Yuridik psixologiya fanidan mavzu: jinoyatchi shaxsini o


A. BASS VA I. DARKNING “AGRESSIYA SHAKLLARI VA UNING KO`RSATKICHLARI”NI DIAGNOSTIKA QILISH METODIKASI


Download 161.27 Kb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi161.27 Kb.
#1569200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yuridik kurs tayyor3

2.2. A. BASS VA I. DARKNING “AGRESSIYA SHAKLLARI VA UNING KO`RSATKICHLARI”NI DIAGNOSTIKA QILISH METODIKASI
Soʼrovnoma agressivlik shkalalari va dushmanlik koʼrinishlarini aniqlash uchun moʼljallangan.
Аgressiya – boshqa odam yoki odamlar guruhiga jismoniy yoki psixologik zarar yetkazishga qaratilgan individual yoki jamoaviy xatti-harakatlar. Bu metodikani 25 ta o`quvchida o`tkazdim.

Ushbu jadvalda A. Bass va I. Darkning metodikasi bo`yicha tahlil natijalari





Tiplar

Sinaluvchilar

Foizi

Jismoniy tajovuz

2 ta sinaluvchi

8 %

Bilvosita tajovuz

2 ta sinaluvchi

8 %

Tajanglik

3 ta sinaluvchi

12 %

Negativizm

2 ta sinaluvchi

8 %

Xafagarchilik

4 ta sinaluvchi

16 %

Shubhalanuvchanlik

4 ta sinaluvchi

16 %

Verbal tajovuz

4 ta sinaluvchi

16 %

Аybdorlik hissi

4 ta sinaluvchi

16 %




25 ta sinaluvchi

100 %



X U L O S A
Insoniyat taraqqiyoti davomida jinoyatchilikni oldini olish, uni sodir etganidan ko’ra har tomonlama ustun ekanligi kuzatilgan. Hozirgi kunda ham
jinoyatlarining oldini olish ularni sodir etgan shaxslarni jazolash orqali jinoyat- chilikka qarshi kurashdan ko’ra har tomonlama yaxshidir. Bu borada mashhur fransuz mutafakkiri Sharl Lui Montesko o’zining “Qonun ruhi haqida”gi falsafiy-huquqiy asarida shunday fikr bildirgan: “Aqlli qonun chiqaruvchi jinoyat uchun jazo berish haqida emas, jinoyatlarining oldini olish haqida qayg’uradi, ya’ni u jinoyat uchun jazolashga emas, balki axloqni yaxshilashga harakat qiladi”.
Jinoyatchilikning yangi jamiyat qurish uchun tug’diradigan xavfi to’g’risida birinchi Prezidentimiz Islom Karimov shunday yozadi: «Jinoyatchi unsurlarning yangi xo’jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va xufiyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini tug’diradi. Bu esa mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib keladi.
Jamiyatda jinoiy «xufiyona iqtisodiyot»ning mavjud bo’lishi uyushgan jinoyatchilikni keltirib chiqaradi. Davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bo’g’inlari va turli darajalari vakillari ham uning yo’ldan ozdiruvchi ta’siriga tushib qoladi. Korrupsiya vujudga kelib, u eng avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo’lish yoki to’g’ridan-to’g’ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanadi. Bu esa jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatga keltiradigan salbiy oqibatlar tufayli jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga to’g’ridan-to’g’ri tahdiddir.
Halol mehnat qilish, o’z bilimi, kuch-g’ayrati va ijobiy qobiliyatini sarflash uchun barqaror shartsharoit bo’lishini istaydigan, farzandlari va yaqin kishilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan to’la-to’kis foydalanishni orzu qiladigan har bir fuqaro, jinoyatchilik va korrupsiya yo’liga o’z vaqtida zarur to’siq qo’yilmasa, bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi anglab yetmog’i lozim».
TAVSIYA

Jinoyat-protsessual Kodeksining 2- moddasida jinoyatlarning oldini olish jinoyat-protsessual qonun hujjatlarimng vazifasi deb belgilangan. Isbotlash burchi yuklatilgan mansabdor shaxslar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ayblash va hukm qilish uchun jinoyatning sodir etilish sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashlari shart. Chunki jinoyatni isbotlashdan ko'ra uni sodir bolishiga sabab bo'lgan yoki imkoniyat yaratgan shart-sharoitlarni o'rganish va bartaraf qilish ko'proq samara beradi.


Jinoyatlarning oldini olish choralarini umumiy va maxsus choralarga bo'lish maqsadga muvofiqdir. Agar umumiy choralar deganda, jinoyatning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni o'rganish, shuningdek, oila, millat va jamiyatning ushbu jinoyatga ta'sir etishini tahlil etish tushunilsa, maxsus choralar deganda esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatlarning oldini olish bo'yicha choralarini o'rganish anglanadi. Jinoyatning mavjudligi ikkita omil bilan belgilanadi. Bular:
1) uni sodir etish sabablari va shart-sharoitlari;
2) jinoyat sodir etilishiga olib kelgan vaziyatlar.
Sudyalar, tergovchilar, prokurorlar va tergov organlari ushbu omillarni o'rganishlari va aniqlashlari hamda ular u yoki bu jinoyatning sodir etilishi bilan qay darajada bog'liqlikni amqlashlari shart.
Jinoyat protsessida jinoyat sodir etish sabablari va shart sharoitlarini aniqlash hamda belgilash bo'yicha protsessual tizim, shuningdek, ularning oldini olish bo'yicha choralar ishlab chiqilgan.
Jinoyatlarni to'liq va tez ochish, aybdorlarni fosh etish hamda jazolash, qonunlarni to'g'ri va aniq qo'llash tergov harmda sud organlarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Boshlang'ich bosqichda jinoyatlarni har tomonlama va to'laqonli ochish natijasida tergovchi hamda prokuror jinoyat sodir etilishiga olib kelgan asosiy sabablarni aniqlashi hamda bu haqda davlat, tergov va jamoat organlariga taqdimnoma tarzida ma'lum qilishi, shuningdek, ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralari haqida ularni xabardor qilishi kerak. Taqdimnoma jinoyatning sodir bolishiga sabab bo'lgan shart-sharoitlarni fosh etishga qaratilgan.
Taqdimnoma quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- jinoyat bilan bog'liq bo'lishi;
- isbotlangan faktlardan iborat bolishi;
- jinoyat sodir etilgan shart-sharoitlarning tavsifiga ega bolishi;
- yangi jinoyatlarning oldini olish maqsadida bu shart-sharoitlarga barham berish choralarini belgilashi;
- jinoyatlarning oldini olish yuzasidan tegishli takliflar bo’lishi shart.
Taqdimnoma yuridik kuchga ega bo'lgan protsessual hujjatdir. Uni bajarish muddati 1 oy.
Taqdimnoma —jinoyatni aniqlash, ochish, isbotlash va fosh etish topshirilgan javobgar shaxsning xulosasi, natijasidir.
Jamoatchilikka yo'naltirilgan taqdimnoma davlat, jamoat organlariga va birlashmalariga huquqbuzarlikni tahlil qilishda, ularning oldini olishda yordam berishga qaratilgan. Shu boisdan bu hujjat aniq va hamma uchun tushunarli yozilgan bo’lishi kerak. Taqdimnoma tahlil qilib, jamoatchilik uni tushlinishi va uning maqsadi hamda talablarni to'g'ri baholashi, shuningdek, profilaktika ishidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishga yanada mas'uliyat bilan yondashishi kerak. Taqdimnomada jinoyatning umumiy mazmunini ko'rsatish juda muhimdir. Jamoatchilik e'tiborini jalb etishda bu narsa asosiy omil hisoblanadi. Sud ish jarayonida jinoyatning barcha sabab va shart- sharoitlarini aniqlaydi hamda shundan keyingina hukm chiqarib, barcha organlardan bu shart-sharoitlarni bartaraf etishni talab etadi. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to'g'risidagi taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborilgan davlat organi, fuqarolarning o'zini- o'zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs zarur choralarni ko'rishi va ko'rilgan choralarning natijalari to'g'risida kechi bilan bir oylik muddat ichida tegishincha surishtivchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni xabardor qilishi shart.



Download 161.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling