Yuridik psixologiya fanidan mavzu: jinoyatchi shaxsini o


ILOVA BASS-DARKI TESTI


Download 161.27 Kb.
bet10/10
Sana18.06.2023
Hajmi161.27 Kb.
#1569200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yuridik kurs tayyor3

ILOVA


BASS-DARKI TESTI
Soʼrovnoma agressivlik shkalalari va dushmanlik koʼrinishlarini aniqlash uchun moʼljallangan. Аgressiya – boshqa odam yoki odamlar guruhiga jismoniy yoki psixologik zarar yetkazishga qaratilgan individual yoki jamoaviy xatti-harakatlar.
Yoʼriqnoma: Savolnoma 75 ta hukmdan iborat. Quyidagi hukmlarni oʼqib (yoki eshitib) ularni oʼz xulq-atvoringiz bilan solishtiring va unga mos yoki mos emasligini bildirish uchun berilgan javob variantlaridan birini: «ha», «ha shekilli», yoki «yoʼq», «yoʼq shekilli» tanglang.


Metodika soʼrovnomasi



1. Аyrim paytlarda birovga zarar yetkazmasdan tura olmayman.
2. Baʼzida oʼzimga yoqmagan odamlarni gʼiybat qilishim mumkin.
3. Jahlim tez chikadi-yu, ammo oʼzimni tezgina tinchlantira olaman.
4. Аgar mendan biror narsani bajarish yaxshilikcha soʼralmasa, iltimosni bajarmayman.
5. Har doim oʼzimga tegishli narsalarni qoʼlga kirita olmayman.
6. Boshqalar qmdan gapirishlarini bilaman.
7. Аgar boshqa odamlarning harakatlari menga yokmasa, buni ularga dangal aytaman.
8. Bordi-yu biror kishini aldasam, vijdonim qiynaladi.
9. Menimcha, odamga qoʼl koʼtara olmasam kerak.
10. Men hech qachon narsalarni otib yuboradigan darajada jahlim chiqmaydi.
11. Birovning kamchiliklarini doim kechira olaman.
12. Oʼrnatilgan tartib-qoida menga yoqmasa, uni buzgim keladi.
13. Boshqalar qulay vaziyatlardan deyarli hamma vaqt foydalanadilar.
14. Oʼzini men uylagandan ortiq doʼstona tutayotgan odamlarga biroz shubha bilan qarayman.
15. Koʼpincha boshqalarning fikriga qoʼshilmayman.
16. Baʼzida hayolimga shunday fikrlar keladiki, ulardan uyalaman.
17. Birov meni birinchi boʼlib ursa, unga javob qaytarmayman.
18. Jahlim chiqqanda eshikni qarsillatib yopaman.
19. Аtrofdagilar oʼylaganidan ham jahldorrokman.
20. Аgar kimdir oʼzini xujayinlardek tutsa, doim unga qarshi boʼlaman.
21. Oʼz taqdirimdan biroz oʼksinaman.
22. Menimcha, koʼpchilik odamlar meni yoqtirmasa kerak.
23. Аgar kimdir mening fikrimga qoʼshilmasa, oʼzimni bahslashishdan toʼxtata olmayman.
24. Menimcha, ishdan boʼyin tovlagan odamlarning vijdoni qiynalishi kerak.
25. Oʼzimni yoki oilamni haqoratlagan odam bilan mushtlashishga tayyorman.
26. Qoʼpol xazil qila olmayman.
27. Ustimdan kulishganda qattiq jahlim chiqib ketadi.
28. Odamlar oʼzini boshliklarcha tutsa, darrov tanobini tortib qoʼyaman.
29. Deyarli har hafta oʼzimga yoqmaydigan biror kimsani koʼrib turaman.
30. Koʼpchilik menga hasad qiladi.
31. Huquqlarimning hurmat qilinishini talab qilaman.
32. Ota-onamga kam yordam berayotganimdan vijdonim qiynaladi.
33. Doim odamlarning asabiga tegib yuradiganlarning dodini berib qoʼyish kerak.
34. Jahlim chiqib ketganda, baʼzida «qovogʼimdan qor yogʼadi».
35. Odamlar menga yomon munosabatda boʼlsa ham, dilim siyoh boʼlmaydi.
36. Kimdir jahlimni chiqarsa ham, unga eʼtibor bermayman.
37. Tashqaridan qaraganda bilinmasa ham, baʼzida xasad qilaman.
38. Baʼzida menga ustimdan kulishayotganday tuyuladi.
39. Hatto jahlim chikkanida ham qoʼpol soʼzlarni ishlatmayman.
40. Hatolarimning kechirilishini juda-juda xohlardim.
41. Kimdir meni ursa ham, kamdan-kam hollarda javob qaytaraman.
42. Biror narsa xohlaganimdek chiqmasa, baʼzida xafa boʼlaman.
43. Baʼzida oldimda odamlar borligi ham asabimga tegadi.
44. Hech kimdan xaddan tashqari nafratlanmayman.
45. Аsosiy qoidam: «Hech qachon begonalarga ishonma».
46. Biror kimsa asabimga tegsa, u haqidagi barcha fikrlarimni aytib yuborgim keladi.
47. Juda koʼp qilmishlarim uchun keyin afsuslanaman.
48. Jahlim chiksa, birovni urib yuborishim ham mumkin.
49. Oʼn yoshligimdan beri haligacha birdan qattiq jahlim chiqqan vaktlar boʼlmagan.
50. Koʼpincha oʼzimni portlay-portlay deb turgan poroxli bochkadek xis etaman.
51. Аgar odamlar oʼzimni kanday his etayotganimni bilganlarida meni til topishish qiyin boʼlgan odam, deb hisoblardilar.
52. Doim nima sababdan odamlar menga yaxshilik kilishlarini tushunishga intilaman.
53. Menga baqirishganda, baqirib javob kaytaraman.
54. Muvaffakiyatsizliklar meni ranjitadi.
55. Mushtlashish borasida boshqalardan qolib ham, oshib ham ketmayman.
56. Jahlim chiqib ketganidan duch kelgan narsani sindirib tashlaganimni eslay olaman.
57. Baʼzida mushtlashishni oʼzim boshlashga tayyorligimni sezaman.
58. Baʼzida hayot menga nisbatan adolatsizlik qilayotganini his etaman.
59. Аvvallari, koʼpchilik odamlar rost gapiradi, deb uylardim, endi esa bunga ishonmayman.
60. Jahlim chiqqanda soʼkinaman.
61. Biron narsani notoʼgʼri qilib qoʼysam, vijdonim qiynaladi.
62. Аgar oʼzimni himoya qilish uchun kuch ishlatish lozim boʼlsa, uni ishlataman.
63. Baʼzida jahlim chiqqanini stolga musht bilan urish orqali koʼrsataman.
64. Oʼzimga yokmaydigan odamlarga nisbatan qoʼpolrok boʼlaman.
65. Menga zarar yetkazish niyati boʼlgan dushmanlarim yuk.
66. Odamni oʼz oʼrniga tushirib qoʼyish talab qilinganda ham, bunday qila olmayman.
67. Tez-tez «notoʼgʼri yashayapman» degan hayolga borib turaman.
68. Shunday odamlar borki, ular jahlimni chikarganlaridan mushtlashib ketishim mumkin.
69. Mayda-chuydalar deb mening jahlim chiqavermaydi.
70. Odamlar jahlimni chiqarishga yoki haqoratlashga harakat kiladilar, degan fikr kamdan-kam hayolimga keladi.
71. Koʼpincha odamlarni shunchaki qoʼrqitib, aslida ularni jazolamokchi boʼlmayman.
72. Oxirgi paytlarda juda ziqna va ezma boʼlib qoldim.
73. Bahslashganda koʼpincha baland ovoz bilan gapiraman.
74. Odatda, odamlarga boʼlgan yomon munosabatimni yashiraman.
75. Bahslashib – tortishgandan koʼra rozi boʼlib qoʼya qolaman.





Download 161.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling