Yuridik psixologiya


Shuningdek, halok bo’lgan kishining salomatligi qanday bo’lganligi, qanday kasalliklarni boshdan kechirganligini ham aniqlash zarur


Download 2.33 Mb.
bet122/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Shuningdek, halok bo’lgan kishining salomatligi qanday bo’lganligi, qanday kasalliklarni boshdan kechirganligini ham aniqlash zarur. Ayniqsa, ushbu hodisadan oldin u nimadan shikoyat qilgani, uyqusizlikni boshdan kechirgankechirmagani, qanday holatda uyg’onganligini bilish muhim.
Shubhasiz, halok bo’lgan kishining dindorlik darajasi, uning kasbiy dinamikasi, har xil muammolarning borligi: ichimlikka oid, moliyaviy, xizmatdagi, kriminal, shaxsiy muammolar va uning ularga munosabati ham kiziqish uyg’otadi. Agar halok bo’lgan kishining psixik jihatdan to’liq normal, sog’lom odam bo’lmagashshgi — bosh miyasi lat yegan, fe’latvorida g’alati qiliqlar bo’lgan bo’lsa — taxmin qilinsa, unda kompleks psixologopsixiatrik ekspertizani tayinlash kerak bo’ladi.
Sui­sid genezisida oila odamning eng yaqin ijtimoiy tevaragining rolini xisobga olmay bo’lmaydi. Erxotin o’rtasidagi, otaona bilan bolalar o’rtasidagi oilaviy o’zaro munosabatlar, xarakteri shaxsning ijtimoiy-psixologik ko’nika olmasligining rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Oila ichidagi psixologik muhit shaxsning o’zini o’zi o’ldirishga olib keladygan vajlarini bosib, susaytirib qo’yishi va ularni kuchaytirishi, hatto shunta olib kelishi ham mumkin.
Suisiologlar o’zini o’zi o’ldirishga olib kelishi mumkin bo’lgan kuyidagicha oilaviy omillarni ko’rsatishadi:
ilk bolaliqda otasizligi;
• oilada onaning bolaga mehribonligining kamligi;
• otaona obro’e’tiborining yo’qligi;
• oiladagi munosabatlarning matriarxal uslubi;
• katta yoshdagi zaif oila a’zosining haddan ortiq qattiq qo’lligi, uning bolani qattiq urushibkoyib va tan jazolari orqali o’ziga bo’ysundirishga urinishi;
• ajrashgan oilalar;
• otaona yoki yaqin qarindoshlar suisidni yoki suisidial holat va urinishlarni amalga oshirgan oilalar.
Shu bilan bir qatorda, oilalarning muayyan ijtimoiy-psixologik tiplari ham ajralib turadiki, ulardagi o’zaro munosabatlar uslubi o’zini o’zi o’ldirish yuzasidan potensial xavf tug’diradi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling