Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’ining O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlari tarkibidagi ahamiyati
Ko’rsatkichlar
|
2019 yil
| |
2020 yil
| |
2021 yil
(prognoz)
| | |
mlrd.so’m
|
foiz
|
mlrd.so’m
|
foiz
|
mlrd.so’m
|
foiz
|
JAMI SOLIQLI DAROMADLAR
|
16178,6
|
100,0
|
20614,1
|
100,0
|
25104,9
|
100,0
|
To’g’ri soliqlar
|
4238,7
|
26,2
|
5196,4
|
25,2
|
6583,1
|
26,2
|
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i
|
825,0
|
5,1
|
917,2
|
4,4
|
1239,0
|
4,9
|
Foyda solig’ining asosiy stavkalarini o’zgarishi:
2011 yil – 38 %
2012 yil – 35 %
2013 yil – 33 %
2014 yil – 31 %
2015 yil – 26 %
2016 yil – 24 %
2017 yil – 20 %
2018 yil – 18 %
2019 yil – 16 %
2020 yil – 12 %
2021 yil – 10 %
2022 yildan – 9 %
Soliq kodeksiga ko’ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to’lovchilari bo’lib, moliya yilida soliqqa ortiladigan foydaga ega bo’lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
Foyda solig’i to’lovchi yuridik shaxslar
(O’zR SK 126-modda)
O’zbekiston Respublikasining rezidentlari
O’zbekiston Respublikasining norezidentlari
O’zbekistonda ta’sis etilgan yoki ro’yxatdan o’tgan hamda bosh korxonasi O’zbekistonda joylashib, O’zRdan tashqarida ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxslar O’zR rezidentlari hisoblanadi
O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan yuridik shaxslar O’zbekistonda va undan tashqaridagi faoliyatdan olgan daromadlaridan foyda solig’iga tortiladilar
O’zbekiston Respublikasining norezidentlari faqat O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatishdan olgan daromadlari bo’yicha soliqqa tortiladilar
Soliq kodeksining 127-moddasiga ko’ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining ob’ekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining va norezidentlarining foydasi hamda rezident va norezidentlarning chegirmalar qilinmagan holda to’lov manbaidan soliq solinadigan daromadlar hisoblanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining ob’ekti
(O’zR SK 127-modda)
O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining foydasi
O’zbekiston Respublikasi rezidentlari-ning va O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining chegirmalar qilinmagan holda to’lov manbaida soliq solinadigan daromadlari
Soliq solinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadagan xarajatlar o’rtasidagi farq sifatida soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi hisobga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bazasi quyidagicha aniqlanadi.
Foyda solig’i bazasi = Daromadlar - Xarajatlar + Chegirilmaydigan xarajatlar - Hisobot davrining soliq solinadigan bazadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari - Imtiyozlar
Yuridik shaxslarning foydasi respublikamiz buxgalteriya qonunchiligiga muvofiq aniqlanadi.
Respublikamizda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar-yuridik shaxslarning mahsulot (ish, izmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asosini O’zR VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi Nizom belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |