Юридик мажбуриятларни рўйхатга олиш ва баҳолар мониторинги


Download 346 Kb.
bet1/9
Sana22.02.2023
Hajmi346 Kb.
#1221940
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
G\'aznachilikda yuridik majburiyatlarni ro\'yxatga olish


Mavzu: G'aznachilikda yuridik majburiyatlarni ro'yxatga olish ustida nazorat


REJA:



  1. Yuridik majburiyatlarning mazmuni va ahamiyati

  2. Shartnomalarni boshqarishning huquqiy jihatlari

  3. Shartnomalarni ro’yxatga olish.

  4. Moliyaviy majburiyatlarning mazmuni va ahamiyati

  5. Moliyaviy majburiyatlarning limitini baholash



1.Yuridik majburiyatlarning mazmuni va ahamiyati

Ma’lumki, davlat byudjetining g’aznachilik ijrosiga o’tishning asosiy maqsadlari:



  • Davlat byudjeti mablag’larini samarali boshqarish;

  • Byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni yanada kuchaytirish;

  • Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotlar sifatini oshirish va ularni tayyorlash muddatlarini qisqartirish bo’lib hisoblanadi.

Moliyaviy nazorat quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:

  • Dastlabki nazorat;

  • Joriy nazorat;

  • Yakuniy nazorat.

Davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimi joriy etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish byudjetdan mablag’ oluvchilar bilan birgalikda g’aznachilik organlariga ham yuklatiladi. Yakuniy nazorat Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarma va bo’limlari hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish byudjet mablag’lari oluvchilari majburiyatlarini hisobga olinishini taqozo etadi.
Majburiyat - bu odatda yozma ravishda rasmiylashtirilgan, so’zsiz bajarilishi talab qilinuvchi va’da demakdir. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati bo’lib, ma’lum bir shaxs (qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishi, ya’ni: mol-mulkni berish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish, pul to’lash yoki ma’lum harakatlardan voz kechish va boshqa shu kabilarni amalga oshirilishini anglatadi.
Byudjet tizimida:
Majburiyatlarni qabul qilish – bu byudjet tashkiloti tomonidan smeta xarajatlarida ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda moliyaviy harajatlarni amalga oshirish harakatidir;
Majburiyat xuquqiy me’yoriy hujjatlarga asosan majburiyat qabul qilish huquqiga ega bo’lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi;
Qabul qilinadigan majburiyatlar summasi tasdiqlangan byudjet mablag’lari me’yoridan oshib ketmasligi lozim.
Majburiyatlarni hisobga olish tizimida uch asosiy omil:
a) Majburiyatlarni qabul qilish asoslari;
b) Majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslar;
v) Majburiyatning ikki xil turi farqlanadi: yuridik va moliyaviy.
Byudjet mablag’lari oluvchi byudjet tashkiloti rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar majburiyatlarni qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar.
Yuridik majburiyat shartnoma tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi.
Yuridik majburiyatlarni hisobga olishni asosiy maqsadi byudjet nazoratining samaradorligini yanada orttirish, ya’ni harajatlarning tasdiqlangan rejadan oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik.


Download 346 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling