Yuridik psixologiya


REJA: 1. Uyushgan jinoyatchilikga psixologik tavsif


Download 2.33 Mb.
bet92/157
Sana16.06.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1511369
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   157
Bog'liq
Юридик псих. мажмуа (3)

REJA:
1. Uyushgan jinoyatchilikga psixologik tavsif
2.Jinoiy guruhlarga psixologik tavsif
3. Uyushgan jinoyatchilikning ko’zga ko’rinadigan xususiyati asosiy jinoiy guruxni tuzishdan iboratligi
4. Uyushgan jinoyatchilikda har kim o’z joyini o’zi bilishi, boshqa narsalarga aralashmasligi
Uyushgan jinoyatchilikning ko’zga ko’rinadigan xususiyati asosiy jinoiy guruhni tuzishdan iborat bo’lib, bu guruh o’z darajasidagi tartib va intizomga solish va iyerarxik (har kim o’z joyini o’zi bilishi, boshqa narsalarga aralashmasligi) tizimini tuzishdan iborat.
Bu iyerarxik tizim 3 ta bo’limdan tashkil topgan:

  • boshqarish;

  • bo’ysunish;

  • jinoyatlar orasida funksiyalar (vazifalar) ni taqsimlash kabilardir.

Uyushgan jinoyatchilikning tizimi

Kuchli bo’g’in


Kuchsiz bo’g’in
(kuchsiz bo’g’inda barmen, shveysar, fohishaboz shaxslar o’z faoliyatini yuritadilar).
Kriminal psixologiya fanining maxsus bo’limida uyushgan jinoyatchilikning tashkil topishi, u yerda rollarning taqsimlanishi va uning psixologik mexanizmini o’rganishga batafsil to’xtalib o’tiladi.
O’z vaqtida ochilmagan va jazoga tortilmagan jinoyatchi shaxs juda xavfli bo’lib, u boshqalarga ta’sir ko’rsata oladi va shu tufayli jinoiy yo’l orqali boshqa o’ziga mustahkam bo’lmagan odamlarni shakllantirishga harakat qiladi va uyushgan jinoyatchilikni tuzishga bel bog’laydi.
Ayrim hollarda jinoyatchi shaxs yakka o’zi harakatlar qilishga qurbi yetmaydi. Buning uchun unga uyushganlik darajasi kerak bo’ladi.
Jinoiy guruhning bo’limlarini quyidagi shaklda ko’rishimiz mumkin:

butun guruhni, yoki uning alohida


ishtirokchilarini boshqaruvchi shaxs;
mas’uliyatli joydagi ijrochi;
ikkinchi darajali ijrochi;

oppozisiya, guruhning “bo’sh halqasisi”;


irodali oppozisiya, guruhga qarshi xarakat
yuritishi mumkin.

Jamiyatda boshliq (yetakchi) mavqyeini o’rnatish juda ham muhim va murakkab. Chunki uni (yetakchi) hamma tan olishi va unga bo’ysunishlari lozim.


Jinoiy guruhni shakllanishida quydagi omillar rol o’ynaydi:
a) jinoyatni bir o’zi sodir qila olmasligi;
b) jinoiy ishlarga yo’naltirilgan qiziqishlarning birligi;
v) o’zaro hayrixoxlik, samiymiligi;
g) hulqi, ishonchlari, huquqiy ongining o’xshashliklari (kamchiliklari).

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling