Shaxsni psixologik tiplashtirish mazkur hodisani bilish usullaridan biridir, ammo muayyan jinoyatchilarning shaxs larini o’rganishda olingan ma’lumotlarni tegishlicha nazariy asoslash zarur.
Jinoyatchilikni ijtimoiy determinasiyalash mexanizmi shaxsni o’rganishda ikki xil yondashuvni – ijtimoiy-tipologik va ijtimoiy-rolli yondashuvlarni birlashtirishni talab qiladi. Ijtimoiy-tipologik yondashuvda avvalo shaxsning ijtimoiy o’rni (pozisiyasi), unga mos ijtimoiy qadriyatlar, me’yorlar, ularning idrok etilishi va bajarilishi tahlil qilinadi. Ikkinchi holda shaxsga faol arbob, ijtimoiy munosabatlarning subyekti sifatida qaraladi. Ijtimoiy rolli yondashuv obyektiv jihatdan kriminogen xususiyatga ega bo’lgan pozisiya va funksiyalarni ko’rishga imkon beradi, chunki ular shaxs zimmasiga amaldagi qonunlarga zid majburiyatlarni yuklaydi va shu bois u ushbu majburiyatlarni faqat jinoyatchilik sodir etib bajarishi mumkin bo’ladi, shaxsga birbirini istisno etuvchi talablar qo’yadi, bu esa ijtimoiyhuquqiy nizolarni keltirib chiqaradi, shaxsni uning uchun zarur bo’lgan ijobiy ta’sirlar majmui amal qiladigan doiradan chiqarib yuboradi.
Yuridik psixologiyadagi asosiy masalalardan biri, avvalo, shaxsning motivasion sohasi tashqi muhitdagi muayyan omillar bilan o’zaro aloqadorlikda ushbu shaxs uchun kriminogen vaziyat yaratishi mumkin bo’lgan ichki shaxsiy shart-sharoitlarni ajratib olishdir.
Har bir insonga o’z ehtiyojlarini qondirish, shaxsiy va umumiy maqsadlarga erishish uchun boshqa odamlar bilan birlashishga intilish xosdir. Qonunga itoatkor odamlar, qonunbuzarlardan farqli ravishda, noqulay vaziyatlarda guruhdan chiqish, o’zlarini qanoatlantirmaydigan aloqadan qochishga qodirdirlar yoxud bunday holatlarga nisbatan o’z pozisiyasini o’zgartirishga harakat qiladilar.
1 Qarang: Kriminologiya: Darslik / Prof. Z.S.Zaripovning umumiy tahriri ostida. – T., 2007. – 84b.
Do'stlaringiz bilan baham: |