Sodda qilib talqin qilinganda mazkur tarkiblar quyidagi ketmaketlikdagi tuzilishdir:
tashqi kuchquvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya’ni reseptordan;
analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog’lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o’tkazuvchi asab yo’llaridan;
periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari (harakatlari) qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po’stidagi qismlaridan (uchastkalaridan) iboratdir.
Boshqacha so’z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko’z, quloq, teri, burun kabilar), ta’sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorni tashkil qiladi.
Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch. Sherringtonga taalluqlidir):
tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda reseptorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan sezgilar, ya’ni eksterioreseptiv sezgilar (reseptorlar);
ichki tana a’zolari holatlarini in’ikos etuvchi hamda reseptorlari ichki tana a’zolarida, to’qimalarida joylashgan sezgilar, ya’ni interioreseptiv sezgilar;
tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioreseptiv sezgilar.
Birinchi turkum sezgilarni ko’rish, eshitish, hidlash, terituyush, ta’mmaza, kabi turlar tashkil qiladi. Ko’rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir.
Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo’lgan tovush to’lqinlaridan iboratdir. Ko’rish sezgilari bosh miya po’stlog’i burmasining tepa qismidan joy egallagan. Terituyush, harakat sezgilari miya po’stini markaziy burmasining orqa qismidan o’rin olgandir.
Endi sezgilar klassifikasiyasi, mohiyati va uning negizlari yuzasidan kengroq mulohaza bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |