Yuridik psixologiya


Jinoyatchi shaxs tipologiyasi


Download 2.33 Mb.
bet87/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

Jinoyatchi shaxs tipologiyasi
Jinoyatchi shaxsning tipologiyasida uch darajani farqlash lozim:

  1. jinoyatchining umumiy tipi;

  2. muayyan toifadagi jinoyatchi shaxs;

  3. muayyan turdagi jinoyatchi shaxs. Bu darajalar birbiri bilan umumiylik, maxsuslik va yakkalik kabi munosabatda bo’ladi.

Shaxsning ijtimoiy o’zagini uning yo’nalganligi, hayotiy munosabatlari tizimi, motivliqadriyatli mo’ljallari tashkil etgani bois, bu o’zakning o’zi jinoyatchi shaxsning tipini belgilashi lozim.
Jinoyatchidagi tipik xususiyatning mezoni, avvalo, uning ijtimoiy xavflilik darajasi, g’ayriijtimoiy buzilganlik me’yoridir.
Ushbu mezonga ko’ra jinoyatchilarning uch tipini ajratish mumkin:

  • g’ayriijtimoiy (ashaddiy);

  • noijtimoiy (kamroq ashaddiy);

  • ruhiy boshqaruv nuqsonlari bo’lgan jinoyatchi shaxs tipi (tasodifiy).

Ashaddiy jinoyatchilar qadriyatlari va mo’ljallarining yo’nalishi mazmuniga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi.
G’ayriijtimoiy g’arazli yo’nalishdagi jinoyatchilar. Jinoyatchilarning bu guruhi jamiyatning moddiy boyliklariga, sarflangan mehnat miqdori va sifatiga ko’ra taqsimlanishiga tajovuz qiladi. Bunday jinoyatchilarni kuyidagi to’rtta kichik guruhga ajratish mumkin:
a) xo’jalik sohasida jinoyat sodir etuvchi (tovarlarni soxtalashtirish, soliq to’lashdan, lisenziya olishdan bo’yin tovlash va h.k.) jinoyatchilar;
b) xizmat vazifasini suiiste’mol qiluvchi (xizmat lavozimini suiiste’mol qilish, mijozlarni aldash, pora so’rash orqali talontoroj qilishlar) jinoyatchilar;
v) o’g’rilar – mulkni yashirincha talontoroj qilish bilan bog’liq tajovuzlar qiluvchi shaxslar (o’g’riliklar);
g) firibgarlar (hujjatlarni qalbakilashtirish, aldab tovlamachilik qilish va h.k.).
G’ayriijtimoiy g’araz va zo’ravonlik yo’nalishidagi ji noyatchilar shaxsga nisbatan zo’ravonlik qilish bilan g’arazli tajovuzlar qiluvchi shaxslar (zo’rlik bilan tovlamachilik qilish, talonchilik, bosqinchilik hujumlari va hokazo).

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling