Юридик фаолиятнинг ижтимоий-психологик асослари


Jinoyatchi shaxslar bilan aloqa o`rnatishning psixologik asoslari


Download 103 Kb.
bet3/5
Sana03.02.2023
Hajmi103 Kb.
#1153603
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yuridik faoliyatda muloqot

4. Jinoyatchi shaxslar bilan aloqa o`rnatishning psixologik asoslari.
Jinoyatchilar bilan aloqa o`rnatish uchun avvalo ular bilan muzokaralar olib borish muhimdir. Muzokara olib borish qobiliyati yoki diplomatiya asrlar mobaynida murakkab aqliy faoliyat jarayoni deb hisoblab kelingan. To`qnashuvlarning oldini olish yoki ularga chek qo`yish, murosa yo`llarini qidirish, ikkala tarafni qanoatlantiradigan qarorga kelish muzokara yo`li shartnomalar tuzish ko`nikmasini talab etadi.
Tomonlarning biri vujudga kelgan vaziyatni o`zgartirish istagini bildirgan chog`dan boshlab, muzokaralar boshlanadi. Muzokaralar insonlararo muomalaning yuksak vositasi, qadim o`tmishdan beri qo`llanilib kelinayotgan ajoyib ixtirosidir. Har qanday ijod kabi muzokara olib borish-asablarni tarang qiladigan og`ir aqliy mehnatdir.
Jinoyatchilar bilan muzokara o`tkazishda eng muhimi – muzokarachilarni tanlash va tayyorlashdir. Bu jarayon ko`ngilli istakni, nomzodlarning individual xususiyatlarini, ya`ni tang holatlarda fikr almasha olish, qo`zg`atuvchanlik, aks ta`sirning tezligi, o`zini tuta bilish, hissiy barqarorlik, aql-idrokni, muomalasini, xarakterining ushbu vazifaga zarur darajada muvofiqligi, insoniy fazilat ustuvorligini taqozo etadi.
Muzokarachilar psixologiya va pedagogika sohalarida chuqur bilimga ega bo`lishlari, maxsus tayyorgarlik ko`rgan bo`lishlari kerak. Bu bilimlarni egallashning asosiy metodologik rol o`ynashi bo`lib, bunda jinoyatchilar bilan muzokaralar chog`idagi kabi konkret muhit vujudga keltiriladi. O`qib-o`rganish jarayonida psixologik kurash, qonunga xilof xatti-harakatlardan qaytarish maqsadini ko`zlab, jinoyatchilarga ta`sir o`tkazish, qoniqarli bitimga erishish ko`nikmalari mustahkamlanadi.

Yuridik (huquqiy) psixologiya-huquqiy qoidalarni qo'llash va huquqiy faoliyatda ishtirok etayotgan odamlarning psixik hayoti xususiyatlari va qonuniyatlarini o'rgatuvchi fandir, boshqacha aytganda, bu huquq doirasida qo'llanilish va uning subyektlari, ya'ni huquqni himoya qilish organlari psixologiyasi haqidagi fandir. Yuridik psixologiya daviat ta'Iimi tizimida yuridik institutlar va universitetlarning yuridik fakultetlarida o'rganiladi, u huquqni himoya qilish tizimi o'quv yurtlarida iqtisodiy va boshqaruv o'quv muassasalarida o'qitiladi. Talaba yuristlarga bu fanni o'qitishdan maqsad olim-huquqshunoslar yuristning psixologik madaniyatini shakllantirishni maqsad deb biladilar; bu madaniyat yuridik faoliyatni samarasini oshiradi, uning insonparvarlashuviga yordam beradi. «Yuristning psixologik madaniyati - deb yozadi mualliflardan biri -yuridik organlarning xizmatchilarda doimo psixologik bilimlar bo'lishini hamda yuqori madaniyatli munosabatlarni ta'minlovchi qo'shimcha uslublar shakllanishini ham ko'zda tutadi».


Shunday qilib, gap psixologik bilimli yuristlar haqida boradi, chunki ularning faoliyatida odamlar bilan ishlash birinchi o'rinda turadi va bu ishning muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ana shu odamlarning psixologiyasini bilish kerak. Yuridik psixologiya fani boshqa o'quv yurtlarida ham o'qitiladi: ijtimoiy himoya, ishlab chiqarish pedagogikasi, biznes (menejment va marketing) sohalarida isluash uchun amaliy psixologiya bo'yicha ixlisoslikdagi talablar shu bilan birga bu yerda o'qitish umumiy psixologiya va psixologiya fanning boshqa sohalari asosida o'qitiladi va bo'lajak psixologlardan farqli psixologiya fanlarining katta to'plami o'qitiladi. Shuning uchun, albatta, psixologlar uchun yuridik psixologiya kursi dasturiga umumiy psixologik savollar kiritilmaydi, boshqa psixologik bo'lmagan mutaxassislik talabalar uchun ular o'quv fanining mazmunini taxminan yarmini tashkil etadi.
Mamlakatimiz huquqiy daviat yo'lida borar ekan yuiidik (huquqiy) psixologiya kelajakda huquq o'rganiladigan hamma o'quv yurtlarida o'qitiladi deb ko'zda tutish mumkin.
Gap' shundaki, bu fanni o'rganishda talaba—psixolog psixologiyaning nazariyasiga emas balki huquqiy bilimlarni qo'llash faoliyati jarayonida haqiqiy yuzaga keladigan turli vaziyatlarni psixologik tahlil qilishga asosiy e'tiborlarni qaratishlari kerak. Bu bilan U o'zini qonunni himoya qilish organlari ishchilariga ularning faoliyatlarida psixologik yordam beruvchi konsultant yoki ekspert vazifalarini bajarishga tayyorlaydi. Boshqacha aytganda, yuridik psixologiyani o'rganishda talaba - yurist uchun uning mumkin bo'lgan mijozlari odamlar psixologiyasi haqida bilimlarni olish asosiy hisoblansa, talaba - psixolog uchun esa - yuristning faoliyatining psixologik mazmunini o'rganish hisoblanadi. Buning uchun u yurist-prudensiyalarda bo'lmasa ham, unda hech bo'lmaganda yuridik psixologiyadan bilimlari bo'lishi kerak, ana shularni hisobga olib asosiy yo'naltiruvchi muammoli savollar va o'quv masalalari tuzilgan.
Quyidagi taklif etilgan masalalami hal etib talaba - psixolog o'zini biri tergovchi, biri sudya, biri ayblanuvchi, biri guvoh, inspektor, advokat yoki prokuror o'rnida xayolan tasawur etadi. Bunday rollarda xayolan bo'lish yuridik psixologiyani asosan o'quv va maxsus yuridik adabiyotlari bo'yicha o'rganishga to'g'ri kelishi sababli kerakdir. Mana shuning uchun psixolog tasvirlash maqsadida aniq bir faoliyatni tasawur etish kerak (sababiari, maqsadlari, harakat, vosita va uslublarni, faoliyatidan kutilgan yoki haqiqatdan erishilgan yakuniy natijani) va xayoliy dialog metodi bo'yicha yurist kabi qarorga kelishi kerak: «Ushbu vaziyatda men nima qilgan bo'lar edim?»; «Psixologik nuqtayi nazardan qaysi bin to'g'riroq; so'roq qilinayotganning javobini to'g'ri deb hisoblashmi?» yoki hech bir gap aytmaslikmi «nima uchun guvoh sudya bergan savollardan xabardor ekan yaqqol ko'rinib turgan bo'lsa, ularga javob bermayapti? Xohlamayaptimi? Aniqligiga ishonmaydimi? Biror narsadan yoki biror odamdan ko'rqadimi?» Ishtirokchilarning harakatlari va turli huquqiy vaziyatlarni o'rganib, psixolog o'z kasbi sifatida biigan psixologiya qonunlari nuqtayi nazaridan yuzaga kelgan muammolarga javob izlaydi, vaziyatlarni esa talaba o'quv va ilmiy yuridik adabiyotlardan badiiy (yaxshi detektiv) asarlardan va hayotning o'zidan oladi.
Albatta, fanning «yuridik psixologiya» darsligidan foydalanib o'rgangan ancha yaxshi bo'lar edi, lekin birinchidan, yuridik bo'lmagan o'quv yurtlari uchun bunday darslikning topilishi qiyinligi, ikkinchidan, aniq bir huquqni qo'llash faoliyati psixologik mazmunda emas balki yuridik ma'noda tasvirlangan. Shunga qaramay «Yuridik psixologiya» darsliklari bo'yicha har qanday boshqa «sof» yuridik kitoblardan ko'ra yurist faoliyatining psixologik aspektlarni o'rgansa yaxshi bo'ladi. Yana bir marotaba ta'kidlaymiz; odamlarning xulqi va harakatlari, faoliyatini psixologik tushuntiruvchi konsultant yoki ekspertning rolida ishtirok etuvchi psixolog uchun eng asosiysi turli kasbiy vazifalami bajarayotgan yurist faoliyatining psixologik tuziiishini bilishdir. Faoliyatni bilib va amaliy yondashish tamoiyiliga tayanib, u har doim shu turdagi masalalarni malakali hal eta olishi mumkin bo'ladi. Shunday qilib, talaba—psixologlarga turli vaziyatlar modellarini
tasawur etuvchi (ataylab yoki bilmay turib qilgan qonunga xilof harakatlar chigal vaziyatlar, ehtiyotsizlik bilan qilingan harakatlar bartaraf etilib, bo'Imaydigan kuch ta'siri ostida zarar yetkazish hamda huquqiy qoidani noto'g'ri talqin etish va shu sababali huquqni buzuvchi harakatlarni amalga oshirish yoki zarar keltirishga olib kelish paytida munosib yoki administirativ javobgarlikka tortiUshini psixologik baholashni talab etiladigan vaziyatlarni tasvirlovchi vaziyatU masalalarni tahlil qilib, o'rganib chiqish taklif etiladi. Masalalar hamma vaziyatlarni jazolash yoki oqlanishi mumkin bo'lgan u yoki bu huquq qonunlarga mos keladigan kategoriyali hodisalarga taalluqlidir. Shuning uchun talaba huquqiy nuqtayi nazaridan hamma harakatlarni qonunga muvofiq bo'lishiga ishonishi mumkin, biroq mohiyati yo'liga ma'naviy - estetik tomondan adolatsizdek yoki umuman zararli misol uchun quyidagicha masalada (qurol ishlatib o'limga olib kelgan'natijasi bilan tugagan holatda) bo'lib ko'rinishi mumkin, bunday izohni berib o'tishimizdan maqsad quyidagilarni ko'rsatish: psixologdan hodisaning yuridik emas qonunga javob beradigan yoki javob bermaydigan tomonlarini emas, balki faqat psixologik tomonlarni o'rganish talab etiladi, churtki qonunning aniq moddasini unga aytib beradilar (buni bilish shart emas, biroq bilsa zarar bo'lmaydi). Vaziyatli masala va savollar:
1. Har qanday faoliyatning psixologik tuzilishiga ma'lumki sabablar, maqsadi, vositasi va natijasi kiradi. Ana shu nuqtayi nazardan keng tarqalgan huquqni qo'llash faoliyati turlarini o'rganib chiqing: turli qonunga bo'ysunuvchi hujjatlar va ijroiya organlaming boshqa hujjatlari va ijroiya organlaming boshqa hujjatlari asosida qonunni ijrosini nazorat qiluvchilarning tergovchi: yo'l xizmatchisi noziri, prokurorning suddagi ayblovchi sifatidagi faoliyati, sudyaning,
advokatning qonunni ijro etilishini nazorat qiluvchi prokurorning, hamda huquqni himoya qilish organlarining boshqa vakillari va boshqalar.
2. «Militsiya haqidagi» qonunda qanday hollarda militsiya xodimi
ogohlantirmasdan qurol ishlatishga (mumkinligi) huquqi borligi haqida
aytilgan. Sizga ikki hodisani havola etamiz.

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling