Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati


Download 432.98 Kb.
bet2/6
Sana02.01.2022
Hajmi432.98 Kb.
#184661
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs iwi cala

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O`zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligiga alohida e‘tibor qaratildi. O`tkazilayotgan soliq islohotlarining amaliy natijasi asosan harakatdagi soliqlarni soddalashtirish va unifikatsiya qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat budjeti bilan hisob-kitoblari mexanizmini takomillashtirish, soliq hisobotlarini taqdim etish holatlarini kamaytirishga qaratilgan. Davlat budjetiga pul mablag`larini yig`ish soliqlar orqali ya‘ni, xo`jalik yurituvchi subyektlar daromadlarining bir qismini budjetga olib qo`yish yo`li bilan amalga oshiriladi. Bu maqsadga erishishda bir tomondan davlat manfaatlarini va ikkinchi tomondan yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qiladigan, shuningdek ularning daromadlarini oshirish uchun xizmat qiladigan soliq tizimi yaratilishi zarur.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev ta‘kidlaganliridek, “Eng muhimi, investorlar nazari bilan qaraganda, soliq tizimi uzoq muddat davomida aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Shuning uchun soliq tizimida puxta o‘ylangan, uzoq muddatga mo‘ljallangan siyosatni amalga oshirish lozim”1 Soliq tizimini yanada rivojlantirishdan asosiy maqsad, davlatning iqtisodiy siyosatini, aholini ijtimoiy himoyalashni, tadbirkorlikni rivojlantirishni, davlatning mudofaa qudratini oshirishni, ijtimoiy-madaniy tadbirlarni amalga oshirishni, mustaqil davlat sifatida xalqaro faoliyatni amalga oshirish uchun va davlat ahamiyatiga molik boshqa vazifalarni bajarishni ko`zda tutuvchi moliyaviy manbalarni yetarli darajada to`plashni nazarda tutadi. Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev quyidagilarga to‘xtalib o‘tdilar: “Soliq-budjet

siyosatiga qat‘iy amal qilish, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hajmi, yirik investitsiya loyihalari va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirish – ushbu eng muhim vazifalarni amalga oshirish, avvalo, Moliya vazirligi va shaxsan vazirning faoliyati samaradorligi bilan belgilanadi”2. Shulardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardoshliligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash davrida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ining xo`jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatini rag`batlantirishdagi rolini oshirish, ushbu soliq turi bo`yicha beriladigan imtiyozlardan samarali foydalanish, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ini hisoblab chiqarishni soddalashtirish va undirish mexanizmini takomillashtirish muammolarini tadqiq etish respublikamiz soliq siyosatining dolzarb masalalaridan biridir.




  1. Download 432.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling