Yuridik psixologiya


Jinoiy qilmishlarni majburan sodir etuvchi


Download 2.33 Mb.
bet89/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Jinoiy qilmishlarni majburan sodir etuvchi, eng zarur ehtiyojlarni qonuniy yo’llar bilan qondirib bo’lmaydigan hayotiy vaziyatlar, ijtimoiy shart-sharoitlar qurboni bo’lgan shaxs tipi.
Bunda jinoyatchi o’zini majburan yo’l qo’ygan xatti harakati uchun qoralashi, ichki ziddiyat holatida bo’lishi mumkin. Jinoyatni yuzaga kelgan vaziyatdagi vasvasa ta’sirida, uning uchun qimmatli bo’lgan natijaga, uning fikricha, hyech qanday salbiy oqibatlarsiz erishish mumkin bo’lgan holatda jinoyat sodir etadigan shaxs tipi.
Huquqiy ong darajasi, noijtimoiy xulq bu yerda birinchi holdagiga qaraganda ancha past.
Jinoiy qilmish sodir etishni doimo qonunga itoatkor xulqqa qaraganda afzalroq biladigan shaxs tipi. Bu jinoiy ta’sir yuqqan shaxs tipi.Hayot va faoliyatning barqaror jinoiy obrazi shakllangan jinoyatchi shaxs tipi. Jinoiy qilmishlarni sodir etish o’z o’zidan uning uchun ehtiyojga aylanadi. Bu – professional jinoyatchi tipi. Bunday jinoiy shaxs doimo jinoiy tajovuz predmetini izlash holatida bo’ladi. Uning jinoiy xatti harakat usullari ishlab chiqilgan, zarur qurol va vositalari doimo yonida bo’ladi. Bu jinoyatchilarning ijtimoiy jihatdan eng xavfli tipi.
Impulsiv (g’ayriixtiyoriy) jinoyatchilar tipi. Ayrim hayotiy vaziyatlar ular uchun birdaniga, to’satdan noqonuniy xatti-harakatga undovchi hisoblanadi. Bunday tipdagilar asabiyruhiy zo’riqish kuchaygan sharoitda tezda «o’zidan ketadi», darhol tajovuz, g’azab, rashk, vaziyat bilan bog’liq nafrat holatiga kiradilar.
Bunday jinoiy tiplar, ayniqsa, alkogol va narkotik vosi talardan mast hollarda o’zlarini namoyon etadilar. Ularning ijtimoiy xavfli xulqiga xos narsa ularda g’ayriijtimoiy xatti-harakat ko’rinishlarining shakllanganligi, ya’ni o’zini o’zi nazorat qilish darajasining pastligidir.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling