga ega bo`la olishi va majburiyatlar vujudga keltira olishi, demakdir. Yuridik shaxs sudda, xo`jalik sudida mustaqil ravishda da`vogar va javob-gar bo`la oladi. Har bir yuridik shaxs o`z firma nomiga ega bo`lishi talab etiladi. Firma nomi yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradi. Masa-lan, “Zarbdor” savdo–ishlab chiqarish jamoa korxonasi. Bu yerda “Zarb-dor” – korxonaning nomi, ya`ni, korxonaning mahsulot va xizmatlari “Zarbdor” yorlig`i ostida chiqariladi. “Savdo-ishlab chiqarish” korxona faoliyatining xarakterini, “jamoa korxonasi” – korxonaning jamoa mulk-chiligiga asoslanganligini bildiradi. Shuningdek, yuridik shaxslar rasmiy nomga, ya`ni, davlat nomida bo`lishlari ham mumkin. Yuridik shaxslarga rasmiy nomni berishda O`zbekiston Respublikasi Hukumati ruxsat beradi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 28 yanvardagi Farmoniga ko`ra, Toshkent Davlat Universitetiga O`zbekiston Milliy Universiteti maqomi berildi[43]. Yuridik shaxs o`z faoliyatida o`z ta`sis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo`ladi. Tashkilotlar bilan fuqarolar o`rtasidagi huquq layoqatlarining hajmida farq bo`lishi mutloqo tabiiydir. Tashkilotlar fuqarolarga nisbatan belgilangan birmun-cha huquq va majburiyatlarga ega bo`la olmaydilar, faqat o`z ustav yoki nizomlarida ko`rsatilgan faoliyat bilangina shug`ullana oladilar. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi (FK, 41-modda, 3-bandi). Yuridik shaxs hisoblangan tashkilot yoki korxona qatnashadigan munosabatlarning doirasi uning tashkil qilinish maqsadlari bilan hamda amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlarning xarakteri bilan belgilanadi. Yuridik shaxs o`zi qatnashadigan munosabatlarga qarab ma`lum huquq va majburiyatlarga ega bo`ladi. Shunday qilib, yuridik shaxsning huquq layo-qati, unga maxsus yuklangan vazifalar bilan belgilanadi (maxsus huquq layoqati prinsipi). Yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan ay-rim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug`ullanishi mumkin. Masalan, neft, neft mahsulotlari va gaz qazib chiqarish, ularni qayta ishlash va sotish faoliyati. Fuqarolik huquqida fuqarolarga nisbatan huquq layoqatining tenglik prinsipi o`rnatilgan, fuqarolik huquq layoqatining mazmuni hamma fuqa-rolar uchun qonun bilan teng hajmda belgilangan bo`lsa, yuridik shaxslar-ning huquq layoqati undan farqlanib, ularning har qaysi turi uchun har xil bo`ladi. U barcha yuridik shaxslar uchun birorta umumiy hajmda oldin emas, balki muayyan yuridik shaxsning paydo bo`lishida, uning ish maq-sadlariga qarab, qonun, ustav yoki nizomlarida belgilanadi. Yuridik shaxslarning muomala layoqati ham fuqarolik muomala layoqatidan farq qiladi. Agar fuqarolarda huquq layoqatidan farq qilib, muomala layoqati muayyan yoshga yetgach vujudga kelsa, muomala layo-qati yuridik shaxslarda huquq layoqati bilan bir vaqtda tashkil topadi. Shu bilan birga, fuqarolik muomala layoqatidan farq qilib yuridik shaxslarning muomala layoqatini cheklash va uni muomalaga layoqatsiz deb topish mumkin emas. Yuridik shaxs o`z ustavi yoki nizomi asosida harakat qiladi. Yuridik shaxsning huquq layoqati, uning ustavi yoki nizomi tasdiqlangan paytdan boshlab yoxud tegishli vakolatli idora ushbu yuridik shaxsni tashkil etish haqidagi qaror chiqargandan keyin vujudga keladi. Yuridik shaxs davlat ro`yxatidan o`tkazilgandan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi (FK, 44-modda, 4-bandi). Umumiy qoida bo`yicha, yuridik shaxsning ta`sis hujjatlari qonun talablari darajasida bo`lsa, uni uch ish kunida davlat ro`yxatidan o`tkazish lozim. Ayrim yuridik shaxslarni tashkil qilish va davlat ro`yxatidan o`tka-zish qonun bilan ta`qib qilinadi. Masalan, Konstitutsiyaviy tuzumni zo`rlik bilan o`zgartirishni maqsad qilib qo`yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkin-liklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib qiluvchi, xalqning sog`lig`i va ma`naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar hamda jamoat birlashmalarining maxfiy jamiyat va uyushmalarning tuzilishi va faoliyati ta`qiqlanadi. Yuridik shaxsning ustavi yoki u haqdagi nizom shunday hujjatki, bunda uning faoliyati uchun yuridik ahamiyatga ega bo`lgan qoidalar mustahkamlanadi. Ustavda yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan yeri, tashkil bo`lish maqsadi va tartibi, uning tashkiliy tuzilishi, a`zolarga ega bo`ladigan tashkilot bo`lsa, a`zolikka qabul qilish shartlari, mulkning tarkibi singari qator qoidalar belgilanadi. Ba`zi hollarda, yuridik shaxsni tashkil etishda, mazkur turdagi yuridik shaxslarning tashkiliy tuzilishi va faoliyatiga doir barcha umumiy qoi-dalarni nazarda tutgan tipovoy yoki namunaviy ustavlarning bo`lishi yuri-dik shaxs ustavini tuzish vazifasini yengillashtiradi. Bunday namunaviy ustavlarga fermer xo`jaligining namunaviy ustavini[44], qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi)ning namunaviy ustavini [45] misol qilib ko`rsatish mumkin. Yuridik shaxsning organlari ham bo`ladi. Yuridik shaxs qonun, ustav yoki nizom bo`yicha belgilangan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi o`z organlari orqali fuqarolik huquqlari va burchlariga ega bo`ladi. Yuridik shaxslarning muomala layoqati, ya`ni, o`z harakatlari bilan fuqarolik huquqlari va burchlarini olish layoqati, yuqorida ko`rsatilgani-dek, ularning organlari orqali amalga oshiriladi. Yuridik shaxslarning organlari qonun, ustav yoki nizomga muvofiq ravishda yuridik shaxsning erk-irodasini ifodalaydi va yuridik shaxs nomidan faoliyat olib boradi. Yuridik shaxslarning organlari yakka boshchilikka asoslanib, direktor, rais, boshqaruvchi yoki kollegial boshqaruv, vakillar majlisi, umumiy majlis (yoki yig`ilish) singari tartibida boshqaradigan organ bo`lishi mumkin. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling